Sinf: mavzu: umurtqasizlarning qon aylanish sistemasi dars maqsadi


Kislorodga to‘yingan qon arterial qon, karbonat angidridga to‘yingan qon venoz qon


Download 2.17 Mb.
bet3/4
Sana18.10.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1708410
1   2   3   4
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLARNING QON AYLANISH SIZTEMASI

Kislorodga to‘yingan qon arterial qon, karbonat angidridga to‘yingan qon venoz qon deyiladi. Umurtqasiz hayvonlarda qon aylanish sistemasi dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo‘lgan. Halqali chuvalchanglarda ikkita yirik: orqa
va qorin qontomiri mavjud


Halqum atrofida bir nechta halqasimon qontomirlar muskul bilan ta’minlangan. Muskullarning qisqarishi hisobiga halqasimon tomirlar “yurak” vazifasini bajaradi, ya’ni qonning tomirlar bo‘ylab harakatlanishini ta’minlaydi. Qon orqa qon- tomir orqali tananing oldingi tomoniga, qorin qontomiri bo‘ylab tananing keyingi tomoniga
oqadi. Halqali chuvalchanglarda qon qizil rangda. Qon aylanish sistemasi yopiq.

Mollyuskalardan chuchuk suv shillig‘ida qon aylanish sistemasida ikki kamerali yurak paydo bo‘lgan. Yurak ikki qism: qorincha va bo‘lmachadan iborat (7.10-rasm). Qon aylanish doirasi qorinchalardan boshlanadi. Qorincha qisqarganda arterial qon arteriya qontomirlariga chiqariladi va to‘qimalarga yetkaziladi. To‘qimalardagi moddalar almashinuvi qoldiqlari va karbonat angidrid bilan to‘yingan venoz qon vena tomirlariga yig‘ilib, o‘pkaga boradi. O‘pkada gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Bunda qondagi karbonat angidrid o‘pkaga, o‘pkadagi kislorod qonga o‘tadi. Arterial qon o‘pkadan chiqib, bo‘lmachaga quyiladi.


O‘pkadagi gazlar almashinuvi, ya’ni transporti qanday amalga oshadi?
Mollyuskalarda qon rangsiz yoki havorang bo‘ladi. Ochiq qon aylanish doirasiga ega.

Daryo qisqichbaqasining qon aylanish sistemasi. orqa qontomir halqasimon tomirlar qorin qontomiri yurak bo‘lmachasi yurak qorinchasi arteriya
Qisqichbaqasimonlarning bosh-ko‘krak qismida yumaloq oqish yurak joylashgan. Yurakda uch juft teshik mavjud. Yurak qisqarganda qon arteriya qontomiri orqali harakatlanib, to‘qimalarga yetkaziladi. Qondagi oziq moddalar va kislorod hujayralarga o‘tadi. Aksincha, hujayralardagi moddalar almashinuvi qoldiqlari, jumladan, karbonat angidrid qonga o‘tadi. Hosil bo‘lgan venoz qon qontomirlarga yig‘ilib, jabralarga yetkaziladi. Jabralarda gaz almashinuvi natijasida venoz qon arterial qonga aylanadi. Yurak bo‘shashganda arterial qon uch juft teshik orqali yurakka quyiladi. Qisqichbaqasimonlarning qoni rangsiz, qon aylanish sistemasi ochiq.



O‘rgimchaksimonlarning qon aylanish sistemasi qisqichbaqasimonlarnikiga o‘xshaydi, faqat yurak tananing qorin qismida joylashganligi bilan farqlanadi .

Hasharotlarning qon aylanish sistemasi ochiq.Ularning ko‘p kamerali naysimon yuragi qorin qismining orqa tomonida joylashgan. Yurak qisqarganda qon kalta arteriya orqali bosh tomonga harakatlanadi. Qon tomirdan chiqib, to‘qima suyuqligi bilan aralashadi. To‘qimalarda moddalar almashinuvi sodir bo‘ladi. Yurak bo‘shashganda yurakning ikki yonidagi teshikchalardan qon yurakka quyiladi. Hasharotlarning qoni gazlar transportida ishtirok etmaydi.




Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling