Sana 28.10.2022y Tasdiqlayman:
O’.I.B.D.O: S.Tòxtasinova
Fan o’qituvchisi: M.Tojaliyeva
Fan:Biologiya
Sinf:7
Mavzu: 7.4 UMURTQASIZLARNING QON AYLANISH SISTEMASI
Dars maqsadi:
a)ta’limiy:o’quvchilarga umurtqaasiz hayvonlarning qon aylanish sistemasi haqida ma’lumot berish;
b)tarbiyaviy: o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, gigiyenik, ekologik, iqtisodiy tarbiya berish;
c)rivojlantiruvchi: o’quvchilarning hayvonot olamiga bo’lgan qiziqishni oshirish, darslik ustida mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Dars turi:yangi bilim va tushunchalarni shakllantirish
Dars metodi: noan’anaviy (Aks test tuzish, domino, rasmlar bilan ishlash).
Dars jihozi: darslik, kompyuter, proyektor, didaktik tarqatmalar, rangli rasmlar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:
a) salomlashish;
b) navbatchi axboroti ;
O’qituvchi: Fevral oyida yurtimizda qanday bayramni nishonladik?
O’quvchilar: 9- fevral g’azal mulkining sultoni A.Navoiy ,14-fevral kuni shox va shoir Z.M. Bobur ning tavallud ayyomini nishonladik
c) Fanga doir yangiliklarni tinglash.
d) o’quvchilarni yigitlar va qizlar jamoasiga birlashtirish.Jamoa sardorlariga rebus beriladi va shu rebus javobi orqali jamoa nomi aniqlanadi. 1. “Iqtidor”;2. “Iste’dod”.
O’qituvchi: Dunyoda shunday boylik borki, o’tda yonmaydi, suvda cho’kmaydi, uni yo’qotib qo’yish ham mumkin emas. U doim bizga hamroh bo’ladi. Bu qanday boylik? Bu – bilim. O’ylaymanki o’tgan darslar davomida shunday boylikka ega bo’lib boryapsiz. Bugungi darsimizda u sizga asqotsa ajab emas.
Bugungi darsimizga she’riyat sultoni Alisher Navoiyning ushbu satrlarini shior qilib olamiz:(1-slayd)
Har ishki qilmish odamizod,
Tafakkur birla bilmish odamizod.
Shoir bu satrlari orqali inson o’z bilimi bilan tafakkur qilib, ya’ni fikrlab muammo va jumboqlarni yecha olishini ifodalagan. Siz ham bugun barcha savol va topshiriqlarga bilimingizni ishga solib, fikrlab javob berasiz degan umiddaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |