Glossariy atom kimyoviy element xossalarini o‘zida saqlaydigan uning eng kichik qismi atom kristall


Download 105 Kb.
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi105 Kb.
#1571317
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
05 glossariy




GLOSSARIY


ATOM - kimyoviy element xossalarini o‘zida saqlaydigan uning eng kichik qismi
ATOM KRISTALL - panjarasi tugunlarida elektrik betaraf atomlar joylashgan kristall
ATOM MASSA - atom massasining atom massa birliklarida ifoda-langan qiymati
ATOM OG‘IRLIK - dastavval atom massasi atamasi o‘rniga ishla-tib kelingan atama
ATOM ORBITALLARI - atomlar xar bir elektronining uchta kvant son - bosh kvant son n, impuls momentining orbital kvant soni 1 va orbital magnitik kvant son me larning to‘lqin funksiyalari
ATOM REAKTORI – atom yadrosining boshqariladigan zanjir reaksiyasini amalga oshirish uchun moʻljallangan qurilma. Atom reaktori sanoat energiyasi ishlab chiqarish, fizik tadqiqotlarda ishlatiladigan neytronlar oqimini hosil qilish, sun’iy radioaktiv izotoplar hamda atom elektr stansiyalarida elektr-energiyasi olishda ishlatiladi. Reaksiyadagi neytronlarning tezligiga qarab, Atom reaktori issiq va tez neytronli boʻladi. Issiq neytronli reaktorlarda yoqilgʻi sifatida tabiiy uran izotoplarining aralashmasi yoki uran (U-235) bilan boyitilgan aralashma ishlatiladi. U-235 boʻlinishi davrida uchib chiqayotgan tez neytronlar grafit yoki ogir suv yordamida sekinlashtirilib, issiq neytronlarga keltiriladi. Tez neytronli reaktorda esa sekinlatgichgich ishlatilmaydi. Bunday reaktorda zanjir reaksiya toʻgʻridan-toʻgʻri tez neytronlar ta’sirida borishi uchun atom yoqilgʻisi – sof U-235 izotopi yoki sun’iy izotoplar U-233 va Pu-239 (plutoniy) boʻlishi kerak.
ATOM ELEKTR STANSIYASI (AES) – texnologik sxemasi jihatidan issiqlik elektr stansiyalari turiga kiruvchi elektr stansiya. Oddiy issiqlik elektr stansiyalari (IES)da koʻmir, neft, qoramoy (mazut) va gaz yoqilsa, atom elektr stansiyasida yoqilgʻi sifatida uran ishlatiladi. Atom elektr stansiyasining asosiy qismi atom qozoni, yaʼni atom reaktori. Atom elektr stansiyasida, koʻpincha, atom reaktorlarining. 4 tipi qoʻllaniladi: 1) Suv-suvli (bunda susaytirgich moda oʻrnida ham, issiqlik eltuvchi modda oʻrnida ham oddiy suv ishlatiladi); 2) Grafit-suvli (suv — issiqlik eltuvchi, grafit esa susaytiruvchi boʻladi); 3) Ogʻir suvli (oddiy suv issiqlik eltuvchi, ogʻir suv esa susaytiruvchi); 4) Grafit-gazli (gaz — issiqlik eltuvchi, grafit — susaytiruvchi). Zamonaviy atom energetikasida asosan uran-235 dan foydalaniladi. Uning tabiiy zaxirasi unchalik katta emas, organik yoqilgʻining esa atigi 10% ini tashkil qiladi. Bu miqdor atom energetikasini yoqilgʻi bilan uzoq vaqtgacha taʼminlay olmaydi. Yadro yoqilgʻisi sifatida qoʻllaniladigan plutoniy-239 va uran-233 olish uchun xom ashyo hisoblanadigan uran-238 bilan toriy-232 ning zaxirasi yer bagʻrida yetarli miqdorda. Kelajakda atom elektr stansiyasilar yetarli darajada rivojlanadi va dunyo mamlakatlarining umumiy energetika balansida yetakchi oʻrinni egallaydi.



Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling