Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsda foydalaniladigan metodlar: interfaol.
Dars jihozlari: xushtak, bayroqcha, sekundomer, sport anjomlari, qog‘oz va ruchka.
Kompetensiya: jismoniy tarbiyaga oid bo‘lgan ma’lumotlarni kuzatib, tushuna olish kompetensiyasi.
№
|
Darsning borishi
|
Vaqt
|
Uslubiy ko‘rsatma
|
Tashkiliy qism
|
1
|
Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal) o‘quvchilarni aniqlash.
|
5
daqiqa
|
O‘quvchilarning sport kiyimiga e’tibor berish
|
2
|
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish yugurish..
|
Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
1
|
O‘tgan darsda o‘quvchilarga o’tilgan sakrash mavzusi bo’yicha nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
5 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
2
|
O‘tgan darsda o‘quvchilarga o’tilgan sakrash mavzusi bo’yicha amaliy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
Asosiy qism
|
1
|
Yangi mavzuni tushuntish. Uloqtirishga oid nazariy va amaliy bilimlar berish.
Bu mashqni bajarganda 10,14 oddiy (5 — 7 ta yugurish)qadami o‘lchanadi, to‘pni otayotganda,avval to‘pni darslikda ko‘rsatilgandek ushlaysiz va qo‘lingizni boshdan yuqoriroq ko‘tarasiz. Yugurib kelasiz va otib yuborishga 2,3 qadam qolganda, chap oyoq bilan oldinga halqaga qadam tashlayotgandek keng qadam qo‘yasiz (o‘ng qo‘lda otuvchilar uchun).Bunda otayotgan qo‘lingizni orqaga o‘tkazib, so‘ngra keskin yuqoriga-oldinga cho‘zasiz. Bu joy qadam tashlash-otish joyi deyiladi. Тo‘p qo‘ldan chiqqandan so‘ng sekin to‘xtaysiz. Otishdagi hal
qiluvchi harakat nuqtasi bu tayanch (chap) oyoqni oldinga tashlashda tizzadan ko‘p bukib yubormaslikdir. Aks holda, otish noaniq bajarilib, to‘p pastga qarab
ketadi. Otishdan avval siz uzoqdagi uy tomiga yoki daraxt uchiga, devor ortiga otishni mo‘ljal qilib oling.Тo‘pning uchishini, u yerga borib tushguncha kuzatib
turishni unutmang. Yengil atletika bilan shug‘ullanayotganingizda yoki yugurish, sakrash va otishlar bo‘yicha o‘quv normativlarini topshirayotganingizda xavfsizlik
qoidalariga rioya qiling, chunki oldingizga qo‘ygan maqsadingizga erishishingiz ko‘proq shu qoidalarga amal qilishingizga bog‘liq
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |