Sinf rahbari ishni rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning o’rni


Tarbiyaviy ish - faoliyatini tashkil etish


Download 0.49 Mb.
bet4/12
Sana24.03.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1290864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sinf rahbari ishni rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik j

Tarbiyaviy ish - faoliyatini tashkil etish.
Maktab tarbiyasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etshnning turli usullari tarkib topib, muvaffaqiyatli qo’llanib kelmoqda. o’quvchilar bilan yalpisiga ishlash bilan bir qatorda, hamma o’quvchilar bilan yakka-yakka va gruhalarga bo’lib ham ish olib boriladi o’quvchilar aktivlari bilan ish olib bo­rshi o’z sinfida dars o’tadigan o’qituvchilar bilan, o’quvchilar ota-onalari bilan va korxona, ishlab chiqarish jamoalari bilan aloqa bog’lab turish sinf rahbarining tarbiyaviy ish-faoliyatida katta o’rin tutadi.
Afsuski, o’z tarbiyaviy ishini faqat sinf majlislari o’tkazish, orqada qolayotgan va intizomsiz o’quvchilar bilan individual ish olib borishdangina iborat qilib cheklab qo’yadigan tarbiyachilarni hali ham uchratish mumkin. Bu sinf rahbarlarida bunday ish usuli deyarli hamma ishda qo’llnadigan bo’lib qolgan, o’quvchilarning o’zlari o’quvchilar jamosi hayoti va faoliyatini yo’lga qo’yish ishiga jalb qilinmaydilar. Buning natijasida tarbiyaviy ish samara-dorligi ko’p darajada pasayib ketmoqda.Tarbiya berishning murakkab jarayonida ishni tashkil etishning qandaydir bir formasi bilan cheklanib qolish yara­maydi. Birgina tayyor ish shakli bilan, hatto u yaxshi shakli bo’lsa-da, tarbiya berishning barcha masalalarini faqat uning yordami bilan echib bo’lmaydi»
Pedagogik adabiyotda yoki tarbiyaviy ish tajribasida tar­biya berishni yo’lga qo’yish usullarini quyidagicha klassifi­katsiya qilshp eng ko’p tarqalgan:
a) yalpi yoki hamma o’quvchilar bilan ish olib borish;
b) individual ish olib borish;
v) gruppalarga bo’lib ish olib borish yoki to’garak ishlari.
Bu ish shakllarining xammasi, odatda, sinf raxbarlari rejasida o’z aksini topadi.Darsdan tashqari tarbiyaviy ish usullarining quyidagicha klassifikatsiyasini keltirish ham o’rinlidir:
a) og’zaki ish usullari (siyosiy axborotlar, majlislar , lektsiyalar, dokladlar, kitobxonlar konferentsiyalari, disputlar, uchrashuvlar, og’zaki gazetalar, radiojurnallar va shu kabilar);
b) amaliy ish olib borish usullari (ekskursiyalar, spartakiadalar, olimpia­da va konkurelar, kamalak va kamolot harakati doirasida olib boriladigan ishlar, to’garaklar-texnika ijodi, yosh naturalistlar to’garaklari, shuningdek, shanbaliklar va shu ka­bilar);
v) ko’rgazmali ish olib borish usullari (maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari, kichik badiiy ijod vistavkalari, kitob vistavkalari va yangi kitoblar ko’rgazmalari, mavzuli stendlar va boshqalar).
Sinf bilan yalpisiga ish olib borish. Sinf bilan yalpisiga ish olib borishning o’ziga xos xususiyati sinfdagi hamma o’quvchilarni bir vaqtning o’zida tarbiyaviy tadbirlarga jalb etishdan iboratdir. Bu ish sinf rahbarining rejasiga ko’ra ma`lum kunlarda va soatlarda tashkil etiladi va o’tkaziladi. Ba`zan tarbiyaviy ishni tashkil etishning bu usuli «sinf rahbari soati», «tarbiyaviy soat» yoki «tarbiya soati» deb ataladi. Bu nomlar mazkur usulga to’g’ri keladi deb bo’lmaydi. Bu nomlardan, sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni faqat shu «soat» vaqtiddagina olib borib, boshqa vaqtlarda esa tarbiya ishlari bilan shug’ullanmaydi, degan ma`no kelib chiqadi. Haqiqatda esa bunday emas. Sinfda tarbiyaviy ish doimiy suratda olib boriladi. Butun sinf bilan yalpisiga olib boriladigan «rahbar soati» esa sinfda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning faqat bir usulidir, xolos. Masalan, sinf rahbari Kamalak yoki Kamolot YOIH tashkilotlari yordamida butun sinfdagi barcha o’quvchilarni maktabdagi yoki Kamalak yoki Kamolot YOIH doirasidagi jamoni ijtimoiy foydali ish faoliyatga jalb etadi. Ba`zan u sinfda ma`naviy- axloqiy masalalariga doir yoki eng muhim siyosiy voqealar to’g’risida suhbatlar o’tkazadi. IV-V sinflarda ko’pincha juda qiziqarli kitoblarni jamo bo’lib o’qish va muhokama qilish tashkil etiladi. Sinfda vaqt-vaqti bilan o’quvchilar majlisi o’tkazilib, unda turli tashkiliy masalalar: sinf boshi yoki sinf devoriy gazetasi redkollegiyasi a`zolarini saylash, qandaydir bayramga tayyorgarlik kurish masalalari, maktabda sinfning navbatchiligi to’g’risidagi, ijtimoiy foydali mehnatda mu-sobaqaga qatnashish to’g’risidagi va shu kabi masalalar muhokama qilinadi. Bular hammasi o’quvchilar bilan yalpisiga olib boriladigan ish usullaridir, Bu ish usullariga kitobxonlar konferentsiyalari va disputlarini, taniqli kishilar bilan uchrashuvlarni, kino, teatr, muzeylarga, turistik yosh o’lkashunoslik sayyohatlarga jamo bo’lib borish va shu kabilarni ham kiritish mumkin. Sinf bilan yalpisiga olib boriladigan tadbirlar, odatda, oyiga ikki-uch marta, ba`zan esa har xaftada bir marta o’tkaziladi. Ko’pchilik sinf rahbarlari sinf bilan yalpisiga ish olib borishga darsga tayyorlangandek tayyorgarlik ko’radilar.
Ular suxbat, uchrashuv yoki majlisning rejasini va asosiy masalalarini oldindan o’ylab qo’yadilar; sinf, maktab hayotidan qiziqarli faktlarni to’playdilar, o’quvchilarga turli xil topshiriqlar berib boradilar Sinf rahbari o’z rejasni, tuzar ekan, odatda, bu rejada u qachon va qanday masalalarda sinf bilan yalpisiga ish o’tkazishni kuzda tutadi masalan , Mustaqillik bayramiga yoki Konstituttsiya bayrami kuniga tayyorlanar ekan, u oldindan o’quvchilar bilan bu bayramlarni o’tkazish rejasni muhokama qilib chiqadi, bajariladigan ishlarga o’quvchilarni taqsimlaydi bayram ertaligi yoki bayram kechasini tashkil etishga tayyorgarlikda yordamlashadi.
Sinf burchagi.Maktabda o’quvchilarning o’qish va o’qishdan
tashqari ish-faoliyatlari o’tadigan asosiy joy shu sinfga
birkitilgan sinf xonasidir.
Bu sinf xonasida sinf rahbari sinf aktivi bilan birgalikda sinf burchagi tuzadi. Unda sinf kollektivining asosiy hujjatlari, uning rejalari va ishini aks ettiruvchi materialdar qo’yiladi.
Odatda, sinf burchagida o’quvchilar ro’yxati (IV-Vlll sinflarda bu ro’yxat kichik guruxlarga bo’lib beriladi), navbatchilar ro’yxati, ish rejalari jamot topshiriqlari taqsimoti, o’quvchilarning o’zlashtirish varaqasi, devoriy gazeta, sinf­ning bir muncha qiziqarli va muvaffaqiyatli ishlari to’g’risida qisqacha axborotlar («kundalik xabarlar» tarzida) bo’ladi. Sinf burchagidagi ba`zi hujjatlar doimiy quyilgan. bo’lib, boshqalari esa vaqt-vaqti bilan o’zgartirib turiladi. Sinf burchagi sinfning hayoti va faoliyatini, uning yutuqlari va kamchiliklarini aks ettiruvchi ko’zgudir,
Burchakdagi hujjatlar va materiallar maxsus taxtachaga joylashtnriladi. Ba`zan «sinf burchagi» so’zining o’rniga tepada yirik harflar bilan sinf shiori yoziladi, Masalan: «Kuch bilim va taffakurda »; «Sening noming bo’lsa agar kamolot, o’z ishingla noming toptirgil kamol!»; va shu kabilar. Ba`zan sinfning ramziy nomi yoziladi: «Izlovchilar», «Tengdoshlar».
Sinf burchaklarida ko’pincha sinfdan taqshari o’qish uchun kitoblar ro’yxati, namunaviy kun tartibi, uy vazifasini tayyorlashni tashkil etish qo’llanmasi va boshqa yo’l-yo’riq beruvchi materiallarni uchratish mumkin.
YUqori sinflarning sinf burchaklarida kamalotga kiruvchilar uchun yordam materiallari, tayyorgarlik ko’rishga oid materiallar, gazetalardan qo’shib olingan tematik materiallar joylashtnriladi. Bular hammasi sinf burchagini boyitish va uning tarbiyaviy rolini oshirishga yordam beradi.
Burchakni tuzishda va uni yangi materiallar bilan to’ldirib borishda o’qituvchilar va sinfdagi shu o’quvchilar aktivi (sinf boshi, sinf kamolot tashkiloti rahbari).O’quvchilar bilan individual ish olib borish. O’quvchilar bilan individual ish olib borish sinf rahbari faoliyatida katta o’rin tutadi. U o’z tarbiyaviy ishini asosan o’quvchilar jamosini tashkil etish va tarbiyalashga qaratar ekan, bu jamodagi alohida o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olmaslngi mumkin emas.
Har qaysi sinfda o’ziga alohida diqqatt e`tibor berishni talab etadigan o’quvchilar bo’ladi. Bular o’quv ishidagi qoloqlar, dangasa, intizomsiz o’quvchilardir. Sinfda ba`zan kekkaygan, takabbur o’quvchilar ham uchraydi. Ularning bu kamchi­liklarini tugatishlarida sinf aktivi, barcha o’qituvchilar hamda o’quvchilar, ota-onalar yordam berishi, buning uchun ta`sir etishning turli shakllaridan foydalanish kerak. SHuningdek, tortinchoq va kam faoliyat ko’rsatadigan o’quvchilar qo’shimcha e`tibor talab etadi. Ularni vaqtida rag’batlantirib, asta-sekin umumiy mehnat faoliyatiga jalb etish, in­dividual suhbatlar o’tkazish, jamoat topshiriqlari berib borish darkor.
Ilm-fan, texnika, san`atning muayyan bir sohasiga nihoyatda qiziquvchi qobiliyatli o’quvchilarga ham e`tibor berish kerak. Individual ish olib borish jarayonida ularning talantlari va qobiliyatlarini rivojlantirishga har tomonlama yordam bermoq zarur. Ularni har xil predmet va texnika to’garaklariga, badiiy havaskorlik jamolariga jalb etish, ularga maktabdan tashqari muassasalar bilan, ilmiy jamolar bilan aloqa bog’lashni maslahat berish mumkin.
O’quvchilar bilan individual ish maktabda, shuningdek, o’quvchi uyiga borib ham olib boriladi. Sinf rahbari o’quvchining uyiga borib u bilan individual ish olib borganda, ota-onalar yordami va qo’llab-quvvatlashiga tayanadi. Masalan, boshqa maktabdan VIII sinfga kelgan o’qchuvchilardan biri ja­moat ishlaridan o’zini chetda tutdi. Uning uyiga borib ahvol bilan tanishganda, uning oilada yakka o’g’il ekanligi aniqlandi. Uning ota-onasi erkalatib qo’yishibdi, uy mezhnatiga hech qanday ishtirok ettirishmabdi, Bu o’quvchidagi xudbinlikni yo’qotish, o’z o’rtoqlarini, jamoni hurmat qilishga o’rgatish uchun uning ota-onasi bilan birgalikda qancha kuch g’ayrat sarflashga to’g’ri keldi. Bu ish unga oson topshiriqlar berishdan, uning bajargan ishlarini ma`qullab, maqtab borishdan boshlandi. Unda jamoat ishlariga qizpqish uygotishga muvaffaq bo’lingandan keyin, unga yanada murakkab va mas`uliyatli topshiriqlar beradigan bo’ldilar. Unga berilgan topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish ishiga bu o’quvchining ota-onalari ham jalb etildi. Buning uchun uning ota-onalari ongiga, bola ijtimoiy-foydali mehnatga va jamoat hayotiga aktiv ishtirok etmasdan turib, mehnatsevar va faol kishi bo’lib, jamiyatning foydali a`zosi bo’lib etshia olmaydi, degan fikr singdirildi.
Aktivlar va o’quvchilarning ayrim gruhalari bilan ish olib borish.
Sinf rahbari o’quvchilar bilan yoppasiga va indi­vidual ish olib borar ekan, ayni vaqtda o’quvchilarni alohida gruxlariga ham pedagogik ta`sir ko’rsatadi. U kundalik ish jarayonida sinfning aktiv negizini yig’ib oladi va muntazam shakllantirib boradi, bu aktivni vaqti-vaqti bi­lan yig’ib, u bilan maslahatlashib turadi. Masalan, maktab tajriba uchastkasida o’quvchilar bilan yalpisiga ish olib borishga yoki jonajon o’lka bo’ylab sayohatga tayyorlanishda sinf rahbari dastlab aktiv bilan suhbat o’tkazadi, ishlash yoki sayohat, o’lka bo’ylab sayohat vaqtida o’quvchilarni uyushtirish, tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan ayrim topshiriqlar beradi va shu kabi boshqa ishlarni bajaradi. Sinf rahbari sinfdagi aktiv bilan va eng avvalo kamolot YOIH aktivi bilan birgalikda mustaqillik bayramlarni va xotira kunlarini o’tkazish rejaini tuzib chiqadi, ishlarni taksimlab qo’yadi. Bunday hamkorlikda ish olib borish jamoat aktivligini tarbiyalash maktabi bo’lib xizmat qiladn. Ko’pincha sinfda hech kim tuzmagan jamolar (kichkina-kichkina guruxchalar) paydo bo’lib qoladi. Odatda, ular umumiy manfaatlar, umumiy ish asosida tuziladi. Sinf rahbari bu jamolar faoliyati bilan qizshqishi, ularning ishini to’g’ri izga solib yuborishi kerak. By kichkina guruhalarga birlashgan o’quvchilar sinfdagi, maktabdagi umumiy ishlardan chetlashib qolmasliklari,o’z manfaatlarining tor doirasida cheklanib qolmasliklariga erishish juda muhimdir. Bolalardan ishlari to’g’risida sinf majlislarida so’zlab berishlarini, devoriy gazetaga yozishlariii so’rash mumkin.
Ba`zan sinf rahbarining o’zi yoki aktiv yordamida intizomsiz o’quvchilar gruhi bilan tarbiyaviy ishlar o’tkazadi. Masalan, butun sinfning normal ishlashiga xalaqit beradigan o’quvchilar gruhi aniqlandi, deylik. Ularda darsda tartib intizomni buzib o’tiradilar, boshqa o’quvchilarning ishiga salbiy ta`sir ko’rsatadilar. Darsning o’ziga qat`iylik va talabchanlikni oshirish bilan bir qatorda, bunday o’quvchilarni asta-sekin jamoni ishiga jalb qilib ham bermoq zarur.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling