sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar
Download 0.65 Mb.
|
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosqichlar Vaqti 1
- Foydalanilgan adabiyotlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Mashg’ulot bosqichlari:
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov. Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni: Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiatni muhofaza qilish, atmosfera va suvni, tuproq tarkibini toza saqlash nafaqat biz, balki butun xalq uchun asosiy muammo hisoblanadi. Ko'mir shaxtalarida chang miqdori 500 mg/m3 dan 3 000 mg/m3 ga qadar bo'ladi. Shaxta havosini toza saqlash uchun qo'llaniladigan ventilatsion qurilmalar atmosferaga bir sutkada 1 500000 m3 ana shunday chang havo chiqaradi. Natijada mahsulot (ko'miming mayda zarrachalari) isrof bo'ladi, atmosfera, ya'ni siz bilan biz nafas oladigan havo ifloslanadi. Ruda konlarida tog' jinslarini qazish hamda tog' jinslaridagi ruda miqdorini boyitish jarayonlarida atmosferaga juda ko'p chang (tog' jinslarining aerozollari) tarqab ketadi. Sanoatning bu kabi tarmoqlarida atmosferaga tarqab ketayotgan changlar (aerozollar) insonlar salomatligiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi, o'simliklarning o'sishini qiyinlashtiradi. Xomashyo va mahsulotlarning isrof bo'lishiga olib keladi. Atmosferani ifloslanishdan saqlash hamda xomashyo mahsulotlarini chang holida isrof bo'lishining oldini olish uchun siz nima qilgan bo'lardingiz? Atmosferaga ko'tarilayotgan changlarni tutib qolish yoki miqdorini keskin kamaytirish uchun adsorbsiya va ho'llash usullaridan foydalanilmoqda. Masalan, ruda qazish va boyitish jarayonlarida ruda qazib olinadigan massivlar (joylar)ni suv bilan ho'hash (sug'orish), ya'ni "ho'l usulda ruda qazish" usuli qo'llanilmoqda. Havoga ko'tariladigan changlarni tutib qolish uchun hozirgi paytda elektrfiltrlar hamda adsorbentlardan ham foydalanilmoqda "Agar havoda chang va tutun bo'lmasa, odam mingyilyashashi mumkin". Keyingi yillarda Orol dengizining suvi kamayib borishi suvda erigan tuzlar konsentratsiyasining ortishiga, tuzlarning cho'kindi tog' jinslari sifatida cho'kib qolishiga, qurib qolgan dengiz qirg'oqlaridagi tuzlarning atmosferaga chang bo'lib ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda. Natijada biosferadagi ekologik munosabatlaming buzilishiga olib kelmoqda. Suv tabiatda eng ko'p tarqalgan modda. Yer yuzining 2/3 qismini suv qoplagan. Tabiatda sodir bo'ladigan deyarli barcha jarayonlarda suv ishtirok etadi. Gidrosferadagi suv, bug'langan suv, bug' holatdagi atmosferada uchraydigan suv juda katta miqdomi, ammo ichish uchun yaroqli suv tabiatdagi mavjud suvning atigi 1% ga yaqin qismini tashkil etadi. Olimlarning hisob-kitobiga qaraganda, kelajakda insoniyat suv tanqisligiga uchrashi mumkin. Suvning har bir tomchisini tejab-tergab asraylik! Uni musaffo saqlaylik! Suv barcha tirik organizmlarga hayot baxsh etuvchi moddadir! Siz o'z hayotingizni suvsiz tasavvur qilib ko'ring-chi. Bu dahshat-ku! Shunday ekan, vodoprovod jo'mragini bekorga ochiq qoldirmaylik! Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling