Sinf: 8 “A” sinf Fan: Tarbiya Mavzu


Download 8.6 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi8.6 Kb.
#1438839
Bog'liq
kkkkk


Sinf: 8 “A” sinf
Fan: Tarbiya
Mavzu: Tejamkorlik – yaxshi fazilat
Darsning maqsadi:

Taʼlimiy: Maktab oʻquvchilarida tejomkorlik haqida ma’lumotlar berish. Tejamkorlikning yaxshi tomonlari haqida hikmatli hikoyalar va maqollar ustida ishlash afzalliklari. Oʻquvchilarda tejamkorlik fazilatini rivojlantirish.
Tarbiyaviy: Oʻquvchi yoshlarda tejamkorlik va isrof qilmaslikka oʻrgatish. Yoshlarda isrofgarchilik va tejamkorlikning oʻrni. Tejamkorlik farovon hayot poydevori haqida tushunchalar berish.
Rivojlantiruvchi: Oʻquvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish, ogʻzaki nutqi, bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim berish.
Dars usuli: Aralash.
Dars jihozlari: Darslik. Savollar va treninglar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashi, oʻquvchilar bilan tanishish va davomat olish, oʻquvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.
Yangi mavzu bayoni:
Iqtisodiyot rivojlangani sayin tabiiy resurslarga ehtiyoj ortib boradi. Dunyoda qariyb bir milliard aholi toza ichimlik suvi iste’mol qilishdan mahrum. Elektr energiyasi va tabiiy gaz zaxiralari kundan kun taqchil bo‘lib bormoqda. 2030-yilda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 50% ga oshishi kutilyapti. Demak, og‘ir va yengil sanoat, fan-texnikani rivojlantirish, ma’naviyatni oshirish bilan bir qatorda iqtisodiy taraqqiyotga e’tibor qaratish zamonamizning dolzarb vazifalaridan.

Inson tug‘ilibdiki, unga nafs doimiy hamrohlik qiladi. Uni o‘ldirib bo‘lmaydi, faqat so‘ndirish mumkin. Nafs bilan kurashishni, uni so‘ndirib, goh-gohida shiddatini pasaytirib turishni o‘ylamagan odam hech qachon ne’matlarning qadriga yetmaydi. Zero, tejamkorlik — insonning ma’naviyatini boyitadi, oilasiga qut-baraka keltiradi. Tejamkorlik — ne’matlarni isrof qilmaslik, ularni qadrlab, me’yor bilan ishlatishdir. Ajdodlarimiz tejamli oilalarning barakali, to‘kis, dasturxoni to‘kin bo‘lishini bashorat qilgan. Tejamkorlik, avvalo, xalqning va o‘zi­ning mehnatini qadrlash, qanoatli bo‘lish, faqat bugunni emas, ertani ham o‘ylash degani.

Tejamkorlik so‘zi arabchada “Iqtisod” degan ma’noni anglatadi. “Iqtisod qilgan ummatim kambag‘allik ko‘rmaydi”, deya muqaddas ha­dislarimizda ham aytilgan. Sharq xalqlarining boy iqtisodiy merosi, jumladan, Osiyodan yetishib chiqqan mutafakkirlarning iqtisodiy tarbiya haqidagi fikrlari, tejamkorlik va bunyodkorlikni targ‘ib qiluvchi asarlari iqtisodiy tarbiyaga qo‘yilgan poydevordir. Jumladan, Imom al-Buxoriy bobomiz shunday yozadi: “Yaxshi siyrat, chiroyli hayot va har bir ishda iqtisodchilik — yetmish xislatdan biridir”.

Isrofgarchilik — pul, mol-dunyo va ne’matlarni keragidan ortiq ishlatish, nobud qilish, o‘rinsiz yoki ortiqcha sarflashdir. Ota-onamiz ne mashaqqat bilan topayotgan pulni ko‘kka sovurib, boqimandalikka o‘rganishimiz, turli ko‘ngilochar manzillarda makon topishimiz nohaqlikdir. Bugun suvni isrof qi­lish, undan oqilona foydalanmaslik odat tusiga kirdi. Nos, sigaret, turli ichimliklarga o‘ylamasdan pul sarflaymiz. Foyda emas, ziyonimiz uchun isrof qilishdan ham qaytmaymiz.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Tejamkorlik bizga nega kerak?

  2. Oilada tejamkorlik qanday qilsak boʻladi?

  3. Tejamkorlikning salbiy va ijobiy tomonlari nimada?

  4. Hozirgi kunda tejamkorlik gilabal muammo sifatida nimalarni keltirishimiz mumkin?

Download 8.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling