To`g`ri javob: A (11-sinf ona tili 2-qism 37 -bet)
41. Qaysi gapda biz olmoshi kamtarlik ma’nosida qo‘llangan?
A) Biz baxtli bo‘lamiz, xudo xohlasa.
Xudo xohlamasa, uchrasharmidik. (M. Yusuf)
B. Mehnatsiz bir nafas yo‘q, biz ilhomga shaydoyi. (Mirtemir)
C) Tavba, bundoq o‘ylab qarasam, bizning uydagilarning hammasi qaribdi. (S.
Ahmad)
D) Biz shunaqa odammiz, „hayot“ni bilamiz-u, „mamot“ni bilmaymiz,
tushundingmi, ziqna? (T. Malik)
To`g`ri javob: B (11-sinf ona tili 2-qism 41-bet)
42. Berilgan gaplarning qaysi birida Uyda hech kim yo‘q, bular ham ishga ketganlar gapidagi bular olmoshi o‘rnida uning „qattiq“ ifodasi qo‘llangan?
A) Uyda hech kim yo‘q, turmush o‘rtog‘im ham ishga ketgan.
B) Uyda hech kim yo‘q, erim ham ishga ketgan.
C) Uyda hech kim yo‘q, adasi ham ishga ketganlar.
D) Uyda hech kim yo‘q, jufti halolim ham ishga ketganlar.
To`g`ri javob: B (11-sinf ona tili 2-qism 41 -bet)
43. .Barcha kommunikativ sifatlarning poydevori vazifasini nima bajaradi?
A)nutqning aniqligi
B)nutqning mantiqiyligi
C)nutqning to‘g‘riligi
D)nutqning sofligi
To`g`ri javob: C (11-sinf ona tili 1-qism 16 -bet)
44. Gapda ajratib ko‘rsatilgan tasviriy ifodalar qaysi so‘zlarga to‘g‘ri keladi?
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda tinchlikni saqlash, tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalariga eng ko‘p xayriya mablag‘i futbol qiroli va „temir musht“ egasi tomonidan amalga oshirilgan ekan. (Gazetadan)
A. Messi, Muhammad Ali.
B. Maradona, Klichko.
C. Pele, Tayson.
D. Ronaldo, Pakyao
To`g`ri javob: C (11-sinf ona tili 2-qism 57-bet)
45. ”O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati” kitobining muallifi kim?
A)Azim Hojiyev
B)Nizomiddin Mahmudov
C)Alibek Rustamov
D)Shavkat Rahmatullayev
To`g`ri javob: D (11-sinf ona tili 1-qism 22 -bet)
Do'stlaringiz bilan baham: |