Uslubiy ko‘rsatma
Tashkiliy qism
|
1
|
Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal) o‘quvchilarni aniqlash.
|
5 daqiqa
|
O‘quvchilarning sport kiyimiga e’tibor berish
|
2
|
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish yugurish..
|
Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
1
|
O‘tgan dars yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish;
|
5 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
2
|
Gandbol mavzusi yuzasidan olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi topshiriqlarni bajartirish.
|
Asosiy qism
|
1
|
Yangi mavzuni tushuntish.Тo‘p ixtiyoriy usulda: qo‘l, bilak, gavda, bo‘ksa yordamida
uzatiladi (otiladi) va qabul qilib olinadi. Agar olib yurishdan so‘ng o‘yinchi to‘pni ushlab olsa, u to‘pni sherigiga uzatishga yoki darvozaga otishga majbur.Qo‘lda to‘p bilan uch qadamdan ortiq yurilmaydi, to‘pni qo‘lda 3 soniyadan ortiq ushlab turilmaydi. O‘yinchi tomonidan darvozaga to‘p otish hali u darvozabon maydonchasiga kirmasdan bajariladi. Darvozabon to‘pni barcha usullarda, qo‘ldan tashqari, oyoq bilan ham ushlab qolishga haqli. Agar to‘p himoyalanuvchi
jamoa o‘yinchisidan maydon tashqarisiga chiqib ketsa, burchakdan to‘p belgilanadi. Qoidabuzarlik ro‘y bergan joydan erkin to‘p belgilanadi. Darvozabon to‘pni darvoza
maydoniga olib kirayotganda himoyachi ham darvoza maydoniga kirsa va darvozabonga to‘p tashlashni bajarishga xalaqit bersa yoki himoyachi to‘pni olib o‘z
darvozaboniga uzatsa va u ilib olib, hujumchi darvozaga to‘pni otishida qo‘pol ravishda xalaqit bersa, yetti metrli jarima to‘pi belgilanadi. O‘yinda: raqibdan u to‘pni mustahkam egallab turganda to‘pni olib qo‘yishingizga, raqibni ushlab olish,
ushlab turish, tortish, urilish, itarish, oyog‘ini chalish, darvoza maydoniga siqib qo‘yish, unga ataylab to‘p otish va to‘pga yiqilishingizga ruxsat etiladi. Qo‘pol va sportga xos bo‘lmagan harakat qilib, intizomni buzganingiz uchun 2 yoki 5 daqiqa davomida maydondan chiqarilasiz. Uchinchi marta ham qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ysangiz o‘yinning oxirigacha maydondan chiqarib yuborilasiz.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|
|