YADRO NURLANISHLARNING MODDA BILAN O’ZARO TA’SIRI Zaryadlangan zarralarning muhit bilan o’zaro ta’siri. Zarra energiyasining atomlarni ionizatsiyalash va uyg’otishga sarf bo’lishi. Zaryadlangan zarralarning yugurish uzunligi. Neytronlarning modda bilan o’zaro ta’siri. Neytronlarning sekinlashishi. Gamma-nurlanishlarning modda orqali o’tishi. Nurlanishlarning biologik ta’siri va undan himoyalanish.
YAQIN TARTIB - moddaning kichik hajmlari ichida qo‘shni zarra-larning nisbatan tartiblangan joylashuvi
YAQIN TARTIB O‘ZARO TA’SIRLARI - moddani tashkil qiluv-chi qo‘shni zarralar orasidagi o‘zaro ta’sirlar
YARIMEMIRILISH DAVRI - radiofaol yadrolar miqdori o‘rtacha ikki martta kamayadigan vaqt oralig‘i
YARIMMETALL - atomlari kristall panjaraga va metall kristallga nisbatan 102-103 marta kam elektron o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan qattiq jism
YARIMO‘TKAZGICH DETEKTOR - asosiy elementi yarimo‘t-kazgich kristalidan iborat bo‘lgan zarralarni qayd qilish asbobi
YARIMO‘TKAZGICH FOTODIOD - elektrik o‘tishga, ikkita chi-qishga ega fotoelektrik yarimo‘tkazgich asbob
YARIMO‘TKAZGICH FOTOELEMENT - ishlashi fotogalvanik-samaradan foydalanishga asoslangan fotoelektrik yarimo‘tkazgich asbob
YORUG‘LIK - inson ko‘zi sezadigan takroriyliklar oralig‘idagi e-lektrmagnitik to‘lqinlar
YORUG‘LIK KVANTI - foton energiyasi
YORUG‘LIK MANBAI - spektrning ko‘rinuvchi ultrabinafsha va infraqizil sohalarida elektrmagnitik energiya nurlangichi
YORUG‘LIK NURI - yorug‘lik energiyasi tarqaladigan chiziq
YORUG‘LIK NURLOVCHI DIOD (YORUG‘DIOD) - elektrik e-nergiyani elektrlyuminessensiya yordamida yorug‘lik nurlanishi energiya-siga aylantiruvchi yarimo‘tkazgich diod
YORUG‘LIK TO‘LQINI - o‘z tarkibida uzunliklari 0,4-0,76 mkm oraliqda bo‘lgan sinusoidal elektrmagnitik to‘lqinlar
YORUG‘LIK TO‘LQINI UZUNLIGI - yorug‘liklar tebranishining bir davri davomida monoxromatik yorug‘lik to‘lqinining tarqalish uzunligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |