ZANJIRLI BO’LINISH REAKSIYASI – sekin neytron bilan uran-235 yadrosining o’zaro ta’siri natijasida- yadroviy bo’linish hodisasi ro’y beradi. Bunday bo’linish tufayli juda katta energiya vujudga keladi. Uran yadrosi 2 ta radioaktiv bo’lgan elementlarga ajralganidan so’ng, ma’lum muddat o’tgach radioaktiv elementlar o’zidan yengil zarralar(neytronlar, antineytrino, gamma-kvantlar)ni nurlantirib, boshqa elementlarga aylanadi. Bu hodisa natijasida yuqori tezlikka ega bo’lgan neytronlar o’z navbatida boshqa uran yadrolari bilan ta’sirlashadi. Keyin esa hodisa qanday tus olishi haqida anglab yetgan bo’lsangiz kerak. Albatta, yuqorida keltirilgan jarayon takrorlanadi! Aynan mana shu hodisa – zanjirli bo’linish reaksiyasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |