Glossariy atom kimyoviy element xossalarini o‘zida saqlaydigan uning eng kichik qismi atom kristall


FOTON - elektrmagnitik maydon kvanti, nolga teng tinchlik massa-ga va 1 ga teng spinga ega bo‘lgan elementar zarra FOTON IMPULSI


Download 105 Kb.
bet6/12
Sana18.06.2023
Hajmi105 Kb.
#1571317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
05 glossariy

FOTON - elektrmagnitik maydon kvanti, nolga teng tinchlik massa-ga va 1 ga teng spinga ega bo‘lgan elementar zarra
FOTON IMPULSI - foton energiyasining yorug‘likning vakuumda-gi tezligiga nisbati
FOTOO‘TKAZUVCHANLIK - yorug‘lik ta’sirida yarimo‘tkaz-gich elektrik o‘tkazuvchanligining ortishi
GAMMA-NURLANISH - to‘lqin uzunligi 10-8 sm dan kichik qisqa to‘lqinli elektrmagnitik nurlanish
GAMMA-SPEKTROMETR - gamma nurlanish spektrlarini o‘l-chash asbobi
GAMMA-YEMIRILISH - gamma nurlanish vujudga keladigan yadroviy jarayon
ION - yunon. ion borayotgan - atom va molekula elektron yo‘qot-ganda yoki qo‘shib olganda hosil bo‘luvchi elektrik zaryadlangan zarra
ION BILAN URISH - ionlarning hajmiy va sirtiy sochilishiga, tur-licha kondensatlangan muhitlardan zaryadlangan va betaraf zarralarning emissiyaga keng takroriylik spektrida elektrmagnitik nurlanish chiqarishi-ga, qattiq jism hajmida va uning sirtida nuqsonlar hosil qilish kabi turli ra-diatsiyaviy jarayonlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi hodisa
ION BOG‘LANISH - ionlar orasidagi elektrstatik o‘zaro ta’sir taqo-zo qiladigan kimyoviy bog‘lanish
ION DASTA - musbat (bir yoki ko‘p zaryadli) yoki manfiy ionlar-ning odatda oqim uzunligiga nisbatan kichik ko‘ndalang o‘lchovli va zarra-lari tartibsiz issiqlik tezligidan ancha katta tezlik bilan harakatlanuvchi yo‘-nalgan oqimi
ION KRISTALL - kristall panjarasi tugunlarida musbat va manfiy ionlar joylashgan kristall
ION O‘TKAZUVCHANLIK - kristall panjarada ionlar ko‘chishi tufayli moddada zaryadlarning uzluksiz ko‘chishi
IONLANISH - gaz atomi yoki molekulasidan bir yoki bir necha elektronning ajralishi
IONLANISH ENERGIYASI - dastlab oddiy holatda turgan atom yoki molekulani ionlash uchun zarur bo‘lgan eng kichik energiya
IONLANISH ISHI - elektronni atom yoki molekuladan uning atom yoki molekula bilan o‘zaro ta’sirini nazarga olmasa bo‘ladigan masofaga uzoqlashtirishda sarflanadigan energiya

Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling