Sinf: 4- "A" sinf. Sana : 15-oktabr 2022-yil. Fan: Ona tili
Download 30 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-sinf jarangli va jarangsiz undosh tovushlar dars ishlanma
t, maqsad, ajir, tarvuz, shogird, isrof, sarf, avtobus, kaft, band, aft, futbol, fursat.
O`quvchilar so`zlarni doskaga yozadilar. O`z guruhlariga rag`bat kartochkalari olib beradilar. O`qituvchi: Bizning nutqimiz so`zlardan iborat. So`zlar tovushlardan iborat. Tovushlarni biz talaffuz qilamiz va eshitamiz. Tovushlaryozuvda harflar bilan belgilanadi. Harflarni biz ko`ramiz va yozamiz. Tovushlar orqali so`zlar bir – biridan farqlanadi: tut, tol, til 1-topshiriq: multimedia orqali. O`qing. Nuqtalar o`rniga so`z ma`nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan harflarni mosini qo`ying. Topshiriqni bajarish uchun qavs ichidagi harflarni qo`yish lozim. 26-mashq. So'zlarning talaffuziga diqqat qiling. Qaysi so'zlarning talaffuzi yozilishidan farq qilayotganini ayting. Bir daraxtning ikki xil meva berganini eshitganmisiz? Braziliya o'rmonlarida ajoyib daraxt o'sadi. Unda bir vaqtning o'zida ham olma, ham yong'oq hosili pishib yetiladi. Mahalliy aholi uning bargi bilan tishlarini tozalaydi. ("Gulxan"dan) Lug'at ishi o'tkaziladi:mahalliy aholi- o'sha joyda yashadigan xalq. O`quvchilar mashqni ekranda va doskada bajarib rag`batlantiriladilar. Dam olish daqiqasi. O`quvchilar inglizcha qo`shiq aytadilar. 92-mashq. O`qing. So`zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang. Ko`chiring.Tekshiring. So`zlarning yozilishini esda tuting. Havo, baho, Kamol, Shavkat, shavla, davlat. Oftob, choyshab, maktub, ozod, avlod, ajdod. Chumchuq, supurgi, tutun, kumush, qulupnay. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 2-topshiriq: multimedia orqali. Berilgan so`zlar tovush-harf tomonidan tahlil qilinadi. “So`zdan so`z yasang”, “Kemachalar suzmoqda” ta`limiy o`yini. O`quvchilarga Konstitutsiya so`zida ishtirok etgan harflardan foydalanib so`zlar hosil qilish kerak. Konstitutsiya- kon, in, soya, it, institut, sut, soniya, soat, sot, tut, Saylanma diktant. Ona tiliga oid so`zlarni yozib oling.Kino, gap, kesim, kulmoq, o`yin, ayituv, matn, ega, burchak, lug`at, qo`shimcha, alifbo. “Tovushni angla” o`yinida o`quvchilarga biror bir narsaning tovushi disk orqali eshittiriladi, o`quvchilar uni anglab topadilar. So`ng to`g`riligini aniqlash uchun monitor orqali video lavhalar ko`rsatiladi. “Tushunchalar tahlili” ta`limiy o`yini T/r Tushunchalar To`g`ri Noto`g`ri 1 Shaxs va narsani bildirib qanday? qanaqa? so`rog`iga javob bo`lgan so`zlar ot deyiladi? + 2 Gapda so`zlar o`zaro ma`no jihatidan bog`lanadi. + 3 Gapda ega, kesim, ikkinchi darajali bo`laklar uyushib kelmaydi + 4 Undalma fikrning kimga qarata aytilganini bildiradi + V.Baholash.Darsni yakunlash. Guruhlarning to`plagan ballari jamlanib g`olib guruh aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa. 27-mashq. Download 30 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling