Glossariy atom kimyoviy element xossalarini o‘zida saqlaydigan uning eng kichik qismi atom kristall


Download 105 Kb.
bet3/12
Sana18.06.2023
Hajmi105 Kb.
#1571317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
05 glossariy

BOG‘LANISH ENERGIYASI - bog‘langan zarralar tizimi energi-yasi bilan ushbu zarralarning erkin holatdagi energiyalari yig‘indisi orasi-dagi farq
BOG’LANISH ENЕRGIYASI – nuklonlarga kinеtik enеrgiya bеrmasdan nuklonlar orasidagi bog’lanishni (o’zaro aloqani) uzish uchun kеrak bo’lgan enеrgiyaga aytiladi.
BOR MAGNETONI - atom tizimlarining magnitik momentlarini o‘lchash birligi
BOR RADIUSI - xidrogen (vodorod) atomida yadroga eng yaqin elektron orbita radiusi
BOSH KVANT SON - atom elektronining energiyasini belgilovchi kvant son
BOSH YADRO - radiofaol yemirilayotgan atom yadrosi
CHIQISH ISHI - elektronni qattiq jismdan yoki suyuqlikdan va-kuumga chiqarish uchun sarflanadigan energiya
DETEKTIRLASH - lot. detectio – topmoq - 1) modullangan elek-trik va boshqa tebranishlarning modullanish qonuniyatini aniqlash maqsa-dida shu tebranishlarni o‘zgartirish; 2) o‘zgaruvchan elektrik tokdan bir yo‘nalishli pulslanuvchi tok hosil qilish
DETEKTOR - elementar zarralarni, shuningdek, rentgen yoki gam-ma nurlarni qayd qiladigan asbob (ionlovchi bo‘lma, sanagich)
DETEKTOR YARIMO‘TKAZGICH DIOD - detektorlash uchun mo‘ljallangan yarimo‘tkazgich diod
EKSITON - yarimo‘tkazgich yoki dielektrikdagi kristall hajmida ko‘chib yuruvchi, ammo elektrik zaryad va massa ko‘chishiga bog‘liq bo‘l-magan elektron uyg‘onishiga mos kelgan kvazizarra
ELEKTRON - tinchlik massasi me=(9,109558±0,00054)10-31 kg va spini 12 ga teng bo‘lgan turg‘un elementar zarra
ELEKTRON ORBITASI - atom yoki molekulada elektronning ya-dro atrofida harakati traektoriyasi
ELEKTRON PARAMAGNITIK REZONANS - paramagnitik zar-ralarga ega bo‘lgan moddaning unga doimiy magnitik maydon berilganda elektrik magnitik nurlanishni tanlab yutishi
ELEKTRON QOBIQ - 1) atom yoki molekula tarkibiga kiruvchi barcha elektronlar majmui; 2) muayyan bosh son qiymatiga ega bo‘lgan va atom yadrosidan taxminan birday masofada joylashgan atom elektronlari majmui

Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling