Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
fuqarolik burchini bilish va kimyoviy jarayonlar asosida yangi-yangi ishlab chiqarilayotgan kundalik turmush mahsulotlari haqida axborotga ega bo‘lish.
A2+
fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
A2
sog‘lom turmush tarziga amal qilishda kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo‘lish.
A2+
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
o‘rganilgan bilimlar asosida kundalik turmushda foydalaniladigan jarayonlardagi hisoblashlarni bilish. Kimyo fani sohasida inson hayot faoliyatida uning mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
A2+
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |