1
|
Yangi mavzuni tushuntish.
Kurashchining turishi. Bunga qo‘llar, oyoqlar, gavdaning turish holati kiradi. Тurishlar uch xil: past,o‘rta va baland ko‘rinishda bo‘ladi.Kurashchi harakatlanishlarni yaqin, o‘rta, uzoq masofalardan turib amalga oshirishi mumkin. Bordiyu kurashchilar bir-birlaridan 2 m dan uzoqroq masofada
tursalar, unda ular belgilangan masofadan tashqarida qolgan hisoblanadilar. Тopshiriqlar va unda harakatlanishlarni juft bo‘lib bajarib ko‘ring:
1. Sherikni ushlab olib, oldinga, orqaga, yon tomonlarga, doira bo‘ylab harakatlanishlar 2. Sherikning birmuncha qarshiligi bilan harakatlanish.
3. Sherikni turli holatlarda ushlab, o‘z tomoniga tortib olish bo‘yicha (3 martadan) musobaqa o‘tkazish Ushlab olishlar. Bu usullar bir yoki ikkala qo‘l
bilan bajariladi, ya’ni belbog‘dan, qo‘llardan, bo‘yindan, gavdadan va aralash ushlab olishlar. Hamma ushlab olishlar chalg‘ituvchi, boshlang‘ich, asosiy, mudofaa va javob ushlab olishlarga bo‘linadi.Kurashda ko‘pincha o‘ng qo‘l bilan raqibning chap yengi tashqi tomonidan yoki pastdan —tirsak yonidan; chap qo‘l bilan esa kamzulning etagidan, shuningdek, chap qo‘l bilan o‘ng yengdan va o‘ng qo‘l bilan kamzul etagidan va ikki qo‘llab raqib belbog‘idan ushlab
olinadi. Тajribali sportchilar aralash ushlab olishlarni keng qo‘llaydilar: belbog‘ va qo‘ldan, belbog‘dan, qo‘lhamda gavdadan va h. k.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|