sinf. Ii-bob. Hujayra. Mavzulashtirilgan organizm (hayotning) asosi. A) organ B) kimyoviy element C) hujayra D) atom Tabiatdagi tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgini aniqlang
Download 22.42 Kb.
|
6.mavzu.2-bob
6-SINF.II-BOB.HUJAYRA.MAVZULASHTIRILGAN. 1…..-organizm (hayotning) asosi. A) organ B) kimyoviy element C) hujayra D) atom 2.Tabiatdagi tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgini aniqlang? A) hujayradan tuzilganligi B)hujayraning mitotic bo’linib ko’payishi C) tanasining organ,to’qima va hujayradan tuzilganligi D) harakatlanish 3.Tirik organizmlarning eng mayda tarkibiy qismi? A) organ B) molekula C) hujayra D) atom 4.U tiriklikka xos barcha xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan? A) molekula B) oqsil tuzilmasi C) hujayra D) atom 5.O’simliklarning barcha organlari hujayralardan tashkil topgan ular….jihatdan farq qilsa ham,…..jihatdan o’xshaydi? A) ichki;tashqi B) shakl; ichki C) ichki; funksiya D) kimyoviy tarkib; ichki 6.Hujayra haqidagi fan-……… A) sitologiya B) gistologiya C) biologiya D) ornitologiya 7……..mevalari kesib ko’rilganda ularning hujayrasini oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin? A) sigirquyruq,itsigak,bangidevona B) rayhon,tarvuz,tuxumak,banan C) limon,pomidor,mandarin,tarvuz D)A va B t.j. 8.Limon va pomidor o’simligining o’xshashligini ko’rsating? A) hayotiy shakl B)yovvoyi o’simlik C) poyasini shoxlanishi D) hujayrasini ko’z bilan ko’rish mumkin 9.Hujayralar o’simlikning qaysi organida joylashganligiga qarab qaysi xususiyatlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi? 1) shakli 2) rangi 3)yirik-maydaligi 4)ichki tuzilishi 5) funksiyasi A) hammasi B) 1,2,5 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,5 10.O’simliklar hujayra tuzilish darajasiga ko’ra qanday bo’ladi? A) eukariot va prokariot B) bir yoki ko’p hujayrali C) bir,ko’p hujayrali yoki colonial D) hujayrali va hujayrasiz 11…(1) hujayra ba’zi bir tuban o’simliklarda,….(2)hujayra esa yuksak o’simliklarda bo’ladi. A) 1-prokariot;2-eukariot B) 1-bir; 2-ko’p C)1-bir;2-ko’p yoki colonial hujayralar D) 1-organoidsiz; 2-organoidli 12.Hujayra kim tomonidan qachon kashf etilgan? A) ingliz fizigi Robert Guk 1635-yil B)ingliz fizigi Robert Braun 1635-yil C) ingliz fizigi Robert Guk 1665-yil D) ingliz fizigi Robert Braun 1831-yil 13.Hujayra qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan? A) sitoplazma va mag’iz B)hujayra qobig’I va sitoplazma,yadro C) hujayra ichidagi tirik qism va mag;iz D)hujayra qobig’I va hujayra ichidagi tirik qism 14.Hujayra tarkibidagi qaysi organoid tiniq va mustahkam bo’ladi? A) hujayra qobig’I B) sitoplazma C) mag’iz D) plastida 15.Hujayra qobig’iga qaysi modda mustahkamlik berib turadi? A) fosfolipid B) kleykobina C) suberin D) klechatka 16.Hujayra qobig’I qanday vazifalarni bajaradi? 1) hujayra ichidagi tirik qismni tashqi tomondan o’rab turadi 2)tashqi ta’sirdan himoya qiladi 3)hujayraga mustahkamlik beradi 4)hujayra shaklini saqlab turadi 5)hujayrani tashqi muhit bilan bog’lab turadi A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3 D) 2,4,5 17.O’simlik hujayrasining eng muhim (a) asosiy tarkibiy (b) qismlarini juftlang? 1.hujayra qobig’I 2.plastida 3.vakuola 4.yadro 5.sitoplazma A) a-1 b-5 B) a-4 b-2,5 C) a-4 b-1,4 D) a-2,3 b-5 18.Hujayraning asosiy tarkibiy qismini belgilang? A) sitoplazma B) mag’iz C) hujayra qobig’I D) plastida 19.Sitoplazmaga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang? 1) rangsiz 2)rangli 3)tiniq 4) suyuq 5)quyuq 6) shilimshiq 7)doim harakatlanib turadi 8)harakatsiz A) 1,3,4,6,7 B) 1,3,4,6,8 C) 1,3,5,6,7 D) 2,3,4,6,8 20.U hujayra bo’linishida muhim rol o’ynaydi- A) hujayra qobig’I B) sitoplazma C) mag’iz D) plastida 21.Qaysi organizmlarning yadrosi shakllanmagan irsiy moddalari sitoplazmada tarqoq holda joylashgan bo’ladi? 1)yashil suv o’tlar 2)ko’k-yashil suvo’t 3) achitqi zamburug’I 4)bakteriya 5) ayrim zamburug’lar A) 1,3,5 B) 2,4 C) 2,4,5 D) 1,4,5 22.Hujayraning sosiy tirik qismlaridan biri ,ular faqat o’simliklar uchun xos? A) vakuola B) sentriola C) ribosoma D) plastida 23.Plastidaning necha xili mavjud va ular qanday bo’ladi? A) 3xil;xloroplast(yashil),xromoplast(rangsiz),leykoplast(zarg’aldoq,qizg’ish) B) 3xil;xloroplast(zarg’aldoq,qizg’ish),xromoplast(yashil),leykoplast(rangsiz) C) 3xil;xloroplast(yashil),xromoplast(zarg’aldoq,qizg’ish),leykoplast(rangsiz) D) 3xil;xloroplast(yashil),xromoplast(zarg’aldoq,yashil-ko’k),leykoplast(rangsiz) 24.Leykoplastlarga xos bo’lgan xususiyatlarni toping? 1.rangsiz 2.yashil 3.qizg’ish. 4.zarg’aldoq. 5.fotosintez jarayonini amalga oshiradi.6.sariq rangli plastida.7.gullarga rang beradi.8.mevalarga rang beradi. 9.zaxira modda saqlaydi.10.xlorofill pigmentiga ega. A) 1,9 B) 1,2,9 C) 2,3,4,7,9 D) 2,3,4,5,6,7,8,10 25.Leykoplastlarga xos bo’lmagan xususiyatni toping? 1.rangsiz. 2.yashil. 3.qizg’ish. 4.zarg’aldoq. 5.fotosintez jarayonini amalga oshiradi. 6.sariq rangli plastida.7.gullarga rang beradi.8.mevaga rang beradi. 9.zaxira modda saqlaydi. 10.xlorofill pigmentiga ega. A) 1,9 B) 1,2,9 C) 2,3,4,7,9 D) 2,3,4,5,6,7,8,10 26.O’simlik hujayrasining xromoplastlariga xos bo’lgan xususiyatlarni toping? 1.rangsiz. 2.yashil. 3.qizg’ish.4.zarg’aldoq. 5.fotosintez jarayonini amalga oshiradi. 6.sariq rangli plastida. 7.gullarga rang beradi. 8.mevalarga rang beradi. 9.zaxira modda saqlaydi. 10.xlorofill pigmentiga ega. A) 1,9 B) 3,4,6,7,8 C) 2.3.4.7.9 D) 1,2,5,9,10 27.O’simlik xromoplastlariga xos bo’lmagan xususiyatni toping? 1.rangsiz. 2.yashil. 3.qizg’ish. 4.zarg’aldoq. 5.fotosintez jarayonini amalga oshiradi.6.sariq rangli plastida 7.gullarga rang beradi. 8.mevalarga rang beradi. 9.zaxira modda saqlaydi. 10.xlorofill pigmentiga ega. A) 1,9 B) 3,4,6,7,8 C) 2,3,4,7,9 D) 1,2,5,9,10 28.O’simlik hujayrasida uchraydigan xloroplastlarga xos bo’lgan xususiyatni toping 1.rangsiz.2.yashil.3.qizg’ish.4.zarg’aldoq.5.fotosintez jarayonini amlga oshiradi.6.sariq rangli plastida. 7.gullarga rang beradi. 8.mevalarga rang beradi. 9.zaxira modda saqlaydi.10.xlorofill pigmentiga ega. A) 1,9 B) 3,4,6,7,8 C) 2,5,10 D) 2,3,4,7,9 29.O’simlik hujayrasida uchraydigan xloroplastlariga xos bo’lmagan xususiyatni toping? 1.rangsiz.2.yashil.3.qizg’ish.4.zarg’aldoq.5.fotosintez jarayonini amalga oshiradi.6.sariq rangli plastida.7.gullarga rang beradi. 8.mevalarga rang beradi. 9.zaxira modda saqlaydi.10.xlorofill pigmentiga ega. A) 1,3,4,6,7,8,9 B)2,3,4,7,9 C) 2,5,10 D) 1,2,5,9,10 30.O’simlik hujayrasidagi leykoplastlarga(a),xromoplastlarga(b),xloroplastlarga(c) xos bo’lgan belgilarni aniqlang? 1.rangsiz.2.yashil.3.qizg’ish.4.zarg’aldoq.5.fotosintez jarayonini amalga oshiradi.6.sariq rangli plastida.7.gullarga rang beradi 8.mevalarga rang bberadi.9.zaxira modda saqlaydi. 10.xlorofill pigmentiga ega. A) a-1,9 b-3,4,6,7,8 c-2,5,10 B) a-1,9 b-2,4,6,7,8 c-3,5,10 C) a-1,9 b-3,4,6,7,8 c-2,5,8 D) a-1,9 b-2,4,6,7,8 c-2,5,8 31.Qaysi organoid turli shaklda bo’ladi? A) plastida B) lizosoma C)vakuola D) mag’iz 32.Meva ta’mining achchiq,shirin yoki nordon bo’lishi nimzga bog’liq? A) hujayra shirasi B) mag’iz C) sitoplazma D)hujayradagi suvning miqdori 33.To’qima deb nimaga aytiladi? A) tuzilishi bir-biridan farq qilgan,lekin bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig’indisi B) tuzilishi bir-biridan farq qilgan,turli vazifani bajaruvchi hujayralar yig’indisi C) tuzilishi o’xshash bo’lgan,lekin bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig’indisi D) tuzilishi o’xshash bo’lgan,lekin har xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig’indisi 34.Piyoz hujayralari qaysi jihati bilan boshqa o’simlik hujayralaridan farq qiladi? A) hujayralari shaklining cho’ziqligi,tarqoq joylashganligi,xloroplastlarga boyligi B) hujayralari shaklining cho’ziqligi,zichroq joylashganligi,leykoplastlarga boyligi C) Hujayralari shaklining cho’ziqligi,tarqoq joylashganligi,plastidalarining rangsizligi D) hujayralar shaklining yumaloqligi,zich joylashganligi,plastidalarining rangsizligi 35.Chigit yuzasidagi tola-tuk nechta hujayradan iborat va uning uzunligi? A) 1ta;2-3sm B) 1ta;3-4sm C) 2ta;3-4sm D) bir nechta ;3-4sm 36.Hujayralar qaysi xususiyatiga qarab xilma-xil tuzilgan bo’ladi? A) ichki tuzulishi B)bajaradigan vazifasi C) shakli D) B va C t.j 37.Tirik hujayra ichidagi harakatni qaysi o’simlikda kuzatish mumkin-.. A) piyoz B) elodeya C) pomidor D) chigit tolasi 38.Nima uchun elodeyadan tayyorlangan preparat mikroskopdagi suv tomchisida tabiiy sharoitda o’sgandek tirik bo’ladi? A) suvda o’sganligi uchun B)barglari bir qavat hujayradan tuzilganligi uchun C) suvo’t juda kichkina bo’lganligi uchun D) hujayrasining ko’p qismini suv tashkil qilganligi uchun 39.Sitoplazma qanday harakatlanadi? A) uzluksiz,ya’ni hujayralar qobig’idagi teshikchalar orqali,oziq modda va kislorod tomon harakatlanadi B) uzlukli,bir yo’nalishda-ya’ni hujayraning turli qismidagi oziq modda va kislorod yo’nalishi tomon C) uzluksiz,turli yo’nalishda-ya’ni hujayraning turli qismidagi organic modda va kislorod yo’nalishi tromon D) uzluksiz,turli yo’nalishda –ya’ni hujayraning turli qismidagi oziq modda va kislorod yo’nalshi tomon 40.Sitoplazmaning harakati davomida bir hujayradagi oziq moddalar va kislorod ikkinchi hujayraga qanday o’tadi? A) hujayralararo modda B) hujayra qobig’idagi teshik C) sitoplazma D) yadro 41.Bir hujayradagi oziq moddaning ikkinchi hujayraga o’tishini kuzatish tajribasida nima hujayra qobig’I vazifasini o’taydi? A) piyoz qobig’I B) elodeya bargi po’sti C)mayda ko’rinmas teshikchali sellofan D) xamirning tashqi yuzasi 42.O’simlikning har bir tirik hujayrasi yashash uchun nafas oladi va oziqlanadi.Bu jarayon qanday sharoitda yoki holatda amalga oshadi? A) har qanday sharoitda B) faqat quyosh nurida C) quyosh nuri ta’sirida,suv va unda erigan turli moddalar hamda kislorod bo’lgan holatda D) namlik va harorat yetarli bo’lgan holatda 43.Qanday belgi orqali yosh va qari hujayralarni ajratish mumkin? A) Hujayra qobig’ining qalin yoki yupqaligiga qarab B) Sitoplazma va vakuolaning nisbatiga qarab C) sitoplazma va mag’izning nisbatiga qarab D) A va B t.j 44.Vaqt o’ti’shi bilan qari hujayralarda qaysi organoidlar yo’qoladi va ularning o’rnini nima egallaydi bu o’z navbatida qari hujayraning nobud bo’lishiga olib keladi? A) mag’iz yo’qolib o’rnini sitoplazma egallaydi B) mag’iz va sitoplazma yo’qolib uning o’rnini vakuol egallaydi C) mag’iz yo’qolib o’rnini suv yoki havo egallaydi D) mag’iz va sitoplazma yo’qolib uning o’rnini suv yoki havo egallaydi 45.Hujayradagi bo’linish jarayonining ketma-ketligini to’g’ri belgilang? 1.mag’iz yiriklashadi 2.mag’iz ikkiga ajraladi 3.bo’lingan yadro bo’laklari parda bilan qoplanadi 4.sitoplazma to’siq paydo bo’ladi 5.ona hujayradan 2ta yosh hujayra paydo bo’ladi A) 2,3,4,1,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,4,3,5 D) 1,2,4,5,3 46.Ona hujayradan 2ta yangi yosh hujayralarning hosil bo’lishida plastidalarning ikki hujayraga taqsimlanish jarayonini to’g’ri belgilang? A) hosil bo’lgan hujayralarning faqat bittasida plastida bo’ladi ikkinchisida esa keyinchalik paydo bo’ladi B) plastidalar teng ikkiga ajralib yosh hujayralarga o’tadi C) xloro va xromoplastlar noteng taqsimlanib faqat leykoplastlar teng ikkiga bo’linib yosh hujayralarga o’tadi D) plastidalar bo’linish jarayonida parchalanib ketadi,bo’linish tugagach har bir yosh hujayralarda yana paydo bo’ladi 47.To’qima tushunchasi kim tomondan qachon fanga kiritilgan? A) ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1831-yil B) ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1632-yil C) ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1681-yil D) ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1682-yil 48.To’qima deb nimaga aytiladi? A) tuzilishi va ixtisoslashishi har xil hujayralar yig’indisi B) Tuzilishi va vazifasi o’xshash bo’lgan hujayralar yig’indisi C) Kelib chiqishi bir xil va vazifasi har xil hujayralar yig’indisi D) O;sinliklarning bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi qismiga aytiladi 49.To’qima qaysi xususiyatlariga ko’ra xilma-xil bo’ladi? A) joylashishi va bajaradgan vazifasiga ko’ra B) shakli va tuzulishiga ko’ra C) holati va rangiga ko’ra,hujayrasi har xil bo’ladi D) muayyan vazifani bajarishiga ko’ra 50.Qator belgi xususiyatlariga ko’ra to’qimalar necha xil bo’ladi? A) hosil qiluvchi,qoplovchi,asosiy,mexanik,o’tkazuvchi,ajratuvchi B) hosil qiluvchi,qoplovchi,jamg’aruvchi,mexanik,sklerenxima C) qoplovchi,asosiy jamg’aruvchi,floema,kselema,mexanik,hosil qiluvchi D) ajratuvchi,mexanik,o’tkazuvchi,qoplovchi,asosiy,kselema to’qimalari 51.Hosil qiluvchi to’qima hujayralariga xos xususiyatlarni toping? 1)yirik yadroli2)o’lik hujayralar 3)qalin qobiqli 4)cho’ziq 5) yupqa nozik po’stli 6)quyuq sitoplazma 7)tirik hujayra 8)bo’linish xususiyatiga ega 9)xloroplastlarga ega 10)yadrosiz 11)hujayralar avval o’sadi 12)shaffof hujayra 13) shaklga ega 14)mum bilan qoplangan 15)yumaloq hujayralar 16)hujayralar bir qavat bo’lib joylashgan 17) hujayrasi uzun ingichka bo’ladi A) 1,5,7,8,11,13 B) 13,16,8 C) 8,7,9,10,11,3 D) 4,2,1,6,15,18 52.O’simlikning kollenxima qavatidagi hujayralarga xos xususiyatlarni ko’rsating? 1)yirik yadroli 2)o’lik hujayralar 3)qalin qobiqli 4)cho’ziq 5)yupqa nozik po’stli 6)quyuq sitoplazma 7)tirik hujayra 8)bo’linish xususiyatiga ega 9)xloroplastlarga ega 10)yadrosiz 11)hujayralar avval o’sadi 12)shaffof hujayra 13) shaklga ega 14)mum bilan qoplangan 15)yumaloq hujayralar 16)hujayralar bir qavat bo’lib joylashgan 17)hujayrasi uzun ingichka bo’ladi A) 17,12,11 B) 3,4,7,9 C) 13,3,4 D) 8,9,10,17 53.O’simlikning sklerenxima hujayralariga xususiyatlarni juftlang? 1)yirik yadroli 2)o’lik hujayralar 3)qalin qobiqli 4)cho’ziq 5)yupqa nozik po’stli 6)quyuq sitoplazma 7)tirik hujayra 8)bo’linish xususiyatiga ega 9)xloroplastlarga ega 10)yadrosiz 11)hujayralar avval o’sadi 12)shaffof hujayra 13)shaklga ega 14) mum bilan qoplangan 15)yumaloq hujayralar 16)hujayralar bir qavat bo’lib joylashgan 17)hujayrasi uzun ingichka bo’ladi A) 2,3,15,16 B) 15,3,2 C) 2,3,15,17 D) 2,3,14 54.O’simlikning epidermis qavatidagi hujayrasiga xos bo’lgan xususiyatlarni toping? 1)yirik yadroli 2)o’lik hujayralar 3)qalin qobiqli 4)cho’ziq 5)yupqa nozik po’stli 6)quyuq sitoplazma 7)tirik hujayra 8)bo’linish xususiyatiga ega 9)xloroplastlarga ega 10)yadrosiz 11)hujayralar avval o’sadi 12)shaffof hujayra 13)shaklga ega 14)mum bilan qoplangan 15)yumaloq hujayralar 16) hujayralar bir qavat bo’lib joylashgan 17) hujayrasi uzun ingichka bo’ladi A) 7,8,9,15 B) 7,8,9,17 C) 9,12,14,16 D) 10,14,16,17 55.Yupqa,nozik po’stli,trik hujayrali,tez-tez bo’linish xususiyatiga ega ,ma’lum vazifani bajaradigan to’qimalarni hosil qiladigan to’qimani ko’rsating? A) hosil qiluvchi B)epiderma C) asosiy to’qima D) mexanik to’qima 56.Uchki hosil qiluvchi to’qima qayerda joylashgan? A)novda va ildizning uchki qismida B)poya va ildizning ichki qismida halqa shaklida C) O’simlikning yon kurtak va qo’shimcha ildizning so’ruvchi qismida joylashgan D) O’simlik ildizining floemasida joylashgan 57.Yon hosil qiluvchi to’qimaga xos ta’rifni ko’rsating? A) novda va ildizning uchki qismida B) poya va ildizning ichki qismida halqa shaklda C) o’simlikning yon kurtak va qo’shimcha ildizning so’ruvchi qismida D) o’simlik ildizining floemasida 58.Kselema qavatida nimalar joylashgan? 1.o’tkazuvchi naylar 2.yo’ldosh hujayralar 3.lub tolalari 4.yog’ochlik parenximasi. 5.yog’ochlik tolal;ari.6.elaksimon naylar. 7.xloroplastlar ega. 8.loviyasimon hujayralarning borligi.9.tukchalar. 10.og’izchalar. 11.lub parenximasi. A) 1,2,5 B) 1,2,5,10 C) 1,5,11 D) 7,8,11 59.Floema qavatida nimalar joylashgan? 1)o’tkazuvchi naylar 2)yo’ldosh hujayralar 3)lub tolalari 4)yog’ochlik parenximasi 5)yog’ochlik tolalari 6)elaksimon naylar 7)xloroplastlar borligi 8)loviyasimon hujayralarning borligi 9)tukchalar 10) og’izchalar 11)lub parenximasi A) 1,2,5 B) 3,4,6,11 C) 9,10,11 D) 2,5,7 60.Epidermes qavatida qanday hujayralar mavjud? 1) o’tkazuvchi naylar 2)yo’ldosh hujayralar 3)lub tolalari 4)yog’ochlik parenximasi 5)yog’ochlik tolalari 6)elaksimon naylar 7)xloroplastlarga ega 8)loviyasimon hujayralarning borligi 9) tukchalar 10) og’izchalar 11)lub parenximasi A)1,2,5 B) 3,4,6,11 C) 7,8,9,10 D) 7,9,10 Download 22.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling