sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A
Download 0.65 Mb.
|
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov. Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni: Fizik va kimyoviy xossalari. Kremniy tashqi ko'rinishidan metallarga o'xshab ketadi. Kristall kremniy kulrang - po'lat rangli, metall yaltiroqligiga ega modda. Suyuqlanish harorati 1420°C, qaynash harorati 2355°C; zichligi 2329 kg/m3; izotop soni 11 (24—>34);Uglerodga qaraganda kremniyda metallmaslik xossalari kuchsizroq namoyon bo'ladi, chunki, uning atom radiusi kattaroq va tashqi elektronlar yadrodan uzoqroqda joylashgan. Kuchli qizdirilganda kremniy havoda yonib ketadi va kremniy (IV)-oksidni hosil qiladi:Si+02=Si02 Qizdirilganda kremniy xlor, brom va oltingugurt bilan ham ta'sirlashadi: Si+2Cl2=SiCl4 Si+2Br,=SiBr4 Si+2S=SiS2 Kremniyning galogenli va oltingugurtli birikmalari gidrolizga uchraydi:SiCl4+2H20= Si02+4HC1 SiS2+2H20= Si02+2H2S Kremniy yuqori haroratda uglerod bilan birikadi va juda qattiq birikma- karborand (kremniy karbid) ni hosil qiladi:Si + C = SiC Karborunddan silliqlash va pardozlash toshlari tayyorlanadi. Qizdirilganda kremniy ko'plab metallar (Mg, Ca, Cr, Mn, Fe va b.) bilan silitsidlar hosil qilib birikadi: Si+2Mg=Mg,Si Metall silitsidlariga kislotalar ta'sirida kremnevodorod SiH4- silan hosil bo'ladi:Mg,Si+4HCl=2MgCl,+SiH4 Silan - rangsiz gaz, kuchli qaytaruvchi, havoda o'z-o'zidan alangalanib ketadi: SiH4+20,=Si0,+2H,0+1427,2 kJ Silandan tashqari yana bir qancha kremnevodorodlar ham mavjud, ularning umumiy formulasi SinH2n+2, bu yerda n<8. Silanlar metan qatori uglevodorodlarga o'xshash bo'lish bilan birgalikda kremniyning uglerodga nisbatan metallmaslik xossasi kuchsizlanishi natijasida, Si-H va Si-Si bog'ining kuchsizlanishi sababli ulardan ko'ra kuchli reaksion qobiliyatga ega. Kislotalar bilan ta'sirlashmaydi. Ishqorlaming suyuqlanmasi va eritmalari bilan ta'sirlashadi: Si+2Na0H+H,0=Na,Si03+2H, t Si+20H~+H,0=Si0-32+2H, t Eng muhim birikmalari. Kremniy (IV)-oksid Si02 - qattiq, qiyin suyuq- lanuvchan, atom kristall panjarali, suvda erimaydigan modda. Tabiatda kvars minerali holida uchraydi. Kvarsning tiniq, rangsiz kiistalini tog' xrustali deb ham ataladi. K re men, agat, yashma, qum - kvarsning shakl o'zgarishlari hisoblanadi. Kislotali oksid xossasiga ega bo'lib, ishqorlar, ishqoriy metallar karbonatlar va asosli oksidlar bilan qo'shib suyuqlantirilganda kremniy kislota tuzlari - silikatlarni hosil qiladi:Si0,+2Na0H=H,0+Na,Si03 Si0,+Na,C03=C0,+Na,Si03 Si0,+Ca0=CaSi03 Ftorid kislotadan boshqa kislotalar bilan ta'sirlashmaydi. Ftorid kislota ta'sirida gazsimon kremniy ftorid SiF4 hosil bo'ladi:Si0,+4HF=2H10+SiF4t Suyuqlantirilgan kvarsdan ultrabinafsha nurni o'tkazuvchi va kichik kengayish koeffitsientiga ega bo'lgan kvars oynasi ishlab chiqariladi. Kvarsning suyuqlanish harorati 1500°C atrofida. Shuning uchun kvars oynasini yuqori haroratli sharoitlarda ishlatish mumkin. Kvarsdan simob lampalari va kimyoviy laboratoriya idishlari tayyorlanadi. Metakremniy kislota va uning tuzlari. Metakremniy kislota H2Si03Faqat ishqoriy metallar silikatlari suvda eriydi. Natriy va kaliy silikatlari (Na2Si03 va K2Si03) eritmalari suyuq shisha deb ataladi. Suyuq shisha kislotaga chidamli sement, beton, yelim, surtmalar tayyorlashda, gazlama va g'ovak toshlarga singdirishda, qurilish ishlarida ishlatiladi. Silikatlar murakkab tabiiy birikmalar - alumosilikatlar, masalan, dala shpati (IC,OAL,03-6SiQ,), kaolin (Al,0.,-Si(VH,0) tarkibiga kiradi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling