Sinf: 2-sinf Mavzu: “Hasharotlar hayoti” Vaqt
Download 31.18 Kb.
|
“Hasharotlar hayoti”
Guruhlar uchun topshiriq: Guruhda “CHumolilarning tabiatdagi o‘rni” matnini o‘qib chiqing. Keyin jadvalda berilgan 3ta savolga javob yozing. Jadvalni to‘ldirishda matndan foydalaning. 15 daqiqa
Taqdimot. Har bir guruhdan 1tadan o‘quvchi guruh xulosalarini o‘qib beradi. 6 daqiqa Muhokama: 9 daqiqa Mashg‘ulot sizga yoqdimi? Guruhda ishlash qiyin bo‘lmadimi? CHumolilarga avval siz qanday munosabatda bo‘lgansiz? Nima uchun? CHumolilar kamaysa yoki yo‘qolsa, qaysi hashoratlar ko‘payib ketishi mumkin? Yana qaysi hashoratlar odamlar uchun foydali, deb o‘ylaysiz? Mashg‘ulotdan qanday xulosalar chiqardingiz? Izoh: 1-bosqichda o‘quvchilar topishmoqlar javoblarini topishda qiynalsalar, o‘qituvchi yordam berishi mumkin. Undan tashqari, 2-bosqichdagi sxemani to‘ldirishda shu hashoratlarning nomini yozish bilan birgalikda ularning rasmlarini ham yopishtirib borish mumkin. Matnni ifodali o‘qish uchun o‘qituvchi uzoq vaqtdan buyon ifodali o‘qish uchun baholanmay kelayotgan o‘quvchilarni taklif etadi, qolgan o‘quvchilar matnni kuzatib boradilar. SHu o‘rinda o‘qituvchi matnga qo‘shimcha qilib chumolilar haqidagi ma’lumotlarni aytadi. Masalan, sariq o‘rmon chumolilari mevali va mevasiz daraxtlarga ziyon yetkazuvchi har xil hashoratlarni kiradi. 1ta chumoli oilasi 0,25 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan maydondagi o‘rmonni zararkunandalardan himoya qiladi. Download 31.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling