Sinf: 6-sinf Sana


Download 391 Kb.
Sana30.12.2022
Hajmi391 Kb.
#1073148
Bog'liq
sonlarni-takkoslash


Sinf: 6-sinf Sana:20.12.2022
Fan nomi: Matematika
Dars mavzusi: Butun sonlarni taqqoslash
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, mavzu haqida bilim va ko’nikma hosil qilish

  1. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga iqtisodiy tushuncha berish va metematik o`yinlar orqali milliy istiqlol g`oyalarini singdirish.

  2. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning matematikani o’rganishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish

Dars turi: yangi bilim berish
Dars uslubi: aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, bukletlar
Matematika – fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh!
Ibn Sino
Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt



1-bosqich
Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 minut

2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi. Mavzuga oid misol va masalalar tushuntiriladi

Savol-javob

3 minut

3-bosqich
Yangi mavzu bayoni

Matematikaga oid savol-javob o’tkazish.
Sonlarni taqqoslash haqida tushuncha berish



Tushuntirish izlanish
musobaqa

30 minut

4-bosqich Mustahkamlash

O’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash. Test bajarish
Dam olish daqiqasi

Muammoli izlanish

7 minut

5-bosqich rag’batlantirish

O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




3 minut



Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. O’quvchilarni darsga tayyorlash
II. O’tgan mavzuni so’rash.
O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi. O’quvchilarni yangi mavzuga tayyorlash. O’tilgan mavzu “Do’stingni top” oyini orqali mustahkamlanadi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish
Darslikdagi rasmlar va ko’rgazmalar orqali o’quvchilarga mavzuni tushuntiriladi.
Taqqoslash munosabat belgilari: > - katta, > - kichik, = - teng
Taqqoslang:
16 < 17 18< 29 89 >88 66 < 79
72 < 88 100 > 90 100 = 100 81 = 81


Masalan, 2 > 1, 1 > 0, 0 > -1, -1 > -2, -3 > -6 bo'ladi, chunki ...-6, -5, -4, -3, -2, -1, 0, 1, 2, 3, ... butun sonlar qatorida 2 soni 1 sonidan, 1 soni 0 sonidan, 0 soni (-1) sonidan, (-1) soni (-2) sonidan, (-3) soni (-6) sonidan o'ngda turadi.


U muman, к son n dan katta bo'lsa, bu к > n yoki n < к kabi yozilishini bilasiz.


Butun sonlarni taqqoslashning yuqorida keltirilgan qoidasidan shunday xulosalarga kelamiz:


S on o'qida ikkita manfiy sondan moduli kattasi chaproqda yotadi. Demak,


Masalan, |- 1,3| < |- 1,5| bo'lgani uchun -1,3 > -1,5. a sonning musbat ekanligi a > 0 kabi, manfiy ekanligi a < 0 kabi yoziladi.


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzu “Zinama-zima” metodi orqali mustahkamlanadi.



1. Butun sonlar qanday taqqoslanadi?
2. Sonning musbat yoki manfiy ekani qanday belgilanadi?
3.a) eng katta; b) eng kichik manfiy butun son bormi?
4.Eng kichik butun son mavjudmi? Eng katta butun son-chi?
5.Qanday sonlar 0 dan katta? Qanday sonlar 0 dan kichik?
1)Quyidagi sonlarni a) o’sib; b) kamayib borish tartibida joylashtiring:
1) -8; 6; -9; 0; 7; -1.1;
a) -9, -8, -1.1, 0, 6, 7 b) 7, 6, 0, -1.1, -8, -9;
2)-3; 8; 0; -2.2; -1.2; 5
a) -3, -2.2, -1.2, 0, 5, 8; b) 8, 5, 0, -1.2, -2.2, -3;
3) 3 dan katta va 6 dan kichik;
2) 0 dan ham kichik va -4 dan ham kichik bo'lgan butun sonlar bormi?
Javob 1) 4,5 2) 5-,-6, -7,…
4)-1 dan kichik va ayni vaqtda 0 dan katta sonlar bormi?
2) 0 dan kichik, ayni vaqtda, 0 dan katta sonlar mavjudmi?
Javob: 1) yo’q 2) yo’q


V. Uyga vazifa. 10- misol
O’IBDO’: _________________________
Download 391 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling