1
|
Yangi mavzuni tushuntish.
1. Juft bo‘lib ushlab olib oldinga, orqaga va yonga,o‘ziga tortib, itarib yoki siltab raqibni qo‘l va gavda harakati hisobiga muvozanatdan chiqarishga intiling
(muvozanatni yo‘qotganda sherik kiyimdan ushlaydi). 2. Juft bo‘lib harakatlanishni, muvozanatdan chiqarishni, qo‘shimcha ravishda qadam tashlab, gavdani burib yoki egish usullarini bajarib ko‘ring. 3. Qo‘lni har xil harakatlantirib, joydan joyga ko‘chib, payt poylab sherikni ushlab olishga, uni muvozanatdan chiqarishga intiling (sherik qarshilik ko‘rsatadi va o‘zi himoyadan hujumga o‘tadi). 4. Uzoq, o‘rta masofalarda harakatlanib, qo‘l va gavda bilan chalg‘ituvchi harakatlarni amalga oshiring. Payt poylab raqibni ushlab olib va muvozanatdan chiqarib, o‘z tomoniga orqasi bilan o‘giring (sherik bunga
javoban ushlab olishni qo‘llab qarshilik ko‘rsatadi). 5. Asosiy ushlab olishni bajarib va muvozanatdan chiqarishga, eng yaxshi chalg‘ituvchi harakatlarni bajarishga, ushlab olish va muvozanatdan chiqarishga musobaqalashing.
Bu mashqlarni o‘zlashtirgandan so‘ng otish (yiqitish) larni bajarishingiz mumkin. Buning uchun sherikniqo‘l bilan ushlab olib qo‘l, gavda va oyoqlarning
qisqa, qat’iy harakati bilan chapga yoki yonga burilish bilan raqib muvozanatdan chiqariladi. Otishda sherikning choponini yelkasidan ushlab turib yiqitiladi.
Otishlar oldinga, orqaga, chapga, o‘ngga va boshqalar bo‘lishi mumkin. Himoya sherik qo‘lini ushlab olishdan qutulib yonga chopib o‘tish, biroz orqaga qochib gavdani egish, qarshi usul qo‘llashdan iborat .
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|