Amaliyotchi psixolog: SH. Urmonjonov
Andijon Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti Pedagogika-psixologi 3-bosqich 303-guruh talabasi Ergasheva Xayitxon tomonidan Аndijon viloyati Paxtaobod tumani 13-umumiy o'rta ta'lim
maktabi 11-”B”sinfiga
SINF JAMOASIGA TAVSIFNOMA
11 – “B” sinfda 30 nafar o’quvchi bo’lib, shulardan 13 nafarini qiz bolalar 17 nafarini esa o’g’il bolalar tashkil etadi. Sinf o’quvchilarining barchasi tetik va sog’lom, uy sharoitida o’qiydigani yo’q. O’quvchilar bir-birlari bilan ahil va inoq. Tartib intizomlari yaxshi. Sinfda a’lo baholarga o’qiydigan o’quvchilar ko’pchilikni tashkil etadi. Sinfimizda bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilar ham bor, ular bilan ishlashda sinf faollari yaqindan yordam beradi. O’quvchilarning kimyo faniga qiziqishini rivojlantirish uchun sinfda “Yosh biologlar “ to’garagi tashkil etilgan. Barcha o’quvchilar to’garakka a’zo bo’lgan. Haftaning har chorshanba kuni 15:00 da to’garak o’tiladi.
Sinf rahbari Isroilova Sevara opaning biologiya fanidan “Yosh biologlar” nomli to’garagi tashkil qilingan. Biologiya fanidan oqsillar va nuklein kislotalar, aminokislotalar haqida chuqur bilim uyg’otish uchun haftada ikki marta bu to’garak o’tiladi.
O’quvchilar maktabdan tashqari turli to’garaklarga a’zo bo’lgan.
Bu to’garaklar o’quvchilarni har tomonlama yetuk bo’lib o’sishiga yordam beradi, bulardan o’g’il bolalar (qo’l jangi, karate), qizlar esa (yengil atletika) to’garaklariga qatnashishadilar.
O’quvchilarning tartib – intizomi, o’zlashtirishlari, toza – ozodaligi o’qituvchilar tomonidan nazorat qilib boriladi va tartibsizlarga o’qituvchilar tomonidan chora ko’riladi. Men ishonamanki, 11-“B” sinf o’quvchilari maktab ma’muriyati ishonchini oqlaydi.
Maktab direktori: S. Ergasheva
Amaliyotchi psixolog: X. Ergasheva
Sinf rahbari: S. Isroilova
Andijon Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti Pedagogika-psixologi 3-bosqich 303-guruh talabasi Ergasheva Xayitxon tomonidan Аndijon viloyati Paxtaobod tumani 13-umumiy o'rta ta'lim
Do'stlaringiz bilan baham: |