9 -sinf O’zbekiston tarixi
I -CHORAK
Variant 1
1. Buxoro amirligi necha beklikka bo’lingan?
A) 27ta B) 18ta C) 40ta D) 23ta
2. Xiva xonligining ma’muriy markazini aniqlang.
A) Vazir B) Qo’ng’irot C) Xiva D)
Urganch
3. Buxoro amirligida ijro hokimiyati kimning qo’lida bo’lgan?
A) mirzaboshi B) amir
C) devonbegi D) qo’shbegi
4. Qo’qon xonligidagi tartib-intizom masalalari bilan kimlar shug’ullangan?
A) mirshab B)
qozikalon, qozilar
C) muhtasib-raislar D)
mehtar
5. XIX asr o’rtalarida uchala xonliklardagi masjid va madrasalarga, diniy muassasalarga tegishli yerlarni aniqlang.
A) mulk B) amlok C) tanho D) vaqf
6. XIX asr o’rtalarida Marg’ilonda ixtisoslashgan hunarmandchilik sohalarini ko’rsating.
A) do’ppichilik,
pichoqchilik
B) kulolchilik
C) atlas to’qish, do’ppichilik
D)
zargarlik
7. Ogohiyning xalqparvarligi va xalq holiga befarq qaray olmasligi uning qaysi g’azalida yorqin ifodasini topgan?
A) “Yoz” B) “Kuz” C) “Bahor” D) “Qish”
8. Quyidagi qaysi shaxs Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlariga sayohat qiladi?
A) Nishotiy B)
Ahmad Donish
C) Munis D) Ogohiy
9. Pyotr I O’rta Osiyoga yuborgan, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchragan ekspeditsiya rahbari kim? A) B.Cherkasskiy B) J.Abbot
C) M.Murkfort D) A.Byorns
10. Rossiyaning O’rta Osiyoni bosib olishiga bahonasini ko’rsating.
A) AQShda boshlangan shimol va janub o’rtasidagi fuqarolar urushi (1861-1865)
B) O’rta Osiyoni xomashyo bazasiga aylantirish
C) O’rta Osiyoning arzon paxtasiga ega bo’lish
D) chegara hududlarda yashaydigan Rossiya imperiyasi fuqarolari bo’lgan aholiga talonchilik va bosqinchilik qilib turgan guruhlarning hujumlarini bartaraf etish.