Sinf: 2-sinf Mavzu: “Hasharotlar hayoti” Vaqt
Download 31.18 Kb.
|
“Hasharotlar hayoti”
Sinf: 2-sinf Mavzu: “Hasharotlar hayoti” Vaqt: 45 daqiqa Dars nomi: Foydali hashorat Maqsad: « Hasharotlarning tabiatdagi o‘rni» matni bilan tanishadilar va chumolilarning tabiatdagi o‘rni xaqida bilib oladilar ; matn bilan ishlash va xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar; hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Jihozlar: Har bir guruh uchun jadval tushirilgan A-4 qog‘ozi Jarayon: 1-bosqich. O‘qituvchi quyidagi topishmoqlar orqali «bahorda hashoratlarning hayoti» mavzusini mustahkamlaydilar: 1. Zuv boradi, zuv keladi. Gulga qo‘nadi, sharbat yig‘adi. 2. Uzun tor ko‘cha, ichi to‘la mitti bachcha. 3. Joni bor, qanoti yo‘k, yer ostida soni yo‘q.. O‘qituvchi o‘quvchilarning topishmoqlar yuzasidan fikrlarini to‘ldiradi va yangi mavzu bilan bog‘laydi. 7 daqiqa 2-bosqich. O‘qituvchi sinf doskasiga quyidagi chizmani chizadi va “O‘zingiz yashab turgan joylarda yashovchi qaysi hashoratlar sizga ma’lum?” savoli bilan murojaat etadi. O‘quvchilar javoblarini o‘qituvchi har bir chiziqqa yozadi. Keyin o‘quvchilar bilan birgalikda barcha hashoratlar 2 turga bo‘linadi: foydali hashoratlar 1ta rangdagi, zararli hashoratlar boshqa rangdagi markerlar bilan ajratiladi. SHundan so‘ng o‘qituvchi bugungi dars foydali hashoratlardan biri chumoli haqida ekanligini aytadi. 5 daqiqa 3-bosqich. O‘qituvchi sinf o‘quvchilarini 5-6 kishilik guruhlarga bo‘ladi va har bir guruhga ilovadagi jadval tushirilgan A-4 qog‘ozini tarqatadi. 3 daqiqa Download 31.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling