Sinf: 5"A" Fan: ona tili Mavzu: A. Oripov "O’zbekiston" qasidasini o’qish va uning tahlili Dars shiori: Ilm istang, izingizdan ibrat yog‘sin
Download 1.3 Mb.
|
39 To\'ldiruvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars etaplari Ajratilgan vaqt
- Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
- ”Guruhingni aniqla”
Dars jihozi : darslik, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r, kompyuter, slaydlar, ko’rgazmalar, rasmlar, smart doska.
Darsning blok sxemasi
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Navbatchi axboroti tinglanadi. O’qituvchi: ”Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o’tin yorishga sarf qilish kerak emas”. Bu fikrlar muallifi o’zbek adabiyotimiz vakili A. Qahhordir. Ana shunday buyuk vakillarimiz izidan borgan A. Oripovday shogirdlar bo’lgani uchun adabiyotimizning kuchi o’tin yorishga emas, balki millatimiz ongini uyg’otishga sarflandi. Hurmatli o’quvchilar , hozir darsimiz adabiyot. Darsni boshlashdan oldin atrofimizg nazar tashlaylik. Hozir o’lkamizda qaysi fasl? Bahor faslida yurtimizda qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi? Ushbu faslda yurtimizda qanday tarixiy sanalar nishonlanadi? Rahmat o’quvchilar. Endi darsimizga qaytamiz. Hozir biz siz bilan gap A. Oripovning hayoti va ijodini o’rganyapmiz. Shuning uchun shartli ravishda guruhlaringiz nomini ”O’zbekiston” qasidasida keltirib o’tilgan buyuk allomalarimiz nomi bilan belgilaymiz. Bunda men sizlarga savollar beraman. Shu savollar orqali sizlar guruhingiz nomini bilib olasiz. Darsimizni 4 ta guruh ishtirokida olib boramiz. Bunda biz ”Guruhingni aniqla” metodidan foydalanamiz: savol: O’zbek adabiy tilining asoschisi kim? savol: ”Kuch adolatdadir” shioriga amal qilgan buyuk shaxs kim? savol: ”Ziji jadidi ko’ragoniy asari muallifi kim? savol: Xristofor Kolumbdan oldin Amerika qit’asining mavjudligini bashorat qilgan olim kim? B erilgan savollarga javoblar tinglanadi va shu asosida guruhlar nomi aniqlanadi: ”A. Navoiy izdoshlari” guruhi; ”A. Temur vorislari” guruhi; ”Mirzo Ulug’bek avlodlari” guruhi; ”Beruniy farzandlari” guruhi. O’qituvchi har bir guruhni va guruh a’zolarini baholab boradi: Oltin tangacha ”5” baho Kumush tangacha ”4” baho Bronza tangacha ”3” baho Guruhlar a’zolariga har bir javoblari uchun yuqoridagi kartochkalardan taqdim etiladi, dars oxirida guruhlarning kartochkalari hisoblanib, g’olib guruh aniqlanadi. Shu orqali har bir o’quvchi ham baholanadi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling