Sinf jamoasiga tavsifnoma
Download 36.98 Kb.
|
Sinf janoasiga tavsifnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab direktori: Xojiqulov O Amaliyotchi psixolog: Isroilov A Sinf rahbari: Vaxobova M
Andijon Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti Pedagogika-psixologi 3-bosqich 303-guruh talabasi Isroilov Akromjon tomonidan Аndijon viloyati Izboskan tumani 19-umumiy o'rta ta'lim maktabi 3-”D”sinfiga SINF JAMOASIGA TAVSIFNOMA Maktab bo'yicha juda ham ko'p sinflarning bilim saviyalari qoniqarli ekan men bularni ichida avvalo 3-"D" sinfga to'xtaldim. Bu sinf o'zlarining bilim saviyasi xulq-atvori maktabdagi turli mashg’ulotlarda va jamoat ishlarida faolligi bilan boshqa sinflardan ajralib turadi. Ushbu sinfda o'quvchilar soni 30 tani; shulardan 13 tasi o'g'il va 17 tasi qiz bolalarni tashkil qiladi. Bu sinf a'zolari ko'p bo'lganligi tufayli ikkita guruhga bo'linadi o'quvchilarga boshqa ustoz o'tdi. Yangi so'zlarni yod oldirib va ularni so'radim. Bu jarayon davomida o'quvchilarning barchasi faol ishtirok etishdi. Men bu sinfga avvalambor o'qituvchiga bergan savollarga to'g'ri va aniq javobda ko'maklashdim. Darslar birgalikda faol qatnashmagan o'quvchilar ham bo'lishdi, ammo ular bilan alohida qo'shimchalar tashkil qilib, mavzularni va grammatik tartibga solishni tushuntirishga harakat qildim. Shu tufayli men bu sinfning o'quv quvvatlariga yordam berishga undadim va ular ham bunga bor shijoati bilan harakat qilishdi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, menga mana shu 3-"D" sinf o'quvchlarining bilimi, o'zlashtirishi, shijoati va bilimga chanqoqligi juda ham yoqdi. O'ylaymanki sinfning barcha o'quvchilari bu o'zlari qiziqqan fanlari bo'yicha oliy o'quv yurtlariga kirib o'z sohalarining yetuk mutaxassislari bo'lib yetishishadi. Maktab direktori: Xojiqulov O Amaliyotchi psixolog: Isroilov A Sinf rahbari: Vaxobova M Andijon Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti Pedagogika-psixologi 3-bosqich 303-guruh talabasi Isroilov Akromjon tomonidan Аndijon viloyati Izboskan tumani 19-umumiy o'rta ta'lim maktabi 10-”B”sinfiga SINF JAMOASIGA TAVSIFNOMA 10 – “B” sinfda 30 nafar o’quvchi bo’lib, shulardan 15 nafarini qiz bolalar 15 nafarini esa o’g’il bolalar tashkil etadi. Sinf o’quvchilarining barchasi tetik va sog’lom, uy sharoitida o’qiydigani yo’q. O’quvchilar bir-birlari bilan ahil va inoq. Tartib intizomlari yaxshi. Sinfda a’lo baholarga o’qiydigan o’quvchilar ko’pchilikni tashkil etadi. Sinfimizda bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilar ham bor, ular bilan ishlashda sinf faollari yaqindan yordam beradi. O’quvchilarning kimyo faniga qiziqishini rivojlantirish uchun sinfda “Yosh biologlar “ to’garagi tashkil etilgan. Barcha o’quvchilar to’garakka a’zo bo’lgan. Haftaning har chorshanba kuni 14:00 da to’garak o’tiladi. Sinf rahbari Aliqulova Rohat opaning biologiya fanidan “Yosh biologlar” nomli to’garagi tashkil qilingan. Biologiya fanidan oqsillar va nuklein kislotalar, aminokislotalar haqida chuqur bilim uyg’otish uchun haftada ikki marta bu to’garak o’tiladi. O’quvchilar maktabdan tashqari turli to’garaklarga a’zo bo’lgan. Bu to’garaklar o’quvchilarni har tomonlama yetuk bo’lib o’sishiga yordam beradi, bulardan o’g’il bolalar (qo’l jangi, karate), qizlar esa (yengil atletika) to’garaklariga qatnashishadilar. O’quvchilarning tartib – intizomi, o’zlashtirishlari, toza – ozodaligi o’qituvchilar tomonidan nazorat qilib boriladi va tartibsizlarga o’qituvchilar tomonidan chora ko’riladi. Men ishonamanki, 10-“B” sinf o’quvchilari maktab ma’muriyati ishonchini oqlaydi. Download 36.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling