sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar


Download 0.65 Mb.
bet113/236
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#210437
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   236
Bog'liq
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa

Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.

Darsning borishi :

Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni

:Qadim davrlardanoq insonlar xo'jaliklarida nafaqat mineral, balki o'simlik va hayvonlardan olinadigan moddalardan ham foydalanib kelishgan. Bu moddalar oziq-ovqat, kiyim-kechak va insoniyatning rivojlanib borishi jarayonida dori- darmon, bo'yoq, pardoz-andoz vositalari va boshqalarni tayyorlash uchun ishlatilib kelingan. Insonga o'simlik va hayvon mahsulotlari bo'lgan: qand, yog'-moy, efir moylari, bo'yovchi va kayfiyatni o'zgartiruvchi moddalar qadim davrlardan ma'lum. Barcha sanab o'tilgan moddalar faqat o'simlik va hayvon hayotiy faoliyati yoki ularni qayta ishlash mahsulotlari bo'lib, shuning asosida «organik moddalar» tushunchasi pay do bo'lgan va ularni o'rganuvchi bo'lim organik kimyo deb atala boshlagan.Olimlar orasida uzoq vaqtlar organizmlar hayotiy faoliyatidan ajratib olingan moddalarning tuzilishini aniqlash va sintez qilish imkoni yo'qligi, organik moddalar alohida «hayotiy kuch» orqali vujudga keladi (vitalistik ta'limot; "vis vitalis"- hayotiy kuch) degan xato fikr shakllanib qoldi. Lekin, keyinchalik bu xato fikrdan voz kechishga majbur qiluvchi dalillar olina boshlandi.

  • Insonga dastlab ma'lum bo'lgan organik moddalar: sirka, vino, shakar, efir moylari, bo'yoqlar.

  • Organik birikmalar tarkibiga kiruvchi elementlar: uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt.

  • Dastlab organik moddalardan - oksalat kislota va mochevina sintezlangan (nemis olimi F.Veler, 1824-1828).

  • Anilin sintezi (rus olimi N.N.Zinin, 1832).

  • Sirka kislotasi sintezi (nemis olimi G.Kolbe va ingliz olimi Franklend, 1848).

  • Sun'iy yog'simon modda sintezi (fransuz olimi M.Bertlo, 1854).

  • Shakarsimon modda sintezi (rus olimi A.M.Butlerov, 1861).

  • Organik birikmalar tuzilishiga ko'ra zanjirii: to'yingan CnH2n+2 (uglerod o'zidan tashqari to'rtta boshqa atomlar bilan bog' hosil qilgan), to'yinmagan qo'shbog'li CnH,n (ikki uglerod atomi orasida qo'shbog' bor >C=C<) va to'yinmagan uchbog'li CnH,n(ikki uglerod atomi orasida uchbog' bor -C=C-) hamda halqali: to'yingan C H, to'yinmagan, aromatik uglevodorodlarga bo'linadi.

Yangi mavzuni mustahkamlash :

    1. Organik moddalarning o'ziga xosligi sabablari nimada?

    2. Organik moddalarning xalq xo'jaligida tutgan o'rni haqida nimalar bilasiz?

Organik moddalar noorganik moddalardan qanday farq qiladi?

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling