Sinf: 7 – sinflar uchun
Mavzu: Oddiy va murakkab moddalar.
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: O’quvchilarga oddiy va murakkab moddalarning toifalanishi to’g’risida bilimlarni oshirish, ko`nikma va malaka hosil qilish.
b) tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga muhabbat, estetik va shukuronalik ruxida tarbiyalash.
c) rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish. Yosh avlod ongiga milliy g’oyani singdirish.
d) Shakllantirilayotgan kompetensiyalar: Ushbu mavzuda kommunikativ kompetensiya, o’z-o’zini rivojlantirish va element va birikmalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyalari shakllantiriladi.
Dars turi: Yangi tushuncha va bilim berish.
Darsda foydalanilagan metodlar: “Aqliy hujum”, “Klaster” va “Sizning omadli raqamingiz” “Tezkorlar o’yini”
Dars jihozi: Multimediya, slayd, doska, bo’r, tarqatma materiallar, darslik, davriy jadval.
Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni tekshirish, sinfning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash va siyosiy daqiqa o’tkazish.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: 5 daqiqa
II. O’tilgan mavzuni takrorlash: 10 daqiqa
III. Yangi mavzuni tushuntirish: 20 daqiqa
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: 5 daqiqa
V. O’quvchilarni baholash: 3 daqiqa
VI. Uyga vazifa berish: 2 daqiqa
Tashkiliy qism
Salomlashish, navbatchi hisoboti (davomatni aniqlash),o`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish, siyosiy yangiliklar daqiqasini o`tkazish,
darsning shiorini e`lon qilish,o`quvchilarni guruhlarga bo`lib olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |