Sinf o`quvchilarida yozish ko`nikmasining ilmiy metodik asoslari Magistr akademik darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya toshkent – 2023
Download 105.29 Kb.
|
Aziza d
III BOB. Sinfdan tashqari o`qish metodlari
3.1. Sinfdan tashqari o`qishning asoslari. Maktab o’quvchini o’qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o’qiy oladigan, uni tushunadigan, ma`lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o’qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. SHu jihatdan sinfdan tashqari o’qish (STO’) tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko’p narsani bilishga havasni orttiradi. O’quvchining ma’naviy dunyosini boyitishda shubhasiz badiiy adabiyotning ahamiyatini hech narsa bilan tenglab bo’lmaydi. Ayniqsa sinfdan tashqari o’qish darslarida sinfda o`qish darslarida o’rganilgan mavzularga turdosh mavzularni, badiiy asarlarni o’rganish, o’quvchilarni mustaqil faoliyatga yo’llashi shubhasisdir. Sinfdan tashqari o’qish darslarini to’g’ri uyushtirishning o’zi alohida ta’limiydidaktik muommo hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslari ta’limiydidaktik masala sifatida professorlar: K.Qosimova, A.G’ulomov, S.Matjonov, shuningdek, dotsentlar: V.Ma’qulova kabi olimlar tomonidan ma’lum darajada ishlangandir. Bu borada V.Svetlovskaya, O.Jalilliy kabi metodistlarning ham xizmatlarini alohida ta’kidlash joizdir. Ulardan Hikmatulla Abdullayev “1-sinflarda sinfdan tashqari o’qish”, Barno Ma’qulova esa “Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish metodikasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlashgan. B. Ma’qulova bilan T.Adashboyevlarning “Kitobim-oftobim” ( 1-sinflar uchun sinfdan tashqari o’qish uchun o’quv qo’llanmasi) , B.Ma’qulova bilan S.Matjonovning “Kitobim-oftobim” ( 2-sinflar uchun darsdan tashqari o’qish uchun o’quv qo’llanmasi) , B.Ma’qulova, E.Abduvoitovlarning “Kitobim-oftobim” ( 3- sinflar uchun sinfdan tashqari o’qish uchun o’quv qo’llanmasi) kabi asarlar boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ish faoliyatlarida asosiy manbalardan biri vazifasini bajaradi. Metodist Barno Ma’qulova sinfdan tashqari o’qish darslarini tizimlashtirishiga, amaliyot bilan chambarchas bog’lashga muvoffaq bo’lgan. Uning fikricha, sinfdan tashqari o’qish darslarida asosiy dars jarayonida ijodi o’rganilgan yozuvchilarning 349 boshqa asarlarini yoki asosiy darsda o’rganilgan muayyan mavzuga tegishli yangi bir asarni o’rganish har jihatdan maqsadga muvofiqdir. Tabiiyki, boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozuvchilar haqidagi ma’lumoti deyarli yo’q darajada. Shuning uchun ham sinfdan tashqari o’qish darslarida badiiy asarlar tahlilini o’sha asarni yaratgan ijodkorlarning hayoti, lozim bo’lsa shaxsiyati bilan bog’liq ma’lumotlar bilan bog’lab talqin etilsa o’quvchilarning qiziqishi har jihatdan ortadi. Ko’rinadiki, boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari orqali o’quvchilarni nafaqat badiiy asarlar bilan yaqindan tanishtirish, lug’atini boyitish mumkin, balki ularda mustaqil ishlash, badiiy asarni baholash, adabiy qahramonlarning xatti-harakatlariga to’g’ri munosabat bildirish, asar voqealari o’rtasidagi sababiy bog’lanishlar mazmunini anglash ko’nikma va malakalari shakllanadi. Natijada dastur bo’yicha o’quvchilar tomonidan egallanishi zarur bo’lgan bilimlar, ko’nikma va malakalar o’zlashtiriladi. STO` darslarida xorijiy yozuvchilar asarlarini ham o’rganish, boshlang’ich sinf o’qituvchilari hamda boshlang’ich sinflarda o’qish metodikasi bilan shug’ullanuvchi ilmiy tadqiqotchilar oldida turgan dolzarb vazifalardandir. Aka-uka Grimmlar, Xans Kristian Andersen, Jonathan Svivft, Sharl Perro, Aleksandr Pushkin, Abulqosim Firdavsiy, Lev Tolstoy kabi kabi xorijiy xalqlar adabiyoti vakillarining asarlari misolida sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida mustaqil tarzda xorijiy xalq adabiyotini o’rganish o’quvchilarni dunyo xalqlarining turmush tarzi, ma’naviy olami, ruhiyati bilan chuqur tanishtirishga xizmat qiladi. Shunisi diqqatga sazovorki, boshlang’ich sinflarning o’qish dasturlarida hamda o’qish kitoblarida xorijiy xalqlar adabiyotini o’rganishga juda kam o’rin ajratilgan. 4- sinf o’qish kitobi bundan mustasno. Chunki mazkur darslikda maxsus “Jahon bolalar adabiyoti” bobining berilishi, mazkur bobda F.Erding, Aka-uka Grimmlar, J.Svift, A.S.Pushkin hamda Abulqosim Firdavsiy, Abdurahmon Jomiy kabi qardosh xalqlar adabiyoti namunalarining o’rganilishi alohida e’tiborga loyiqdir. Sinfdan tashqari o`qishning maqsadi ham o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. 350 Maktablarda 1959 yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan. Bunday darslar 1-2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o’tkazilib kelindi. Hozirgi dasturga ko’ra, bunday darslar 1-4-sinflarda 2 haftada bir marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi. Sinfdan tashqari o’qish sinfda o`qish o’quv dasturi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish talab etiladi. O’quvchilarda kitobga havas uyg’otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari uchun haftadagi oxirgi o’qish darsining 20 daqiqasi ajratiladi va keyingi bosqichlarda ikki haftada bir marta o’tkaziladi. Bunda o’qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o’qib borilsagina, o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi. Bunda o’qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar o’tkazish, “Kitob haftaligi” tashkil etish, asarlar asosida kichik insholar yozishni mashq qilish yaxshi samara beradi. Sinfdan tashqari o’qish tanish bo’lmagan mualliflarning ham kitoblari muqovasi, titul varag’i, kirish so’zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taxminiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Sinfdan tashqari o’qish darslarning asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi. Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish, ularning bog’lanishli nutqini o’stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o’qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi. 351 STO’ darslariniig muhim vazifalaridan biri mustaqil o’qish malakalarini tarbiyalash hisoblanadi. Buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish, qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to’plangan maolumotlarni o’qitish, “Tez aytish”, “Topishmoqlar topish”, “Ifodali o’qish”, “Maqollar aytish musobaqasi”, “Ertak to’qish”, “Bilimdonlar anjumani” kabi ko’rik-tanlovlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo’yicha savoljavoblar uyushtirish, o’yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur. STO’ sinfda o’qish bilan uzviy bog’liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o’qish STO’ uchun zarur bo’lgan o’qish malakalarini shakllantiradi, o’qigan asarni tushunishga o’rgatadi, lug’atni boyitadi. STO’ qiziqarli va o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o’qish − hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o’qish esa hayotning o’zidir. Hozirgi paytda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun sinfdan tashqari o’qishga mo’ljallangan “Kitobim-oftobim” nomli qo’llanmalar ham chop etilgan. 3.2. Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlik shakllari. STO’ga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari o’qish darslaridir. Bunday darslar erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodiy qobiliyati rivojlanadi; faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar shakllanadi. Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning uchun ularning qurilishi juda xilma-xil bo’ladi. Har bir dars o’qituvchi va o’quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilma-xillikka, hayotiylikka erishilsa, maqsadga erishish oson kechadi. SHularga qaramay, STO’ darslari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun maolum talablarga bo’ysunadi. Ular quyidagilardir: 1. Har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. Ular o’qigan va o’qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, ikki-uch o’quvchi o’zlari o’qigan kitob haqida gapirib beradi, darsda o’zaro fikr almashish holati yaratiladi (bu holat darsdan tashqpri vaqtda ham davom etishi mumkin). 2. Har bir darsda o’qish uchun yangi kitob (asar)lar tavsiya qilinadi. Tavsiya qilish shakllari turlicha bo’lib, ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatish, sinfda ko’rgazma tashkil etish, o’quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o’qib berish, rasmlarni ko’rsatish yoki filьm namoyish etishdan iborat bo’lishi mumkin. 3. Har bir darsda o’quvchilarga asarni yaxlit holda o’qitish mumkin. Agar asar hajmi kattaroq bo’lsa, bu ish ikki-uch dars davomida amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilar o’zlari o’qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o’qib berishlari mumkin. Bu jarayonda ichda o’qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi. 4. Har bir darsda o’qilgan asar yuzasidan suhbat metodi orqali tahlil ishlari amalga oshiriladi. Bunda erkin hikoya qilish uchun “Senga asardagi nimalar yoqdi?”, “Bu kitob haqida sen nimalar ayta olasan?” kabi savollar beriladi va o’quvchilarning ijodiy hamda mustaqil qayta xikoyalash malakalari shakllantiriladi 5. Har bir darsda maolum bir yangi kitobxonlik ko’nikmasi hosil qilinadi: muallif haqida maolumotlar to’plash, kitob nomiga qarab u nima haqda ekanligini aytish, o’qilgan asarlar yuzasidan ko’rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish, alьbomlar tayyorlash, kitobxonlik kundaligini yuritish kabi ishlar amalga oshiriladi. 6. Har bir dars kirish suhbati bilan boshlanadi va sinfda o’qish darslarida qo’llanadigan barcha usullardan ijodiy foydalaniladi. 7. Har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbat uyushtiriladi. Umumlashtirishga ko’rgazma ham, alьbom tuzish ham, rasmlarni tatbiq etish ham yordam beradi. Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning yordamchi shakllari ham mavjud bo’lib, ular barcha ishlarni izchil uyushtirishni taominlaydi, STO’ darslari uchun sharoit yaratadi. Bunday shakllarga quyidagilar kiradi: 1. Kitobni targ’ib qilish. STO’ga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi, to’ldiriladi, ko’rgazmalar tashkil qilinadi. O’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi. 2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O’quvchilarning o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qilgan kitoblar hisobga olinadi. SHaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota-onalar bilan suhbat o’tkaziladi. 3. STO’ yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko’riladi. 4. Kutubxonaga yozilish. 1-sinf o’quvchilari o’qituvchining tavsiyasi bilan kutubxonaga aozo bo’ladi. Bu jarayonda o’qituvchi va kutubxonachi hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muvofiq bo’ladi. 5. O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga olish. Bunda ularning kitobxonlik kundaligidan foydalaniladi. 1-sinf o’quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini, 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo’shib yozadilar. 3-4-sinflarda o’qigan kitobining qisqacha mazmunini yozib, unga taqriz va o’z mulohazalarini ham qo’shishlari mumkin. O’quvchilarning o’qigan kitoblari og’zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o’qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o’qish va sinfda o’qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar. Sinfdan tashqari o’qish darslarining turlari Sinfdan tashqari o’qish darslarining xususiyatlari, birinchidan, STO’ tizimining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o’quv vazifalari va dastur bilan, uchinchidan, oldinga qo’yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to’rtinchidan, o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. 1-sinfda tayyorlov bosqichida yangi matn o’qituvchi tomonidan o’qib beriladi, boshlang’ich bosqichdagi darslarda yangi kichik hajmli matnni o’quvchilar o’qiydilar. Keyingi bosqichlarda asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, o’quvchilar o’qiganlarini taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalashga, qahramonlarni elementar tavsiflashga o’rgatiladi. Bu jarayonda rollarga bo’lib o’qishdan foydalaniladi. Asosiy bosqichda STO’ darslari 2-sinfda haftada 1 marta, 3-4- sinflarda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. O’quvchilar mustaqil o’qishga o’rgatiladi, ular “G’uncha”, “Gulxan” jurnallari bilan, “Tong yulduzi” gazetasi bilan tanishtiriladi, yaoni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o’zbek, qardosh va chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi va mavzudagi asarlaridan foydalaniladi. Bir darsga o’quvchilar bir nechta asarlar o’qib kelib, ular haqida o’z fikrlarini aytib beradilar, qahramonlarni tasvirlab, rasm chizadilar. Bu jarayonda yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyushtiriladi. SHu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yurita oladigan kitobxon shaxsi shakllantiriladi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qilgan kitobni muhokama qilish, ijodiy qayta hikoyalash, intsenirovka qilish, rasmlar chizish, ifodali o’qish, kitoblar tavsiya qilish usullaridan keng foydalaniladi. Xulosa Darhaqiqat, taʼlim sohasidagi mutaxassislar va psixologlarning fikriga koʻra, ijodiy faoliyat bilan bogʻliq fikrlash jarayonlarida mashgʻul boʻlish deb tushunilgan kreativ fikrlash bir qator boshqa shaxsiy koʻnikmalarning ham rivojlanishiga olib keladi. Shular jumlasiga metakognitiv qobiliyat, insonlar bilan muomala qilish va shaxsning oʻzini yaxshiroq anglash koʻnikmalari, muammoni hal etish koʻnikmalari kiradi. Shu bilan birga, shaxs kamoloti, taʼlim olishdagi muvaffaqiyati, kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obroʻsi ham insonning kreativ fikrlash koʻnikmasiga bogʻliq. Kreativ fikrlashni baholash xalqaro dasturini rivojlantirish taʼlim siyosati va pedagogikasida ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin. Xalqaro PISA baholash dasturi bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlardagi kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mutasaddilarga dalillarga asoslangan toʻxtamga kelishda koʻmaklashuvchi aniq, ishonchli va amalga oshirish mumkin boʻlgan baholash vositasini taqdim etadi. Natijalar, shuningdek, jamiyatda ushbu muhim koʻnikmani taʼlim orqali rivojlantirishning ahamiyati va usullari borasidagi bahslarga sabab boʻladi. PISA xalqaro baholash dasturidagi ushbu faoliyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ijodiy fikrlashni rivojlantirish borasidagi yangi pedagogikani qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa bir loyihasi bilan bogʻliqdir. Kreativ fikrlashda taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak boʻlgan muhim koʻnikma bo’lib, bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari yangilanayotgan davrga xos koʻnikmalarga ega kadrlarni talab etayotgan makonga moslashishga koʻmaklashadi. Umuman olganda, bugungi oʻquvchi kelajakda hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi. Maktabda kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati faqatgina mehnat bozori bilan cheklanmaydi. Maktab yoshlar uchun oʻz qobiliyat va koʻnikmalarini, shu jumladan ijodiy iste’dodlarini kashf etishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, kreativ fikrlash oʻquvchilarning taʼlim olishini hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin etish orqali qoʻllab quvvatlaydi. Oʻquvchining qiziquvchanligi taʼlim jarayonida qoʻl keladi, ijodiy fikrlash shu tariqa oʻzaro kelishuvchanlik vositasiga aylanadi, hattoki avvaldan belgilangan taʼlim maqsadlari kontekstida ham bu samara beradi. Maktabda oʻquvchining motivatsiyasi va qiziqishini oshirish uchun, barcha oʻquvchilarning ijodiy salohiyati va shijoatini hisobga oluvchi taʼlimning yangi shakllari yoʻlga qoʻyilishi zarur. Bu ayniqsa taʼlim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan oʻquvchilarga yordam berishi mumkin va ular oʻz fikrini ayta olishiga, salohiyatini ochishiga xizmat qiladi. Boshqa koʻnikmalar kabi, kreativ fikrlash ham amaliy va yo’naltirilgan yondashuv orqali rivojlantirilishi mumkin. Baʼzi o‘qituvchilarga oʻquvchining kreativ fikrlashini rivojlantirish oʻquv dasturidagi boshqa fanlar evaziga boʻlayotgandek ko’rinadi. Aslida, oʻquvchilar barcha fanlarda kreativ fikrlashi mumkin. Kreativ fikrlash bilim berishga qaratilgan dars mobaynida koʻr-koʻrona yodlash oʻrniga tadqiqot va ixtironi qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali rivojlantirilishi bilan alohida ahamiyatga ega. O‘qituvchilar kreativ fikrlashni ajrata olishlari, bunday fikrlashga mos shartsharoitlarni bilishlari va oʻzlari ham oʻquvchilarga fikrlashda koʻproq ijodiy yondashishga yordam bera olishni bilishlari kerak. Kreativ fikrlash qay tariqa vujudga kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, oʻz navbatida, o‘qituvchilarga taʼlim jarayonida o‘quvchilarda ijodiy gʻoyalar boʻlishi uchun muayyan vaqt talab etiladi. Kreativ fikrlash ko’nikmalarini baholash isbotga tayangan dalillar asosida shakllantirilib, oʻquvchilar kompyuter platformasida qilayotgan, oʻqiyotgan va yaratayotgan narsalarni koʻp jihatli malakalar bilan bogʻlaydi. Kreativlikni baholash - oʻquvchining qobiliyatlari haqidagi muayyan da’volarni dalilga asoslangan fikrlash jarayonida tahlil etishdir. Umuman olganda, oʻquvchining baholashdagi vazifalarga javobi ushbu fikrlash jarayonida dalillar bilan taʼminlaydi, psixometrik tahlil esa har bir da’voni tahlil qilish uchun isbotning yetarli ekanligini belgilaydi. PISA baholash dasturidan kreativ fikrlashni baholashning asosiy doirasi sifatida foydalanish mumkin. PISA dasturida 15 yoshli oʻquvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan foydalanadi. PISA tadqiqotida kreativ fikrlash bilim sohasida original va samarali yechimlar, yutuqlar va tasavvurni ta’sirchan ko‘rinishlarga olib ke ladigan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirishda samarali ishtirok etish qobiliyati deb ta’riflanadi. Ushbu tavsif oʻquvchilarning turfa kontekst va taʼlim darajasida gʻoya berish amaliyotida samarali qatnashishni oʻrganishlari kerakligiga, gʻoyaning oʻziga xosligi va munosibligini baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga va toki maromiga yetkazmaguncha gʻoyani takomillashtirishga urgʻu beradi. Bu tavsif ishlab chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi mutaxassislar maslahati va kreativlik borasidagi keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga olingan. Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib turgan bir paytda ancha keng hamda kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an’anasiga ega bo‘ladi. Demak, kreativlik – layoqat, jarayon va muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, u orqali shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi, ham foydali boʻlgan salmoqli mahsulotni yaratishidir. Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin shu bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va sanʼatkorlik talanti kabi kengroq va maxsus koʻnikma va qobiliyatlar ham zarur boʻladi. Masalan, sanʼat durdonalari yoki texnologik kashfiyotlarni yaratish bilan bogʻliq buyuk ijodkorlikda kreativ fikrlashdan tashqari salmoqli talant, chuqur bilim, muayyan sohada tinimsiz mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu mahsulot qiymatga ega ekanligi haqidagi eʼtirof ham talab etiladi. Aksincha, kichik yoxud kundalik kreativlik (masalan, fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqlaridan yangi taomni hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab muammoga ijodiy yechim topish kabi) ijodiy fikrlashga qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir. Tugʻma talantning ahamiyatini kamaytirish hamda takomillashtirish mumkin boʻlgan shaxsning kreativ fikrlash qobiliyatiga koʻproq urgʻu berish maqsadida PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mana shu kichik kreativlik bilan bogʻliq vazifalarga asosiy eʼtiborni qaratadi. Kreativ fikrlashning bu turi nafaqat insho yozish yoki rasm chizish kabi asosan ichki dunyoni aks ettirish talab qilinadigan taʼlim kontekstiga, balki gʻoya berish masalalarini tahlil etish, jamiyatdagi muammolarni hal etishga aloqador boʻlgan kengroq sohalarga ham taalluqlidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.// Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: SHarq, 1997. 2.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi// O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish. – T.: SHarq, 2000. 3.O’zbek maktablarida ona tili o’qitish kontseptsiyasi. –T.: O’zPFITI,1993. 4. Matchonov S., G’ulomova X. Nutq madaniyati. 5.Uzviylashtirilgan Davlat ta`lim standarti va o`quv dasturi. (Ona tili. O`qish. Matematika. Atrofimizdagi olam. Tabiatshunoslik (1-4-sinflar)) –T.: RTM. 2010. 6.Umumiy o‘rta ta’limning DTS va o‘quv dasturi. T.:2017. 7.O’zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni.–“ICTWEEK O’zbekiston–2016” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi.// Xalq so’zi. -2016- yil 20-sentabrь. 8.Mirziyoev SH. M. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF – 4947- sonli Farmoni // Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. – T.: G’afur G’ulom, 2017. 9.Mirziyoev SH.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. – T.: O’zbekiston, 2017. 10.Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. –T.: O’zbekiston, 2017. 11.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 665 kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi PF – 5712- sonli Farmoni. QHMMB: 0619/5712/3034-con, 29 04.2019 y. 12.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi PF – 5847- sonli Farmoni. QHMMB: 0619/5847/3887-con, 9.10.2019 y. 13.Matchonov S., G’ulomova X. Nutq madaniyati. // Boshlang’ich ta’lim. 2000. 14.Mahmudov N. Nutq boyligi// Umumfilologik tadqiqotlar: muammolar va yechimlar:Tezis shaklidagi maqola. –Jizzax: 2011. 15.Abdullaev.Y. Eski maktabda xat-savod o’rgatish. –T.: Oliy va o’rta maktab. 1960.–151 b. 16.Abdullaeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. –T.: O’qituvchi, 1968. –114 b. 17.Abdullaeva Q., SHodmonova SH., Yo’ldosheva SH. Savod o’rgatish metodikasi. –T.: O’zbekiston, 18.Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. –T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. 19.Alisher Navoiy. Lisonut tayr. matnni nashrga tayyorlovchi Vahob Rahmon. –T.: G’afur G’ulom, 1991. 20.Yo’ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. –T.: Fan, 2008. 21.Yo’ldoshev M., Isaqov Z., Haydarov SH. Badiiy matnning lisoniy tahlili. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbek Milliy kutubxonasi nashriyoti, 21.Kaykovus. Qobusnoma. –T.: Yangi asr avlodi, 2016. 22.Mamatova. G Boshlang’ich sinf o’quvchilarida adabiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi.–T.: Istiqlol, 2010. 23.Matjonov S. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. –T.:O’qituvchi, 1996. 24.Matchonov S., G’ulomova X., Suyunov M., Boqiyeva H. Boshlag’ich sinflarda o’qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish.–T.: Yangiyo’l poligraf servis, 2008. 25.Matchonov S. va b. O`qish kitobi (4-sinf uchun darslik) -T.: Yangiyo`l poligraf servis, 2020. 26.Matchonov S. va b. 4-sinfda o`qish darslari -T.: Yangiyo`l poligraf servis, 2007. 27.Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati.– T.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, 2009. 28.Mahmudov N., Ziyadova T.U., Ahmedova N., Ramazanova G. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida matn yaratish ko’nikmalarini shakllantirish. –T.: 2014. Download 105.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling