ATOM RADIUS - molekulalar va kristallarda atomlararo masofa-larni taqriban baholash imkonini beruvchi tavsif
ATOM RAQAMI - kimyoviy elementning davriy tizimidagi tartib raqami; u muayyan elementning atom yadrosi tarkibiga kiruvchi protonlar soniga teng
ATOM SPEKTRI - erkin atomning energiya sathlari orasidagi kvant o‘tishlarda vujudga keluvchi yutilish spektri yoki chiqarish spektri
ATOM YADROLARINING ASOSIY XUSUSIYATLARI Yadro tarkibi. Elektr va barion zaryad. Izotop, izobar, izoton, izomer va «ko’zgu» yadrolar. Yadroning massasi va bog’lanish energiyasi. Yadro spini. Yadroning magnit dipolь momenti. Yadro o’lchami va zichligi. Yadro shakli. Statistika va juftlik.
ATOM YADROSI - atomning protonlar va neytronlardan iborat markaziy qismi
ATOM ZOND - qattiq jismlarning tekshirilayotgan sirtidan uzib olingan har bir ionni qayd qilish imkonini beruvchi ion proektorning mass-spektrometr bilan birlashmasi
BEKKEREL - radiofaol nuklidning SI birliklar tizimidagi faollik birligi. 1Bk 1 sekunddagi 1 bo‘linishni bildiradi
BETA - NURLAR - - nurlar - atom yadrolarining beta-yemirili-shida ular chiqaradigan beta-zarralar oqimi
BETA - SPEKTROMETR - beta-zarralarning energiyalar bo‘yicha taqsimlanishini qayd qilish asbobi
BETA - YEMIRILISH - - yemirilish - atom yadrolarining radio-faol yemirilishi, shuningdek, erkin neytronning protonga radiofaol aylani-shi; bu jarayonda yadrolar elektronlar va antineytronlar yoki pozitronlar va neytronlar chiqaradi
BETA - ZARRA, - zarra - atom yadrolarining beta-yemirilishla-rida ular chiqaradigan elektron yoki pozitron
BIEKSITON - ikki eksitonning bog‘langan holati; Frenkel eksi-tonlari yoki Vanе-Mott eksitonlari bunday eng sodda eksiton majmuiga misol bo‘la oladi
BOG‘LANGAN ELEKTRON - atom yadrosiga elektrostatik torti-lish tufayli bog‘langan elektron
Do'stlaringiz bilan baham: |