sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar


Download 0.65 Mb.
bet149/236
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#210437
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   236
Bog'liq
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa


Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.

Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni: Organik birikmalar orasida karbon kislotalar sinfi alohida o'rin tutadi. Karbon kislotalar vakillari: sirka, vino, limon, olma, shovul kislotalari ajdodlarimizga juda qadimdan ma'lum.

  • Karbon kislotalar deb, molekulasida uglevodorod radikali bilan (chumoli kislotada vodorod) tutashgan bir yoki bir nechta karboksil -COOH guruh tutgan murakkab organik birikmalarga aytiladi.

  • Karboksil guruh karbonil guruh >C=0 va -OH gidroksil guruhlardan iborat.

Karbon kislotalaming umumiy formulasi R-COOH bo'lib, R- uglevodorod radikalini bildiradi (chumoli kislota H-COOH da karboksil guruh vodorod bilan birikkan). Nomlanishi. Xalqaro nomenklaturaga ko'ra karbon kislota tarkibidagi uglerod soniga tegishli uglevodorod nomiga kislota so'zi qo'shib nomlanadi. CH3COOH da ikkita uglerod bor, demak, etanga to'g'ri keladi, kislota nomi esa etan kislota deb yuritiladi. Ko'pincha dastlabki karbon kislotalar trivial-tarixiy nomlari bilan yuritiladi: chumoli, sirka, moy, shovul, sut, vino, limon va boshqa kislotalar.

Fizik xossalari. Karbon kislotalar orasida aldegidlarga o'xshab gazsimonlari yo'q. Karbon kislotalar qatorining quyi vakillari palmitin kislotasigacha o'tkir hidli, suvda yaxshi eruvchan, suyuq moddalardir. Yuqori vakillari-palmitin kislotadan boshlab, qattiq, hidsiz, suvda erimaydigan moddalardir. Kimyoviy xossalari.



Kislotalik xossalari:

  • Karbon kislotalarning suvdagi eritmalari nordon ta'mga ega.

  • Lakmus va metil zarg'aldog'ini qizil rangga bo'yaydi.

  • Elektr tokini o'tkazadi.

  • Metallar bilan ta'sirlashadi, bunda vodorod ajralib chiqadi.

  • Ishlatilishi. Chumoli kislota organik moddalar sintezida kuchli qaytaruvchi; oziq-ovqat sanoatida-dezinfeksiyalovchi va konservalovchi vosita sifatida; to 'qimachilik sanoatida gazlamalarni bo'yashda; tabiiy kauchukni qayta ishlashda koagullovchi vosita sifatida, tibbiyotda ishlatiladi.

  • Sirka kislota bo'yoqlar ishlab chiqarishda, plastmassalar, dorilar (aspirin, fenatsetin), sun'iy tola, yonmaydigan kinoplenka va hokazolar ishlab chiqarishda; uning tuzlari esa gazlamalarni bo'yashda, tibbiyotda, qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda; murakkab efirlari erituvchi va xushbo'y vositalar sifatida ishlatiladi.

  • Palmitin va stearin kislotalari sham ishlab chiqarishda, ularning natriyli tuzlari xo'jalik sovuni, kaliyli tuzlari esa tibbiyot uchun suyuq sovunlar ishlab chiqarishda qo'llanadi.


  • Download 0.65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling