Sinf o'qish darsligidagi ko'z mavzusiga oid matnlarni linvopoetik tahlil namunasi reja: sinf o'qish darsligidagi ko'z mavzusi 2


Download 63.96 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi63.96 Kb.
#1567172
  1   2   3   4
Bog'liq
3 SINF O\'QISH DARSLIGIDAGI KO\'Z MAVZUSIGA OID MATNLARNI LINVOPOETIK TAHLIL NAMUNASI


3 SINF O'QISH DARSLIGIDAGI KO'Z MAVZUSIGA OID MATNLARNI LINVOPOETIK TAHLIL NAMUNASI
Reja:


1. 3 sinf o'qish darsligidagi ko'z mavzusi
2. Muallif va qahramon nutqining individualligini tadqiq etish
3. Matnlarni linvopoetik tahlil namunasi

Badiiy asar tili”ning uziga xos xususiyatlarini ilmiy asosda urganish


Adabiy - badiiy asar yaratish uchun faqatgina so‘zdan foydalaniladi. Buning uchun birgina so‘z zarur, xolos. Adabiy - badiiy asar yaratiga uchun o‘ndan bo‘lak boshqa biror bir xom ashyoga ehtiyoj, zarurat bo‘lmaydi. So‘z adabiy-badiiy asarning birinchi va yagona unsuri hisoblanadi. Yozuvchi, shoir asar yozish - hayotning muayyan parchasini badiiy gavdalantirish uchun birgina vosita - so‘zdan foydalanadi. So‘z uning uchun asar mazmunini ro‘yobga chiqaruvchi birdan bir tayanch sanaladi. Chunki uning yorhamida asarning barcha unsurlari: qahramonlar obrazi, ular yatagan manzil-makon ko‘rinishlari va hokazolar gavdalantiriladi. Asarning sujet, kompozitsiyasi, o‘ndan bo‘lak boshqa unsurlari ham aynan so‘zning vositasida yaratiladi. Shunung uchun qadim Harq shoirlari asarlari asosiy mavzusi bayonini boshlanmasdan avval so‘z harafiga maxsus kism bag‘ishlaganlar.
Badiiy asar tili adabiy til me’yorlariga tayanadigan, umumxalq tiliga asoslangan, hamma uchun tushunarli ifodalarni qamrab olgan, ijodkorlar tomonidan jilolangan tildir. U mana shu xususiyatlariga ko‘ra, g‘oyaviy va hissiy (emosional) ta’sir ko‘rsatishning eng samarali vositasidir. Ayni choqda, badiiy til kishilar o‘rtasida barcha uchun tushunarli bo‘lgan eng ommabop aloqa qurolidir. Yozuvchi, shoir badiiy asar yaratish - obraz va manzaralar chizish uchun so‘z va iboralar tanlaydi, ularning asl va ko‘chma ma’nolarini aniqlaydi, sinonim va antonimlarni topadi, umumxalq tilining gap ko‘rilishi usullaridan, arxaizm va jargonlardan foydalanadi. Shunyng uchun adabiyot hayotni so‘z orqali tasvirlash san’ati deyiladi.
Badiiy asar tili ilmiy asarlar tilidan tasviriylik, emosionallik, obrazlilik, aforizm kabi xususiyatlari bilan farq qiladi. Fizika, kimyo, matematika, texnika, iqtisodiyot kabi ilmiy sohalardagi asarlar tili umumlashgan, ixtisoslik yo‘nalishidagi tushunchalarni ifoda etsa, badiiy asarlar tili tabiat manzaralari va inson qalbidagi kechinma, holatlarni mavjud qarama-qarshiliklari bilan aks ettiradi. Bu badiiy asar tilining tasviriylik xususiyatidir.
Ilmiy asarlar tilidagi dalil, raqamlar ko‘proq kishilarning aql-tafakkuriga ta’sir ko‘rsatadi. SHe’r, roman, qissa tili esa ko‘proq ularning hissiyotiga, tuyg‘ulariga - qalbiga ta’sir qiladi.
Badiiy asar tilining qahramonlar kalb holatini ifodapash orkali kitobxonlar tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatish uning hissiyligi(emosionalligi)ni belgilaydi.
Badiiy asar, avvalo, inson qiyofasini gavdalantirishi bilan ta’sirchan ekanligi ma’lum. Ijodkor inson obrazini yaratish uchun tilning turli shakl, ko‘rinishlaridan foydalanadi. U shevaga xos so‘zlarni, kasb-korga oid atamaparni, kishi no‘tqaning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatuvchi iboralarni (masalan, «Mehrobdan chayon» ro­manida Solih maxdumning «habba» deyishi singari) qo‘llaydi.
Badiiy asar tili bilan adabiy til o‘rtasida muayyan tafovut mavjud. Ular aynan bir hodisa emas. Avvalo, badiiy asar tili adabiy tilga nisbatan keng hodisadir. Chunki o‘nda adabiy tilning o‘zi ham, sheva, kasb-hunar, jargonga oid so‘zlar ham, tasviriy ifodanar, turli iboralar ham mujassamlashgan bo‘ladi. Adabiy til esa me’yoriy gram­matika qoidalariga asoslangan, umumiy talaffuz qoidalariga ega bo‘lgan va shu asosda xalq jonli tilidagi har xilliklarni bir xillashtirib olgan til sanaladi. SHu boisdan uquv-ta’lim ishlari, rasmiy ish qog‘ozlari, ilm-fan, publitsistika, matbuot adabiy tilda olib boriladi. Adabiy til ham millat madaniyatining o‘ziga xos bir ko‘rinishidir.
Biroq badiiy asar tili ham, adabiy til ham umumxalq tiliga asoslanadi. Umumxalq tili har ikkalasining asosi sanaladi.
Badiiy asar tili muallif tili, personajlar tili, dialog, mo­nolog, arxaik so‘zlar, shevaga, kasb-hunarga oid so‘zlar, jargonlar, neologizmlar, antonim, sinonim, omonim, badiiy tasvir vositalari (metafora, istiora, metonimiya, sinekdoxa, allegoriya, jonlantirish, sifatlash, o‘xshatish, mubolag‘a, poetik sintaksis (intonatsiya, paral­lelizm, anafora, takrorlar, inversiya, antiteza, ritorik munosabat, ritorik so‘roq) kabilardan tarkib topgan bo‘ladi. Bu unsurlar badiiy asar tilining jozibali, ta’sirchan bo‘lishini ta’minlaydi.

109
Odatda, badiiy asar matnining asosiy qismi muallif tilidan tarkib topgan bo‘ladi. Chunki ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, yechimi kabi sujet qismlari, peyzaj, qahramonlarning ruhiy holatlari muallif so‘zi orqali gavdalantiriladi. Umuman, muallif o‘z asarining hikoyachisi, naqlchisi bo‘ladi. Ko‘pgina asarlarning muallif so‘zi bilan bopshanishi ham shundan dalolat beradi. Aslida ham asarning barcha qahramonlari muallif yorhami, aniqrogi, uning so‘zlari bilan harakat qiladi. Muallif doimo ular bilan birga bo‘ladi. Kitobxonga qahramonlarni ko‘rsatib turadi. Personajlarning o‘y-kechinmalari, yashirin-oshkora fikrlaridan xabardor qiladi. Ular turgan muhit manzarasini gavdalantiradi.
So’z jon bo’lib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor odam doim unga ehtiyoj sezadi... So’zi o’lgan odamning tanasiga pok ruh bag’ishlaydi. So’zdan tandagi tirik ruh halok bo’lishi mumkin.
Yaxshi so’z bilan o’lganni tiriltira olgani uchun Iso payg’ambar o’zini “Jonbaxsh” degan laqab bilan atadi... So’z tufayli Xalil o’zini o’tga tashladi; Jabroil ham so’z yukiga hammol bo’lgan. Tangri insonni sirlar xazinasi darajasiga ko’targan ekan, uni so’zlash qobiliyatiga ega bo’lgani uchun hayvonlardan ortiq qilib yaratdi”.
Koinotning o’zi ham “kof” va “nun”ning (arabcha “k” va “n” harfi qo’shilsa, “kunh” bo’ladi va u “yaratih”, “ijod qilh” degan ma’nolarni bildiradi) qo’shiluvidan, Ollohning so’zi bilan yaratilganini tasavvur etsak, so’zning barchadan buyukligini anglaymiz.
Ana shu buyuk ne’mat – so’z adabiyotning birinchi va bosh qurolidir, bo’lishi mumkin bo’lgan yangi olamlarning bo’y-bastini yaratuvchi, ijod qiluvchi bebaho mo’jizadir.
To’g’ri, badiiy asarning dunyoga keltiruvchi obraz va obrazlililik, xarakter va tip, mavzu va g’oya, syujet va kompozitsiya, tur va janr, ijodiy metod va uslubga o’xshash vositalari ko’p. Lekin eng qizig’i ham, eng murakkabi ham shundaki, bu vositalarning hammasi ham so’z vositasida yaratiladi, so’z tufayligina jozibaga, ta’sirdorlikka, yaratishga qodir bo’ladi, ya’ni so’z-la tiriladi. Shu tufayli so’z nodirlik, bebaholik, mo’jizadorlik xislatlarini bor-budicha o’zida mujassam etadi.
Xo’sh, so’zdan san’atkor qanday tarzda foydalanadi? So’z qachon obrazlilik kasb etadi? So’zning poetik maqsadi nima? Nima uchun so’z tanlanadi? Nega har bir so’zning o’z o’rni, o’z qudrati bor? Nega tili no’noq, nomukammal, sayoz asarlar komillikdan uzoq bo’ladilar? Badiiy tilning qanday xususiyatlari sirlarini bilish lozim?..
Filologiya ilmi har qanday milliy tilni uchga bo’lib o’rganadi:


  1. Download 63.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling