Sinf: 4- "A" sinf. Sana : 15-oktabr 2022-yil. Fan: Ona tili


Download 30 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi30 Kb.
#1010436
  1   2
Bog'liq
4-sinf jarangli va jarangsiz undosh tovushlar dars ishlanma


Sinf: 4- “A” sinf. Sana : 15-oktabr 2022-yil. Fan: Ona tili.
Darsning mavzusi: Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar. (25-27-mashqlar)
Darsning maqsadi: a)Ta`limiy: o`quvchilarga tovushlar, ularning so`z ma`nolarini farqlashi, to`g`ri talaffuzi, belgilari, tovushlarning harflar bilan yozilishi, harflarning belgilari, grafik jihatdan to`g`ri shakllantirish haqidagi bilimlarni eslatish orqali mustahkamlash; FK1: unli va undosh tovushlar talaffuzi va imlosi, so`zlarni bo`g`inga bo`lish va ko`chirishni, so`zlarni bo`g`in-tovush va tovush harf jihatidan tahlil qilishni bilish; FK2: talaffuz me`yorlariga va bo`g`in ko`cherish qoidasiga rioya qila olish.
b) Tarbiyaviy: o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; TK4: o`zidan kattalarga, o`rtoqlariga va o`zidan kichiklarga yordam berish.
d) Rivojlantiruvchi: o`quvchilardagi fonetik idrokni rivojlantirish; TK2: media vositalaridan, didaktik materiallardan foydalanish.
Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Dars usuli: suhbat, analitik metodi, ta`limiy o`yin.
Dars jihozi: darsga oid ko`rgazmalar, tovushlar uchun katakchalar, kesma harflar, tarqatmalar, multimedia ilovalari
Dars rejasi: I.Tashkiliy qism (5 daqiqa)
II. O’tilgan mavzuni so’rash (10 daqiqa)
III. Yangi mavzu bayoni (20 daqiqa)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (7 daqiqa)
V.Baholash.Darsni yakunlash (2 daqiqa)
VI. Uyga vazifa (1 daqiqa)
Darsning borishi: o`quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish. Psixologik iqlim yaratish.
O`qituvchi: Bolajonlar sog`lommisiz?
Darsimizga tayyormisiz?
O`quvchi: Ustoz bizlar sog`lommiz
Darsga tappa-tayyormiz.
O`qituvchi:Darsimiz nima bolajonlar?
O`quvchilar:Ona tili-onajonim tili -bu .
I Tashkiliy qism. Good morning pupils. How is on dyute today. Navbatchi axboroti. Davomatni aniqlash. Savol-javob o`tkaziladi?
Navbatchi: Sinfda men navbatchi
Gullarga suv quyuvchi
Davomatni oluvchi
Tozalikni saqlovchi
-Bolajonlar, endi biz uch guruhga: “Bilimdonlar”, “Zukkolar” va “Donolar” guruhlariga bo`linamiz.
Guruh nomlariga ta`rif beriladi.
1-guruh:- Biz bilimdon bolalar
Ilm olishga chanqoq.
Aqlimiz ishga solib,
Bo`lamiz yana faolroq.
2-guruh:- Biz zukko o`quvchilar,
Sezgirlik shiorimiz.
Har qandayin savolga,
Bor to`g`ti javobimiz.
3-guruh:- Bizlar dono o`quvchi
Har savolni bilguvchi
Ahil bo`lib birlashing
Ilm sirlarin oching!
-Yashang! Endi shiorimizni ayting-chi.
Bilim olish istagi Biz uchun farzdir.
Shiorimiz bizning , Dars-muqaddasdir.
1.Hozir o`lkamizda qaysi fasl?2.Kuz faslida ob-havoda qanday o`zgarishlar bo`ladi?
3.Kuz faslida dalalarda qanday ishlar bajariladi?
4.Kuz faslida qanday muhim sanalar nishonlanadi?
5.O`zbek tiliga kim asos solgan?
6. O`zbek tiliga Davlat tili maqomi qachon berilgan?
7. Hozir necha yil to`ldi?
-O`quvchilar: Ona tilim, jon tilim,
Sen o`zingsan, jon tilim.
Yuragimning to`rida,
Sayrab turgan bulbulim.
Bobolarim ruhi shod bugun,
Ona tilim qadri ko’p baland.
O’z tilini qadrlab elim,
Boshi bo’ldi yana sarbaland.
Tilim, qadring tiklandi yana,
Imkon berdi yashashga qonun.
Yurtimizda bugun tantana,
Yigirma birga to’libsan mana.
Men bugun madh etay ona tilimni,
Ona tilim axir onamday buyuk.
O’zbeklarning tilin-o’zbek tilining
Jumlayi kalomi biz uchun suyuk.
Sahna ko`rinish namoyish etiladi. Tilni madh etuvchi maqollar aytiladi.
II O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu so`rab mustahkamlanadi, uyga vazifa tekshiriladi. Aylanma daftarlar almashtiriladi.
Husnixat daqiqasi Hisobli do`st ayrilmas.
O`quvchilarning yozuvini nazorat qilinadi. Husnihat bilan yozish aytiladi.
“Bilimdonlar” guruhi. “Zukkolar” guruhi.
1.Vatanimizning nomi nima? 1.O’zbekiston qachon mustaqillikka erishdi?
2.O’zbek tiliga kim asos solgan? 2.Jo`ra bobo ketayotganda nega ko`zlariga yosh oldi?
3. 1000 va 2 sonining bo`linmasi? 3.Kometalar nima?
4.Uyushiq bo`laklar nima bilan bog`lanadi? 4. Quyosh sistemasida nechta sayyora bor?
5.A. Navoiyning qaysi buyuk asarini bilasiz? 5.Odobning boshi nima?
6. Kubning yoqlari nechta 6.Nutqning qanday shakllari bor?
“Donolar” guruhi.
1. Ustoz va murabbiylar kuni qachon nishonlanadi?
2. So`z turkumlari qaysilar?
3.O’zbek alifbosida nechta harf bor?
4. 40 va 5 sonlarining ko`paytmasi necha bo’ladi?
5.Qishlog`ining xaritasini kim chizdi?
6. Meteorlar nima?
III Yangi mavzuning bayoni .
O`qituvchi: Bugun biz siz bilan "Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar"mavzusini o`rganamiz.
1.O`zbek alifbosida nechta harf bor?
2.Nechta tovush bor?
3.Unli va undosh tovushlar nechta?
4. Harf birikmasi nechta va qaysilar?
25-mashq. Nuqtalar o'rniga zarur harflarni qo'yib so'zlarni o'qing. Mashq sharti o`quvchilar tomonidan o`qiladi.
Zumra
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling