1
|
Yangi mavzuni tushuntish. Yonbosh usullari:
3. Raqib oyog'ini orqadan supurish. Raqibning tayanch oyog'i yoki tayanch oyog'ining tovoni va boldir tagini orqa tomondan supurib tashlash .
4. Raqib oyog'ini ichki tomondan supurish. Raqib old oyog'ining tovoni yoki to'pig'i ichki tomondan qoqiladi. Barcha supurma harakatlarni bajarayotganda raqib kiyimini mahkam ushlab, uni tashlash paytida xavfsizligini saqlab turish ham kerak, aks holda raqib jiddiy jarohat olishi hech gap emas.Yondan supurib tashlashlami raqib bir oyog'ini oldinga qo'yib unga tayanganda, oyoqlami bir-biriga yaqin qo'yganda, bir oyog'i orqada turgan holda orqaga qarab egilganda va shunga o'xshash hollarda bajarish samarali bo'ladi. Old tomondan supurib tashlashlarni raqib bir oyog'ini orqada qoldirganda, oyoqlarini keng ochganda (yozganda), oyoq uchida ko'tarilganda va boshqa hollarda bajariladi. Ichki tomondan supurishni raqib bir oyog'ini oldinga, boshqasini orqaga qo'yganda, ulaming orasini katta ochganda bajarish foyda beradi. Pastdan supurish, asosan, raqibni muvozanatdan chiqarish uchun ishlatiladi. Raqibning yiqilish tezligini oshirish uchun unga tayangan holda qo'l bilan undan itarilish lozim. Raqibning qaysi oyog'i gilamga tayanib turgan bo'lsa, o'sha oyog'ini ichki tomondan supurish (qoqish) lozim. Kurashchi olishuv (bellashuv) davomida turli hujumkor
harakatlar, chalishlar, supurishlarni ishlata bilishi kerak. Undan tashqari, vaziyatga to'g'ri baho berishni, kutilmaganda tezkorlikni namoyish qilishi, qulay vaziyatlardan foydalana olishni o'rganib olishi zarur. Kurashda supurishni
bajarayotganda hujum qiluvchining o'zi gilamga yiqilmasligi kerak. Bu kurashchining tajribasi va qo'llayotgan usulining sifatiga bog'liq. Ushbu usulni mashg'ulotda qo'llash uchun qo'g'irchoq (yasama kurashchi)dan foydalanish mumkin.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|