Sinf rahbari ish faoliyatini tashkil etishng shart-sharoitlari


Guruh rahbari yuritadigan hujjatlar quyidagilardan iborat


Download 185.74 Kb.
bet3/7
Sana17.02.2023
Hajmi185.74 Kb.
#1207911
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Narbayeva 17

Guruh rahbari yuritadigan hujjatlar quyidagilardan iborat.
  • Guruhdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni hisobga olish kitobi.


  • Guruh o’quvchilari ro’yhati.


  • Guruh o’quvchilari haqida ma’lumot.


  • Guruh faollari haqida ma’lumot.


  • Guruhdagi ma’naviy ma’rifiy ishlarning yilik ish rejasi.


  • Oylik dars qoldirgan o’quvchilarni hisobga olish.


  • Guruhdagi o’quv jarayonini nazorat qilish (dars tahlili).


  • Sinovlar natijalari bo’yicha o’zlashtirishni hisobga olish.


  • Mehnat intizomini buzgan, qoloq o’quvchilar haqida ma’lumot.


  • Ota-onalar bilan ishlash.


  • To’garakka qatnashadigan o’quvchilar haqida ma’lumot.


  • Jamoat ishlarida, kollejdagi tadbirlarda ishtirok etishni hisobga olish


  • Guruhdagi o’quvchilarning o’quvchilar safidan chetlashtirilganligi haqida ma’lumot


  • Ism-sharifi o’zgargan o’quvchilarni hisobga olish


  • Guruh yig’ilishlarining bayonnoma kitobi.


  • Birinchi ma’naviyat soatining o’tkazishning uslubiy qo’llanmasi.


  • Ochiq ma’naviyat soati dars ishlanmasi.


  • O’quvchilarning huquq va vazifalari.


  • Guruh rabarining huquq va vazifalari.


  • Navbatchi o’quvchilarning vazifalari.


.

Guruh rahbari-dars mashg’ulotlarida, kur ishi va diploma ishi himoyalarida qatnashadi.
Guruh rahbarlari o’quv muassasasi direktoriga va pedagogic kengashga kelishilgan holda quyidagilarni beradi:

O’quv va jamoat ishlarida muvaffaqiyatli qatnashgan bitiruvchilarga ichki imkoniyatdan kelib chiqib, belgilangan tartibda rag’batlantirish berish uchun tavsiyanomalar

Ichki trtib-qoidalarni buzgan o’quvchilarga jazo qo’llash haqida taklif

Guruh rahbarlari o’quv- tarbiyaviy ishlarining samaradorligini oshirishga doir taklif va mulohazalarni ma’muriyatga va pedagogic kengashga olib chiqish.



Guruh rahbarining majburiyatlari.

Mamlakatimiz taraqqiyoti uchun mutaxassislar tayyorlash bo’yicha rejali ish olib borish, tanlagan kasbiga mehr bilan qarash, jamoat mulkini asrab-avaylash ruhida tarbiyalash lozim.


Mavjud ish rejasi asosida guruh ma’naviyat soatlarini tashkil qilish.


O’quvchilarning fanlarni yomon o’zlashtirayotganlik sabablarini aniqlab, ularga amaliy yordam ko’rsatishni uyushtirish.

O’quvchilar o’quv salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalgam oshirish, guruh jurnalining to’g’ri yuritilishini ta’minlash





O’quvchilarning oilada va guruhda o’zini tutishlarini, jamoaga birlashtirish maqsadida guruh faollari faoliyatini har tomonlama chuqur o’rganib o’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ularni o’z-o’zini boshqarish jamiyatlariga birlashtirish.

Doimiy ravishda o’quvchilarning ta’lim-tarbiya yuzasidan, ularning ota-onalari bilan aloqada bo’lib turish.

O’quvchilarning yashahs joyiga tashrif buyurib, sog’ligi va yashash sharoitini yaxshilash uchun zarur yordam ko’rsatib, mustaqil ishlari va ko’ngilli xordiq chiqarishlarini uyushtirish.


Bundan tashqari, guruh rahbari faoliyati rejali tashkil qilinishi lozim. Ish rejasi o’quv muassasasida olib borilayotgan ma’naviyat-ma’rifat ishlari rejasiga asosan bir o’quv yiliga mo’ljallab tuziladi va direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Kollejdagi boshqa guruh rahbarlariga yordam berish maqsadida, o’z guruhidagi tarbiya ishlarini rejalashtirib ommalashtirish. O’quv muassasasida guruh rahbaring faoliyatini muvofiqlashtirish uchun “Guruh rahbarlari kengashi” tuziladi. Kengashni director o’rinbosari yoki tajribali o’qituvchilardan biri boshqaradi. Guruh rahbarlari kengashi tarkibiga guruh rahbarlari va tarbiyachilar kiradi. Kengash faoliyatida zaruriyat tug’ilganda, director o’rinbosdasrlari, fan kafedralari boshliqlari, kutubxonachilar ham qatnashishlari mumkin.


Sinf rahabrining faoliyati kishi shaxsini tarkib toptirishga qaratilgan. Bu faoliyatning natijlari tarbiyalanuvchining qiyofasida, uning shaxsidagi xususiyatlarida, harakter va xulq-atvorida o’z aksini topadi. Agar tarbiyachi pedagog nimaga intilayotganini ravshan va aniq tushunilmagan joyda tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirishga astoydil intilish bo’lmaydi, balki tarbiyada o’tkaziladigan ish tasodifiy tusga ega bo’lib, buning uchun ajratilgan vaqtni to’ldirish uchungina olib boriladi. Shuning uchun tarbiya faoliayti maqsadlarini aniq belgilab olish lozim. Snf rahbari sinfga qabul qilib olgandan keyin uning birinchi ishi, odatda, o’quvchilarni o’rganish bilan bog’liq. Bu ish uning o’zi berkitilgan sinfdagi butun ish faoliyati mobaynida davom etadi va uning tarbyaviy ish sistemasida muhim bir tomonni tashkil etadi.
Pedagogik faoliyatda sinf rahbari quyidagilarni bilishi kerak:


  • Har bir o’quvchini shaxs sifatida o’rganish


  • O’quvchilarning sinfda tarbiyalanishini tashkil etish


  • O’quvchilarning bili-tarbiyasini oshirish va ularning tartib-intizomini mustahkamlash.


  • Sinfda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish


  • Fan o’qituvchilarining tarbiyaviy ishlarini birlaashtirish.


  • O’quvchilarning ota-onalari bilan ishlash.


  • Sinf rahbari fan o’qituvchilariga nisbatan ko’p qirrali ishlarni bajaradi.


Sinf rahbari o’quvchilarni tabiiy hayot va o’quv faoliyatida o’rganadi.


Avvalo, sinf rahbari o’ziga berkitilgan sinf o’quvchilarining ota-onalari va tevarak-atrofidagi kishilar bilan kirishadigan munosabatlarini o’rganishi juda muhim. Hamda o’quvchilarni kundalik hayot tarzida va o’quv faoliyati davomida ham organish maqsadga muvofiq. Albatta, sinf rahbari o’quvchilar shaxsini, ular xulq-atvorini, harakterini aniqlash, o’rganishda shu muassasa psixologi bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Bunda ota-ona, mahalla qo’mitalarining ham o’rni katta.




Download 185.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling