Sinf: O‘qituvchi


Download 1.73 Mb.
bet154/174
Sana26.01.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1125529
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   174
Bog'liq
9 sinf

2

Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish yugurish..

Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish

3

Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.

Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish

O‘tilgan mavzuni takrorlash

1

O‘tgan darsda o‘quvchilarga o’tilgan kurash mavzusi bo’yicha nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.

5 daqiqa



Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish

2

O‘tgan darsda o‘quvchilarga o’tilgan kurash mavzusi bo’yicha amaliy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.

Asosiy qism

1

Yangi mavzuni tushuntish.
Ushlab olishlar qattiq, ishonchli, raqibning harakatlarini ziyraklik bilan sezib turish uchun ortiqcha zo‘riqishsiz amalga oshirilishi kerak. Kurash usullarini
yaxshi o‘zlashtirish uchun quyidagi mashqlarni bajarishga harakat qilib ko‘ring.
1. Raqib bir qadam olg‘a bosadi va sherikni bir qo‘lidan, ikki qo‘lidan, chap qo‘l bilan o‘ng qo‘lidan, o‘ng qo‘l bilan chopon etagining ustidan ushlab oladi.
So‘ngra raqiblar yarimqarshilik bilan oldinga, orqaga va yon tomonlarga qadam tashlab harakat bajaradilar.2. Belbog‘dan har bir qo‘l bilan ushlab olishlar:
bunda oldindan, yuqoridan, pastdan, yondan ushlab olishni biling. 3. Uzoq masofadan, oldinga, orqaga yoki yon tomonlarga tez qadam tashlab, sherik belbog‘idan ixtiyoriy qo‘l bilan ushlab olishni biling.4. Ikki qo‘llab belbog‘dan ushlab olishlarni bajaring: oldindan, pastdan, yuqoridan, gavdadan, yelkadan.
5. Ikki tomonga har turli hamda aralash ushlab olishlarni bajaring (sherik yarimkuch bilan qarshilik ko‘rsatadi).6. Erkin harakatlanib va qo‘l bilan chalg‘ituvchi harakat qilib, ixtiyoriy ushlab olishni bajaring (sherik to‘liq kuch bilan qarshilik ko‘rsatadi). Aziz bolalar, siz dasturdagi oyoqlar yordamida
otishlarni, oyoqlar yordamida yonga otishni, bo‘ksa orqali otishni, shuningdek, himoya va qarshi usullarni o‘rganing. Chunki mazkur sinfda birinchi o‘quv-mashg‘ulot bellashuvlari o‘tkaziladi. Shuning uchun asosiy usullarni bajarishga kirishishdan oldin raqibni muvozanatdan chiqarish usullarini bajarishni (shaxsiy kuchdan foydalanib va raqib harakati yo‘nalishini bilib olib)o‘rganib oling. Endi sherik bilan bir necha mashqlarni bajarib ko‘ring.

20 daqiqa

O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.


Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling