Sinf : 5 sinf Fan : Adabiyot


Download 21.37 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi21.37 Kb.
#1134777
Bog'liq
5-sinf Erkin Vohidov O\'zbegim qasidasi


Sana :
Sinf : 5 – sinf
Fan : Adabiyot
Mavzu : Erkin Vohidovning “ O’zbegim ” qasidasi
Maqsad :
a) ta’limiy : O’zbekiston qahramoni E. Vohidov ijodi va “ O’zbegim ” qasidasi yozilishi tarixi haqida o’quvchilarga bilim berish
b) tarbiyaviy ; O’quvchilarni she’r orqali ona Vatanimizga muhabbat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash , yetuk insoniy fazilatlarni shakllantirish , ularni ahloqiy , estetik ruhida tarbiyalash
s) rivojlantiriuvchi ; o’quvchilarni adabiyot faniga qiziqishlarini rivojlantirish , ularning erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirish , ifodali she’r aytishga o’rgatish ;
d) Kasb – hunarga yo’naltirish ; O’quvchilarda shifokorlik , o’qituvchilik , duradgorlik kasblariga mehr uyg’otish
e) Mafkuraviy ; o’quvchilarni milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyasi , yurt tinchligi va vatan ravnaqi , millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash , barkamol avlod yilida qilinayotgan ishlar yuzasidan suhbat o’tkazish

Darsning borishi ;


1. Tashkiliy qism ( adabiyot fani haqida she’r , shior , salomlashuv navbatchi bilan suhbat , doskaga yangi mavzuni yozish )
2. O’tilgan mavzular yuzasidan qisqacha savol - javob
3.Yangi mavzu bilan o’quvchilarni tanishtirish
4.Ifodali she’r o’qishga o’rgatish
5.Qasida janri haqida o’quvchilarga tushuncha hosil qilish
6.Yangi mavzuni mustahkamlash
7.Uyga vazifa berish
Dars tipi : Yangi bilim berish
Dars usuli : Ifodali she’r o’qish
Dars uslubi : Noan’anaviy , aralash
Dars jihozi : shoir rasmlari , kitoblari , “ Iztirob ” ,
" O’zbegim “ , “ El ustozim ” , tarqatma materillar , bukletlar
Mavzu bayoni
Erkin Vohidovning “ O’zbegim ” qasidasi haqida
El ustozim men emas - tolib !
So’z durlarin termoqdir ishim ,
Odamlarning o’zidan oldim
Odamlarga bermoqdir ishim
( Erkin Vohidov )
O’tgan darsda E. Vohidovning hayoti bilan tanishganmiz , o’tilgan darsni mustahkamlash maqsadida quyidagi savollar beriladi .
1. E. Vohidov qachon va qayerda tug’ilgan ?
2.Vohidovlar oilasi qachon Toshkentga ko’chib kelgan ?
3.E. Vohidov qayerlarga ta’lim olgan ?
4.E. Vohidov qaysi jurnalga rahbarlik qilgan ?
5. 1- she’riy to’plami qaysi ?
6.Qanday dostonlarni yaratgan ?
7. Dunyo she’riyatining yorqin vakillarida qaysi birlarining she’rlarini , asarlarini ona tilimizga tarjima qilgan ?
9.Qanday unvonlar egasi
10.E. Vohidovning qanday she’rlarini bilasiz ?
11.Qaysi she’rlariga kuylar bastalangan va kimlar ijro etgan ?

O’quvchilar mustqail yodlagan “ Kamtarlik ” haqida


“ kuy avjida uzilmasin tor ” (23) , “ Barcha shodlik senga bo’lsin ” , “ Yoshligim ” , “ Do’st bilan obod uying ” ,
“ Ona tilim o’lmaydi ” , “ Inson ” qasidasi ifodali aytishadi .
Shodlik – bu shirin jondan kechmakdir
Limmo – lim fidolik jomin ichmakdir
Shoirlik - jigarni ming pora etmak
Bag’ir qoni bilan satrlar bitmak
O’zni tomchi - tomchi zarra va zarra
Elga qurbon qilib , eng so’nggi karra
Armon bilan demak , Ey ona yurtim
Kechir , xizmatingni qilolmay o’tdim

Sharq mumtoz she’riyatida qasidalar asosan podsholar , amir –u xonlar sha’niga , ular tomonidan qilingan xayrli ishlarni olqishlash maqsadida bitilardi . E. Vohidov esa ona xalqi - o’zbegimga qasida bag’ishlaydi !


Qasida xalqimizning shavkatli tarixiga sayohatdan boshlanadi .

Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon o’zbegim


Senga tengdosh Pomir – u oqsoch Tiyoshon o’zbegim
So’ylasin Afrosiyob –u so’ylasin O’rxun xati
Ko’hna tarix shodasida bitta marjon o’zbegim
Al – Beruniy , Al – Xorazmiy , Al –Farob avlodidan
Asli nasli balki o’zliq , balki Tarxon o’zbegim

Ma’lumki , o’z o’tmishini , ota – bobolari merosini bilish millatga g’urur - iftixor bag’ishlaydi , uni o’zligini tanitish , haq – huquqini anglash darajasiga olib chiqadi .


Erkin Vohidov o’zbekning “ ming asrlar ichra pinhon ” tarixinhi ko’hna Samarqandda saqlanib qolgan Afrosiyob yodgorligidan , Mo’g’iliston va Sibirdagi O’rxun va Enasoy ( Yenisey ) daryolari qirg’oqlaridan topilgan qadimgi turkey toshbitiklaridan izlash lozimligini aytdi .
O’zluq , Tarxon singari to’qson 2 urug’ni o’zida jamlangan o’zbekning Beruniydek , Xorazmiydek , Farobiydek ahli donishlari bu xalqning naqadar ulug’vorligidan so’zsiz shahodat ekanini ta’kidlaydi .
O’zodlik va hurlikni har narsadan ustun qo’yadigan To’maris , Shiroq , Spitamen , Muqanna , Jaloliddin Manguberdi , Temur Malik , Amir TEmur singari mard farzandlar qahramonlik ko’rsatadilar .
Qasida davomida o’tmishimizning yana ko’plab ibratli sahifalari varaqlanara ekan , shoir ona xalq tarixini mukammal talqin etmoqqa ojiz ekaniga kamtarlik ila ishora qiladi .
Har birimizning shu Vatanda dunyoga ko’z ochgan ekanmiz , ona xalqimiz bizga bergan oq sut va tuzni oqlamog’imiz , uning ravnaqi yo’lida butun kuch – g’ayratimizni sarf etmog’imiz lozim
Qasida mashhur tarixiy shaxslar va voqealarni madh etuvchi tantanavor uslubdagi she’r . Qasida xuddi ga’zaldek qofiyalanadi .
XV asrda yashab ijod etgan mashhur shoir Sakkokiy ulug’ munajjim va temuriy hukmdor Mirzo Ulug’bekni sharaflab to’rtta qasida bitgan . A. Navoiy Husayn Boyqaro sharafiga “ Hiloliya ” qasidasini yozgan .
Zamonaviy adabiyotimizda Maqsud Shayxzodaning “ Toshkentnoma ” , Erkin Vohidovning “ O’zbegim ” ,
“ Abdulla Oripovning ”O’zbekiston ” kabi asarlarining yaratilishi qasidachilik o’z doirasida tobora kengroq mavzularni qamrab olayotganidan dalolat beradi .
Mustahkamlash
Dars davomida “ O’zbegim ” qasidasini mustaqil yod olgan o’quvchilardan so’raladi , she’rning mazmun mohiyati haqida savol – javob o’tkaziladi . Darsga faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi .
Uyga vazifa : “ O’zbegim ” qasidasini yodlash

Sana : 23 aprel


Sinf : 5
Fan : Ona tili
Mavzu : Mustahkamlash darsi
Maqsad ;
a) Ta’limiy : Leksikologiya bo’limi yuzasidan olgan bilimlarini sinovdan o’tkazish , ona tili ta’lim jarayoida o’yin – topshiriqlardan foydalangan holda o’quvchilarni bilim saviyalarini oshirish .
b) Tarbiyaviy ; O’quvchilarni vatanga sodiq o’g’il – qizlar qilib yetishtirish , tabiatga ota – onani hurmatlashga ulug’ ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalash .
s) O’quvchilarni og’zaki va yozma savodxonligini boyitish , ona tili faniga qiziqtirish , leksikologiya bo’limi orqali so’z boyliklarini oshirish
d) Kasb – hunarga qiziqishlarini oshirish , shifokorlik , o’qituvchilik , tikuvchilik , duradgorlik kasblari haqida tushuncha va qiziqish uyg’otish .
e) Mafkuraviy bilim ; O’quvchilarda sog’lom va barkamol avlod tushunchalarini ongiga singdirish
dars tipi : Mustahkamlash
dars uslubi : Noan’anaviy
dars usuli : O’yin – topshiriqlar , savol – javob
dars jihozi : Mavzuga oid ko’rgazmali qurollar , tarqatma meterillar , “ Ona tili ta’limi jarayonida o’yin – topshiriqlardan foydalanish ” kitobi . A. Bobomurodova
Darsning borishi ;
1. Tashkiliy qism
2. O’tilgan mavzular yuzasidan savol – javob , leksikologiya bo’limi bo’yicha o’yin topshiriqlar .
3. Mustahkamlash
4. Uyag vazifa berish
III. Mavzu bayoni :
Ushbu darsimizda o’quvchilarni leksikologiya bo’limiga doir olgan bilimlarini yanada orttirish maqsadida fanga qiziqish uyg’otish orqali o’quvchilarga shu bo’lim yuzasidan o’yin topshiriqlar beriladi .
1- topshiriq Sinf o’quvchilari 2 guruhga bo’linadi .
“ Yaxshilar va yomonlar ” o’yini o’ynaladi . O’quvchilarga yaxshi odamlar haqidagi aytilgan ko’chma ma’noli so’z birikmalar , yomon odamlar haqida aytiladigan ko’chma ma’noli so’z birikmalarini yozishadi .
1 – guruh
Chumoliday mehnatkash
Qo’yday yuvosh
Sherday qo’rqmas
Yo’lbarsday dovyurak
Musichaday beozor
Bulbulday xushovoz
Burgutday chaqqon
2 – guruh
Tulkiday ayyor
Quyonday qo’rqoq
Bo’riday ochko’z
Ilonday zaharli
Eshak kabi befarosat
To’ng’izday qo’pol
2 – topshiriq : Nuqtalar o’rnini so’zlar bialn to’ldir . Doskaga 1 tadan 3 guruhga so’zlar yoziladi . Shu so’zlarning ma’nodoshlarini o’quvchilar o’zlari topishadi .
1 – guruh : Sovg’a , …., ……., ……., …… , ……..,
2 – guruh : ovoz , …., ……, ……., …….., ……,
3 – guruh : jinoyat , ….., ……, ……, ….., ………, ……..,
3 – topshiriq : “ So’zdan marjon tuzing ” o’yini o’ynaladi .
3 – guruhga ajratrilib , o’quvchilarga so’zlarning aralash to’plami tavsiya etiladi .
1 – guruh – gullarning nomari ; karnaygul , gultojixo’roz , safsargul , nastarin , atirgul , nilufar
2 – guruh ; qushlarning nomlari ; laylak , turna , chumchuq , lochin , kabutar , burgut
3 – guruh ; daraxt nomlari ; o’zrik , olxo’ri , gilos , behi , tut , olma
4 – topshiriq “ Men boshlayman , sen davom ettir ” o’yini o’ynaladi .
O’quvchilar 2 guruhga ajratilib 1 – guruh qarama – qarshi ma’noli so’zning 1 – qismini aytish , 2 – guruh esa shu so’zning qarama – qarshi ma’nosini aytishi lozim .
1 – guruh ; do’st , baland , yosh , tez , qattiq , uzun , , uzoq , mehnatsevar , urush , yaxshi , oz , o’q
2 – guruh ; dushman , past , qari , sekin , yumshoq , qisqa , yaqin , dangasa , tinchlik , yomon , ko’p , qora va hokazo
2 – guruhga ajajratilib savol – javob o’tkaziladi . Doskaga olma van ok daraxti ko’rgazmasi bo’lib , mevalar orqasiga quyidagi savollar yashiringan bo’lib , qaysi guruh ko’p meva to’plasa , o’sha guruh g’olib sanaladi .
1 . Leksikologiyada nimalar o’rganiladi ?
2. So’zning atash ma’nosi deb nimaga aytiladi ?
3. qanday so’zlar atash ma’nosiga ega bo’ladi ?
4. Qanday , so’zlar atash ma’nosiga bo’lmaydi ?
5. Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar deb nimaga aytiladi . Misol keltiring .
6. So’zning o’z va ko’chma ma’nolari deb nimaga aytiladi . Misol keltiring
7. Shakldosh so’zlar deb nimaga aytiladi ? Misollar keltiring
8. Uyadosh so’zlar deb nimaga aytiladi ? Misol keltiring
9. Paronimlar deb nimaga aytiladi , misol keltiring ?
10. Ma’nodoshlar so’zlar deb nimaga aytiladi . misol keltiring
11. Zid ma’noli so’zlar deb nimaga aytiladi ? Misol keltiring 12. Eskirgan so’zlar deb nimaga aytiladi ?
13. Yangi so’zlar deb nimaga aytiladi ?
14. Iboralar deb nimaga aytiladi ?
15. Tasviriy ifoda deb nimaga aytiladi ?
6 – topshiriq : Mustahkamlash
O’qituvchi tomonidan xalq maqollaridan boshlanish qismi beriladi . Qolgan qismini xohlagan o’quvchini tur’azib so’raydi .
1. Ko’z – qo’rqoq , …
2. Egri ozadi , ….
3. Birlashgan o’zar , ….
4. Azob ko’rmay , ….
5. Aytish oson , …..
6. Oz so’zla , …..
7. Olqish olgan omondir , ….
8. Dono o’zini ayblar , ….

Uyga vazifa :


Leksikologiyaga tegishli barcha qoidalarni o’qib , o’rganish
Download 21.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling