Sinf: 8-"B" Mavzu: Alisher Navoiy hayoti va ijodi
Download 18.91 Kb.
|
Alisher Navoiy 8 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi
- Milliy va umummadaniy kompitensiya
- Dars shiori: Oz- oz o’rgani dono bo’lur, Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’ur. Darsning borishi 1.Tashkiliy qism
- III.Yangi mavzuni bayon etish
- V.Darsni yakunlash. Guruhlar yig’gan kartochkalari hisoblanadi va g’olib guruhni aniqlanadi.Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi. VI.Uyga vazifa
Sana:13.10.2022 Fan:Adabiyot Sinf:8-“B” Mavzu:Alisher Navoiy hayoti va ijodi Darsning maqsadi: Ta’limiy:O’quvchilarga adabiyotning mazmun mohiyati xususida umumiy ma’lumot berish, o’quvchilarning Alisher Navoiyning hayoti va ijod yo’liga oid bilimlarini kengaytirish va yangi ma’lumotlar bilan tanishtirish. Tarbiyaviy :Navoiyning o’zbek millati uchun qilgan xizmatlarini ta’kidlagan holda o’quvchilarda milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish,ularning kitobga bo’lgan e’tiborini va qiziqishini kuchaytirish. Rivojlantiruvchi:Buyuk shoir ijodi orqali o’quvchilar dunyoqarashini rivojlantirish,o’quvchilarning og’zaki nutq madaniyatini o’stirish. Nutqiy va lingvistik kompitensiya:Mavzuga oid bilimlarini og’zaki va yozma nutqda ifodalay oladi. Mavzuga oid qo’shimcha ma’lumotlar topa oladi va topilgan axborotlarni almasha oladi. Milliy va umummadaniy kompitensiya:Badiiy va san’at asrlarni tushunish Odob –axloq qoidalariga tushunish O’zgalarning milliy va etnik xususiyatlari,an’ana va marosimlarini hurmat qilish Dars metodi:Interfaol,Guruhlararo musobaqa Dars usuli: “Oq terakmi ko’k terak ”, “Baliq skleti”,”Venn diagrammasi” Dars jihozi:Darslik,AKT vositasi, slayd,tarqatmalar,rag’batlantiruvchi kartoshkalar,rasm va badiiy adabiyotlar. Dars shiori: Oz- oz o’rgani dono bo’lur, Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’ur. Darsning borishi 1.Tashkiliy qism a)O’quvchilarning davomatini aniqlash b)O’quvchilarni darsga ruhan tayyorlash II.O’tilgan mavzuni takrorlash. O’quvchilarga uy vazifasi qilib berib yuborilgan Lutfiy g’azallari hamda aruz vazni xususiyatlari bo’yicha tayyorlab kelingan,taqdimot namoyishi so’raladi.Taqdimotda uch guruh ham o‘zlariga berilgan Lutfiy g’azalini “Baliq skleti” asosida tusuntirib berishi lozim bo’ladi.Taqdimotda guruhlar o’z guruh a’zolari bilan taqdimotini himoya qiladi. Taqdimotdan so’ng “Oq terakmi,ko’k terak ”o’yini orqali savol javob o’tkaziladi. Lutfiy qayerda va qachon tug’ilgan? Lutfiy ijodida salmoqli o’rin egallagan janr? Aruz vazni qaysi xalq adabiyotidan bizga kirib kelgan? “Gul va navro’z” asari Lutfiyga tegishli? Lutfiy ijodi hajmi qancha ? III.Yangi mavzuni bayon etish. Dastlab o’quvchilardan Alisher Navoiy hayoti va ijodi to’’g’rida bilgan ma’lumotlarni so’rayman,keyin qanday ma’lumotlarni bilishni xohlashlarini va dars so’ngida qanday ma’lumotlarni bilib olganliklarini so’rayman. ( Slayd yordamida ma’lumotlar beriladi). Buyuk mutafakkir shoir, davlat arbobi,olim,musiqachi rassom va o’zbek tilining asoschisi Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirotning bo’g’I Davlatxona deb atalgan joyida tavallud topgan.Siyosiy vaziyatlar tufayli Navoiy oilasi bir muddat Iroqda yashadi.1466-1469 yillarda Navoiy Samarqand madrasalarida tahsil oldi.1469-yil Husayn Baqaro taxtni egallagach ,Navoiyni yoniga chaqirib,birgalikda o’z faoliyatini amalga oshirdi.Saroyda vazir darajasigacha ko’tarildi.Husayn Bayqaro Navoiyga “Muqarrabi shohiy ”(shohning eng yaqin kishisi )degan oliy martaba berdi. 1483-1485-yillarda shoirning eng buyuk asari -besh dostondan iborat “Xamsa” yaratildi. 1491/1492-1498/1499-yillarda barcha lirik she’rlarini to’rt devonga taqsimlab , “Xazoyin ul-maoniy ”nomli yirik to’plamni tuzdi. Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvar kuni vafot etdi.Uning qabri Hirot shahrida joylashgan.Bobur nomidagi jamoat fondi Navoiy qabri ustiga maqbara qurdirib,tevarak atrofini obodonlashtirgan. Shuningdek Navoiy haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar qisqa hajmli videorolik orqali ma’lumot beriladi. IV.Mustahkamlash Lutfiy va Navoiy ijodi va hayoti bo‘yicha “Venn diagrammasi” asosida ish olib boriladi.Guruhlar diagramma ustida ishlash paytida Navoiy g’azallaridan kuylangan qo’shiq qo’yib eshittiriladi. V.Darsni yakunlash. Guruhlar yig’gan kartochkalari hisoblanadi va g’olib guruhni aniqlanadi.Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi. VI.Uyga vazifa:Navoiy hayoti va ijodini o’qib o’rganish,Shoir ruboiylarini yod olish. Chirchiq shahar 4- UO‘T maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Ziyayev Xamidjon Amatovichning 8- “B” sinfda “Alisher Navoiyning hayoti va ijodi” mavzusida o‘tgan bir soatlik ochiq darsi ishlanmasi 2022-2023- o‘quv yili Download 18.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling