Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal) o‘quvchilarni aniqlash.
|
5 daqiqa
|
O‘quvchilarning sport kiyimiga e’tibor berish
|
2
|
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish yugurish..
|
Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
1
|
O‘tgan dars yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish;
|
5 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
2
|
Gandbol mavzusi yuzasidan olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi topshiriqlarni bajartirish.
|
Asosiy qism
|
1
|
Yangi mavzuni tushuntish. GANDBOL (QO‘L TO‘PI)
Qo‘l to‘pi o‘yinining afzalliklaridan biri uning oddiyligidir.Bu o‘yinni o‘g‘il va qiz bolalar zalda ham, ochiq havoda ham, shuningdek, oddiy voleybol yoki basketbol maydonlarida ham o‘ynashlari mumkin. Yer yuzasiga chim, asfalt yotqizilgan bo‘lishi mumkin. O‘yin uchun maydoncha, bitta to‘p va 2 × 3 m li yog‘ och darvozagina kerak. O‘yin maydonida quyidagi chiziqlar chiziladi. Darvozalar oldida olti metrli yarim
aylanalar bo‘lib, bu yerdan to‘pni darvozaga qarata otishlar bajariladi. Qo‘l to‘pi o‘yini qoidalarining bajarilish texnikasi ham oddiy, ham oson. Maydon bo‘ylab
qadamlab va yugurib harakatlanish, to‘pni bir-biriga uzatish, to‘pni qo‘l bilan darvozaga otish bu o‘yinga xos. Bularning hammasi sizlarga tanish va bilasiz
ham. Shuning uchun qo‘l to‘pi juda zavq-shavqli sport o‘yinlaridan biri hisoblanadi. Bu o‘yinda har bir o‘yinchining yuqori tezlikda harakatlanishi, to‘p bilan tez va kutilmagan harakatlarni bajarishi, jamoadagi sheriklari bilan o‘zaro hamjihat harakat qilishi, tez taktik o‘zgaruvchan o‘yin holatlariga o‘z vaqtida javob qaytarilishi, sport yakkakurashi olib borilishi, bularning hammasi gandbol o‘yingagina xos xususiyatlardir. Qo‘l to‘pining yuqori emotsional bo‘lishiga harakatlarning juda rang-barangligi, o‘yin holatlarining o‘tkirligi, sport kurashining o‘zgaruvchanligi, har bir
o‘yinchi va jamoaning uzviy bog‘liqligi, o‘yin natijalarining darhol baholanishi yana bir muhim sababdir.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|
|