Sinf o'qish darsligidagi ko'z mavzusiga oid matnlarni linvopoetik tahlil namunasi reja: sinf o'qish darsligidagi ko'z mavzusi 2


Download 63.96 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi63.96 Kb.
#1567172
1   2   3   4
Bog'liq
3 SINF O\'QISH DARSLIGIDAGI KO\'Z MAVZUSIGA OID MATNLARNI LINVOPOETIK TAHLIL NAMUNASI

Jonli (umumxalq) til – muayyan millatning, mamlakatning odamlari o’rtasidagi jonli so’zlashuv nutqi, o’zaro aloqa, muomala – munosabat qurolidir. U grammatika qonunlariga, talaffuz qoidalariga, adabiy va badiiy til normalariga, talablariga bo’ysunmaydi. Jonli til – erkinlikni yoqtiradi: sheva ham, varvarizm ham, vulgarizm ham, jargonizm ham, neologizm ham... uning joni - tani bo’lib xizmat qilaveradi, uning chek-chegarasi bo’lmaydi.

  • Adabiy til – jonli (umumxalq) tilidan tug’ilgan, muayyan grammatika(grammatika) va talaffuz qoidalari (fonetika)ga, imlo talablariga qat’iy amal qiluvchi va turli shevalarda gapiruvchi (“to’qson ikki bovli o’zbek urug’i”) kishilarga tushunarli bo’lgan, matbuot, fan, adabiyot, radio, televidiniye, teatr tilidir.

    Adabiy til doimo, uzluksiz tarzda onasi (jonli til)dan va egizak ukasi (badiiy til) dan aloqada bo’ladi: jumladan, ulardan yangi so’z va iboralarni qabul qiladi va o’z navbatida jonli va badiiy tilning rivojiga, takomillashuviga yordam beradi.
    3. Badiiy (poetik) til – badiiy asarlar tili sanaladi. U “adabiy asarning mazmunini ro‘yobga chiqaruvchi birdan-bir vosita hisoblanadi. SHu sababli badiiy til kitobxonga g‘oyaviy va emosional ta’sir qilish vositasi bo‘lib xizmat kiladi. Negaki, yozuvchi badiiy til orqali obrazlar manzaralar yaratar ekan, ularning mohiyatini ochib ko‘rsatadigan so‘z va iboralar tanlaydi. Asl va ko’chma ma’noli so’zlar qo’llaydi, umumxalq tilining gap qurilish usullaridan, arxaizm va jargonlardan foydalanadi”. Shu xilda yozuvchi asar g’oyasiga muvofiq shakl tanlaydi. M. Gorkiy aytganiday, “Ish tafakkurni uyg’otadi, tafakkur ish tajribasini so’zga aylantiradi, undan g’oyalar, gipotezalar nazariyasini... xosil qiladi... Yozuvchining ishida asosiy material so’zdir”. So’z esa, barcha faktlar, barcha fikrlar libosidir. Ammo har bir fakt zaminida ijtimoiy ma’no bor, har bir ma’no zaminida esa bir yoki ikkinchi fikr nega bunday-u, nega unday emas, degan sabab bor... Klassiklar yuz yil davomida asta – sekin ishlangan ana shunday tilda yozganlar. haqiqiy adabiy til shudir” (M.Gorkiy) 1 N.SHukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O‘qituvchi”, 1979, 117-bet.
    Shunga asosan adabiyot – hayotni so’z orqali badiiy tasvirlash san’atidir.
    Badiiy til jonli (umumxalq) tilning farzandi bo‘lib, uning bosh vazifasi – badiiylik(obrazlilik)ni yaratishdir. SHu vazifadan kelib chiqib, jonli va adabiy nutqlarni barcha hodisalarini hissiy(estetik) tarzda umumlashtiradi.
    Badiiy tilning o’ziga xos asosiy xususiyatlarini ifoda etuvchi qonuniyatlar ham bir talay:
    1. Ularning eng birinchisi – obrazlilikdir. Bunga san’atkor tasvirlanayotgan voqea-hodisaning, narsa-predmetning, tug’yon-kechinmaning yaqqol qiyofasini, holatini kitobxon ko’z o’ngida jonli qilib gavdalantiradi. Oddiy kitobxon ham uni ko’radi, his etadi, tirikligiga shohidlikka o’tadi. Maxsus tasviriy vositalar, maxsus leksik boyliklar, so’z o’yinlari kabi unsurlar – obrazlilikni yaratishda bebaho vazifalarni o’taydilar.
    Bir kun.
    Yomg’irli tun.
    Qop-qora zulmat.
    Chuchvaradek qaynar
    Ko’chalarda suv.
    Baxmal kabi qora,
    Ko’rinmas osmon.
    Butun yorug’ jahon –
    Dardli bir qayg’u.
    Usmon Nosirning “Naxshon” dostonidan keltirilgan ushbu parchani o’qigan kitobxon ko’z o’ngida Naxshonning “bir kuni – dardli bir qayg’usi” yaqqol ko’z o’ngida jonlanadi: Och-nahor, boshpanasiz qolgan Naxshon muttasil savalab yog’ayotgan yomg’irli tunga duch keladi. “Tun qop-qora zulmat”, osmon ham baxmal kabi qora”ki – Naxshon tortayotgan azobni, uning huvillagan qalbini yorqin gavdalantiradi. Ayniqsa, “ko’chalarda suvning chuchvaradek qaynashi” - o’xshatishning go’zal namunasi, yomg’irning yog’ishi darajasi (savalab yog’ish)ni, uning holatini, manzarasini aniq ifodalaydiki, uni kitobxon ko’z oldiga ravshan keltiradi. Yomg’irning ham Naxshon dardiga dard qo’shayotganidan, uning qayg’usini yanadi ko’paytirayotganidan kitobxon ham azoblanadi.
    2. Badiiy asar tilining obrazliligi uning tasviriy va hissiy xususiyatini yuzaga chiqaradi. Badiiy asar tili xarakterlar va manzaralarni yaqqol gavdalantirish uchun, birinchi navbatda, ularning ichki dunyosini, mohiyatini butun qarama-qarshiliklari bilan aks ettiradi va shu akslangan hayot kitobxon his-tuyg’ularini uyg’otadi. Demak, hayot(inson) qalbining turfa xil holatlarini tasvirlash orqali kitobxon his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatish-tasviriylik va emosional xususiyatni keltirib chiqaradi. Buni to’liq anglash uchun, keling, “badiiy asar – umrni uzaytiruvchi mo’jiza” tushunchasini tahlil qilaylik.
    Bu tushunchaning juda oddiy isboti bor; faqat chuqurroq mulohaza darkor. Inson tanasini-ochlik(Navoiy bobomiz “Ochlik negizida hikmat bor, to’qlik tagida g’aflat bor” deb bekorga aytmaganlar) poklaganidek, inson qalbini - ko’z yoshi tozalaydi. Ko’z yoshi qalbning katarsissi (“tozalanish”i)dir. U yoki bu tarzda jarohatlangan, yaralangan qalbni-tozalovchi, davolovchi; u yoki bu tarzda xursanddchiligi “oshib, toshib” ketganda ham qalbni yorilib ketishidan saqlab, o’zligiga qaytaruvchi vosita – ko’z yoshidir.

    112
    Badiiy asar tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning o‘ziga xos qurilishidir. U oddiy so‘zlashuvdagi nutqdan gap tuzilishiga ko‘ra jiddiy farq qiladi. Badiiy asar tili ba’zi o‘rinlarda, hatto, grammatika qoidalariga ham mos kelmaydi. Ilmiy asarlar tilida esa grammatika qoidalariga to‘la rioy qilingan bo‘ladi. Badiiy asar tilida fikrning ta’sirchan bo‘lishi asosiy maqsad qilib qo‘yilsa, ilmiy asarlarda fikrning mantiqan ishonchli bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. SHe’riy, nasriy asarlarda fikrning hissiy ta’sirchan bo‘lishiga erishish uchun gap ko‘rilishining intonatsiya, parallelizm, takror, anafora, inversiya, antiteza, ritorik murojaat, ritorik so‘roq kabi ifoda usullari qo‘llaniladi.

    113
    She’riy san’atlarni tasniflash haqida A. Husayniyning “Badoyi’-us sanoyi’” asarida shunday deyiladi: “Nutq go‘zalliklari uch qism bila cheklanur ul jihatdinkim, har go‘zallik yo faqat lafz go‘zalligidur, yo faqat ma’no go‘zalligidur yoxud lafzu ma’no yig‘indisining go‘zalligidur”. Shu fikrga muvofiq mazkur risolada ham, adabiyotshunos T.Boboyevning “She’r ilmi ta’limi” risolasida ham she’riy san’atlar lafziy, ma’naviy va lafziyu ma’naviy san’atlarga bo‘lingan. Professor A.Hojiahmedovning “She’riy san’atlar va mumtoz qofiya” risolasida “Adabiyotshunosligimizda she’riy san’atlarni ma’naviy va lafziy san’atlarga ajratish an’ana bo‘lib kelgan” deyiladi va shunga muvofiq tasniflangan. Shu bilan birga qofiya bilan bog‘liq san’atlar ham alohida guruhlangan. Shayx Axmad Xudoydod Taroziyning “Funun ul balog‘a” asarida esa she’riy san’atlar hech qanday guruhlarga ajratilmasdan, tasnifsiz berilgan.
    Avvalo, lafziy san’atlar haqida. Ular Husayniyda “...lafziy go‘zalliklarning asosi uldurkim, alfozni ma’noga tobi’ qilgaylar...” yoki T.Boboyevda “Lafziy san’atlar she’riy nutqdagi so‘zning tovushi bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘proq shakl hodisasi sifatida ko‘rinadi ... she’riy nutqqa bezak-ziynat berishga xizmat qiladi...” yoki A.Hojiahmedovda “... lafziy san’atlar asarning til jihatdan jozibadorligini, ohangdorligini ta’minlashga yordam beradi...” tarzida ta’riflanadi.
    Ma’naviy san’atlar haqida “Badoyi’-us-sanoyi’”da “... faqat ma’no go‘zalligidur...” deyilgan bo‘lsa, “She’r ilmi ta’limi”da “... she’r ma’nosini oshirishga ta’sir ko‘rsatishi, she’rning ma’nosi, g‘oyasi bilan bog‘liq bo‘lgan san’atlar ...” ekanligini aytilgan. “She’riy san’atlar va mumtoz qofiya”da “Ma’naviy san’atlar asardagi g‘oyalarni yorqin ifodalash, lirik va epik timsollarni hayotiyroq gavdalantirish, ularning ma’naviy qiyofalari, his-tuyg‘ularini ta’sirchanroq aks ettirishga xizmat qiladigan...” san’atlar sifatida ta’riflangan. Ushbu ta’riflarga ko‘ra go‘yo ikkala guruh san’atlar bir-biridan aniq farqlanayotganga o‘xshaydi. Aslida esa, lafziy va ma’naviy san’atlar haqidagi bu fikrlarning hech biri mantiqan birini ikkinchisidan farqlab beruvchi qoida darajasida emas. She’riy san’atlarning qonun-qoidalariga, mohiyatiga diqqat qilinsa, mazmun va shakl orasiga xitoy devorini qo‘yib, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaganidek lafziy san’atlarni ham shakl hodisasi sifatida ma’nodan ayri holda san’at darajasida baholab bo‘lmaydi yoki aksincha, ma’naviy san’atlar ham avvalo shakl jihatdan namoyon bo‘ladi va ma’no bilan qorishik holda san’atni yuzaga keltiradi. Chunki “... badiiy shakl badiiy mazmunning biz qabul qilayotgan mavjudligi bo‘lsa, mazmun o‘sha shaklning ichki ma’nosi, mag‘zidir...” Bundan ko‘rinyaptiki, she’riy san’at shakl va mazmun birligidagina yuzaga chiqadi, faqat konkret holatda ulardan biri yetakchiroq mavqeda bo‘lishi mumkin.
    Berilgan ta’riflarga ko‘ra, tajnis “Ikki yoki andin ortiq lafzning nav’u turlari bayon etilgan ko‘rinishlardin birida bir-biriga o‘xshamog‘idin iboratdur ...” yoki “... shoir bayt ichinda ikki kalima keltirurkim, bir-biriga suratta muvofiq va ma’noda muholif bo‘lur...” yoki “... she’r baytida ma’no jihatidan har xil, ammo shakli bir xil yoki shaklan bir-biriga yaqin ikki so‘zni keltirib, ular vositasida muayyan fikr, lavha yoki timsolni ta’sirchan ifodalash san’atidir...” yoki “... shakli bir xil, ammo turli ma’nolarni anglatadigan omonim (ikki yoki uch) so‘zlarni muayyan poetik maqsadlarda qo‘llash usuli”. Ushbu ta’riflarni umumlashtirib qisqa va tushunarli shaklda tajnisni “shaklan bir so‘zning ikki yoki undan ortiq o‘rinda kelib, har o‘rinda har xil ma’no ifodalashi” deb ta’riflash mumkin. To‘g‘ri, bir lafzning shaklan aynan takrorlanishi ushbu san’atning yuzaga kelishida dastlabki asos bo‘lyapti va shu bois ham u lafziy san’at sifatida sanalgan. Biroq san’at qachonki o‘quvchining hissiyotlariga ta’sir qilib, uni xayratlantira olsagina, haqiqiy san’at hisoblanishi mumkin. Ta’kidlash joizki, tajnis san’atida o‘quvchini xayratlantirayotgan asosiy narsa baytdagi shunchaki takrorlanib ishlatilayotgan so‘zlarning shakligina emas, o‘sha takrorlanayotgan so‘zlarning ma’nosi hamdir. Quyidagi misollarga e’tibor bering:

    Download 63.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling