Yaxshilik so’zini klaster usulida ishlanadi:
Grammatik mavzu slayd orqali tushuntiriladi:
Gapda biror so’roqqa javob bo’lgan, o’zaro tobe bog’langan so’z yoki so’z birikmasi gap bo’lagi deyiladi. Gap bo’laklari ikkiga ajratiladi.
1.Bosh bo’laklar: ega va kesim.
Ega - Подлежащеe kesim - сказуeмoе
2.Ikkinchi darajali bo’laklar: aniqlovchi, to’ldiruvchi va hol.
Aniqlovchi – определение, to’ldiruvchi – дополнение, hol – обстоятельство
Bosh bo’laklar gapning asosiy grammatik asosini tashkil qiladi. Gapda kesim bilan bog’lanib, shu kesimdagi qo’shimchalar ifodalagan shaxs-sonni bildiruvchi va kim?, nima?, qayer? so’roqlariga javob bo’ladigan bo’lak ega deyiladi. Ega quyidagi so’zlar bilan ifodalanadi:
1.Ot bilan: Shamol gul hidlarini atrofga taratdi.
2.Sifat bilan: Yaxshilar ko’paysin, yomon qolmasin.
3.Olmosh bilan: Ular to’garak mashg’ulotlariga muntazam qatnashar edilar.
4.Son bilan: Ikkovimiz biroz aylandik.
5.Harakat nomi bilan: O’qish boshlandi.
6.Ravish bilan: Ko’plar qatnashdi.
7.Modal so’zlar bilan: Bor – boricha, yo’q – holicha.
8.Sifatdosh bilan: Uqqan o’zar, uqmagan to’zar.
9.Ibora bilan: Uning yuziga oyoq qo’yish axloqimizga zid.
V.Yangi mavzuni mustahkamlash:
“Serhosil olma daraxti” o’yini o’tkaziladi
Har bir guruhga alohida olma daraxti rasmi tushirilgan plakat beriladi, o’quvchilar tezkorlik bilan yaxshilik haqidagi maqollardan aytishlari kerak bo’ladi, qaysi guruh daraxti ko’p olma mevalarini bersa ya’ni serhosil bo’lsa o’sha guruh g’olib chiqadi va 5 ball bilan baholanadi.
“So’zlar yomg’iri” o’yinini tashkil qilish:
Har bir guruhga alohida qog’ozlarda quyidagicha rasmlar beriladi:
O’quvchilar so’zlarni ketma-ket joylashtirib so’zlar hosil qilishlari kerak bo’ladi qaysi guruh o’quvchilari tez va to’g’ri joylashtirib gaplar tuzsalar o’sha guruh g’olib sanaladi va 5 ball bilan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |