Mustaqil xulosa uchun topshiriq
Zangori rangli eritma nima? Ushbu tajriba nimani isbotlaydi? Nima uchun probirkadagi eritma qizdirilganda, avval sariq, so'ngra qizil cho'kma paydo bo'ladi? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
Nima uchun eritmada avval sariq, so'ngra qizil cho'kma hosil bo'ladi?
Reaksiya tenglamasini yozing va hosil bo'lgan moddalarni aniqlab, nomini ayting?
18-laboratoriya ishi
Kraxmalning yod bilan ta'sirlashuvi, kraxmalning gidrolizlanishi
1. Kraxmal kleysterini tayyorlash va kraxmalning yod bilan reaksiyasi
Probirkaga 4-5 ml suv quyib, ozgina kraxmal qo'shing va aralashmani chayqating. Hosil bo'lgan suspenziyani probirkadagi qaynab turgan suvga eritmani doimo chayqatib turib, oz- ozdan qo'shing. Hosil bo'lgan kleysterni 1:20 nisbatda sovuq suv bilan suyultiring va 2 ta probirkaga 3-5 ml dan quying. Bitta probirkaga esa kaliy yodid eritmasidan qo'shing.
Do'stlaringiz bilan baham: |