Sinf: 6 dars mavzusi: Musbat va manfiy sonlarni ko`paytirish. Darsning maqsadi
O`tilgan mavzuga doir test sinovi quyidagi kalit orqali tekshiriladi
Download 40.48 Kb.
|
38 son matematika fani oqituvchisi b (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzu bayoni
- Mavzuni mustahkamlash
- Test sinovi quyidagi kalit orqali tekshiriladi
- O`quvchilarni baholash
O`tilgan mavzuga doir test sinovi quyidagi kalit orqali tekshiriladi:
Yangi mavzu bayoni: Mavzu bo`yicha berilgan ma’lumotlar yana bir esga olinadi.
Har xil ishorali ikkita sonni ko`paytirish uchun ularning modullari ko`paytiriladi va ko`paytma oldiga “-” (minus) ishorasi qo`yiladi.
Ixtiyoriy son n bilan 0 ning ko`paytmasi 0 ga teng: n ∙ 0 = 0; 0 ∙ n = 0. Ixtiyoriy son n ni (-1) ga ko`paytirilsa, n ga qarama qarshi son hosil bo`ladi, ya’ni sonni (-1) ga ko`paytirish uning ishorasini o`zgartiradi xolos: n ∙ (-1) = - n; (-1) ∙ n = - n. Har biri n ga teng bo`lgan k ta ( k – natural son) ko`paytuvchining ko`paytmasi n sonning k-darajasi deyiladi va nk kabi belgilanadi: nk = n ∙ n ∙ n ∙...∙ n, bu yerda ko`paytuvchilar soni k ta. Har qanday n sonning 1- darajasi shu sonning o`ziga teng: n1 = n. Mavzuni mustahkamlash: Sinfda 1004 – 1009 –misollar guruhlarda ishlanadi. Guruhlar uchun topshiriqlar quyidagicha beriladi. 1004-misol. Uchta sonning ko`paytmasi musbat. Uchchala son ham musbat deyish to`g`rimi ? Qanday hollar bo`lishi mumkin ? 1005-misol. Uchta sonning ko`paytmasi manfiy. Uchchala son ham manfiy deyish to`g`rimi ? Qanday hollar bo`lishi mumkin ? Guruhlar uchun quyidagi jadvalni to`ldirish topshililadi. 1004-misol. 1005-misol.
Topshiriq bajarilganda jadval quyidagi ko`rinishni(2-5-satrlar o`rni almashishi mumkin) oladi: 1004-misol. 1005-misol.
1006-misol yozuv taxtasida yechiladi. 1006-misol. Hisoblang: 1) 3 ∙ (-2)4 + 5 ∙ (-3)3 . 2) (-1)5 ∙ (-2)3 – (-4)3 ∙ 2 . Yechilishi: 1) 3 ∙ (-2)4 + 5 ∙ (-3)3 = 3 ∙ 16 + 5 ∙ (-27) = 48 + (-135) = - 87. 2) (-1)5 ∙ (-2)3 – (-4)3 ∙ 2 = (-1) ∙ (-8) – (-64) ∙ 2 = 8 – (-128) = 8 +128 = 136. 1007-misol. Ko`paytmaning qaysi biri a) musbat b) manfiy d) nol ekanini aniqlang: 1) (-1) ∙ (-2) ∙…∙(-99) ∙ (-100); 2) (-2) ∙ (-4) ∙ (-6) ∙…∙(-100); 3) (-1) ∙ (-3) ∙ (-5) ∙…∙(-99); 4) (-20) ∙ (-1) ∙0 ∙20 ∙ 100. Ushbu misol guruhlar uchun test shaklida beriladi. (-1) ∙ (-2) ∙…∙(-99) ∙ (-100) ko`paytma uchun quyidagi mulohazalardan qaysi biri to`g`ri ? A) musbat B) manfiy D) nol ga teng 2) (-2) ∙ (-4) ∙ (-6) ∙…∙(-100) ko`paytma uchun quyidagi mulohazalardan qaysi biri to`g`ri A) musbat B) manfiy D) nol ga teng 3) (-1) ∙ (-3) ∙ (-5) ∙…∙(-99) ko`paytma uchun quyidagi mulohazalardan qaysi biri to`g`ri ? A) musbat B) manfiy D) nol ga teng 4) (-20) ∙ (-1) ∙0 ∙20 ∙ 100 ko`paytma uchun quyidagi mulohazalardan qaysi biri to`g`ri ? A) musbat B) manfiy D) nol ga teng. Test sinovi quyidagi kalit orqali tekshiriladi:
1008-misolni guruhlar yozuv taxtasida bajarishadi , bunda qaysi birini qaysi guruh yechishini o`qituvchi hal qiladi. 1008 –misol. Tengsizlikni qanoatlantiruvchi butun sonlar ko`paytmasini toping. 1) -5 n 0; 2) -100 n 100; 3) -5 n -1. Yechilishi: 1) -5 n 0 (-5) ∙ (-4) ∙ (-3) ∙ (-2) ∙ (-1) ∙ 0 = 0 , chunki ixtiyoriy sonni 0 ga ko`paytirsak 0 hosil bo`ladi. 2) -100 n 100 (-100) ∙ (-99) ∙ (-98) ∙... ∙ 0 ∙ 98 ∙ 99 ∙100 = 0, chunki ixtiyoriy sonni 0 ga ko`paytirsak 0 hosil bo`ladi. 3) -5 n -1 (-5) ∙ (-4) ∙ (-3) ∙ (-2) ∙ (-1) = - 120. 1009-misolning 1), 2) tartibli misollarini Al-Xorazmiy guruhi a’zolari, 3), 4) tartibli misollarini Al-Beruniy guruhi a’zolari, 5), 6) tartibli misollarini Al-Farg`oniy guruhi a’zolari yechadilar. 1009-misol. 1) -3,75 ∙ 0 ; 2) ; 3) -0,9 ∙ (-0,8) ; 4) ; 5) -3,14 ∙ (-2) ; 6) . Yechilishi: 1) -3,75 ∙ 0 = 0. 2) = . 3) -0,9 ∙ (-0,8) = 0,72. 4) = = -3. 5) -3,14 ∙ (-2) = 6,28. 6) = Har bir to`g`ri yechilgan misol baholanadi. Yakunda guruhlar yig`gan ballar e’lon qilinadi va rag`batlantiriladi. . O`quvchilarni baholash: O`quvchilarning uy vazifasini bajarganligi, dars jarayonida faolligi e’tiborga olinib, ular baholanadi. Uyga vazifa: №1017, 1018. Download 40.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling