Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari sinf rahbari ishini rejalashtirish ishlari


MAKTABNING O'QUV ISHLARI BO'YICHA DIREKTOR


Download 25.43 Kb.
bet3/3
Sana09.04.2023
Hajmi25.43 Kb.
#1345956
1   2   3
Bog'liq
SINF RAHBARINING TARBIYAVIY FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI SINF RAHBARI ISHINI REJALASHTIRISH ISHLARI

MAKTABNING O'QUV ISHLARI BO'YICHA DIREKTOR O'RINBOSARI VAZIFALARI
Maktab direktorining mansab vazifalari o’rindoshlik asosida ijro etilishi mumkin emas.
Maktab direktoriga uning o’rinbosarlari bevosita bo’ysinadi. Maktab direktori o’z vakolatlari doirasida maktabning har bir xodimi va o’quvchisiga ular uchun bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmani berishga haqli. Maktab direktori maktabdagi har qaysi boshqa xodim (uning o’rinbosari yoki boshqalar)ning farmoyishini bekor qilishga haqli.
Maktab direktori o’z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi: Maktab Ustavi va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq maktab faoliyatining barcha yo’nalishlari yuzasidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsadlar va vazifalarini belgilaydi, uning ishini dasturiy rejalash to’grisida qarorlar qabul qiladi. Muassasaning rivojlanish dasturlarini, maktabdagi ta'limiy dasturlar, o’quv rejalari, kurslar, fanlar, o’quv-uslubiy hujjatlar, Ustav va ichki tartib-qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi, maktabning boshqa ichki me'yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi. Maktabni yangi o’quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyor bo’lishini tashkil etadi va ta'minlaydi, maktabda obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi; Maktab faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o’quv-uslubiy, ma'muriy, moliyaviy, xo’jalik va boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etadi. Maktabning pedagog va boshqa xodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Kadrlarni saralash, ishga qabul qilish va joy-joyiga qo’yish ishlarini amalga oshiradi, xodimlarning mansab vazifalarini belgilaydi, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoit yaratadi. O’quvchilar uchun mashg’ulotlar jadvalini, maktab xodimlarining ish jadvallari va pedagogik yuklamasini, tarifikatsion ro’yxatlar va mehnat ta'tillari jadvallarini tasdiqlaydi. Xodimlarning ijodiy tashabbusini qo’llab-quvvatlaydi va rag’batlantiradi, jamoada ijobiy ma'naviy sof muhitni shakllantiradi. Maktab o’quvchilari va xodimlarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash maqsadida maktabda umumiy ovqatlanish tashkilotlari va tibbiy muassasalar faoliyat ko’rsatishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishini ta'minlaydi, ularning ishini nazorat qiladi. Jamoa shartnomasi bajarilishini ta'minlaydi, maktab pedagoglar jamoasi, kasaba uyushmasi tashkilotiga mu'tadil ishlash uchun kerakli sharoitlar yaratadi. Davlat, jamoat va boshqa organlarda, tashkilotlarda va muassasalarda maktab manfaatlarini himoya qiladi. Jihozlarning muhandislik-texnikaviy kommunikatsiyalarni xavfsiz foydalanishini ta'minlaydi, ularni mehnat muhofazasi bo’yicha amal qilayotgan standartlarga, qoidalarga va me'yorlarga muvofiq bo’lgan holatga keltirish choralarini ko’radi, ta'lim muassasasining binosi ko’rikdan o’tkazilishi va ta'mirlanishini o’z vaqtida tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida va maktab ichki mehnat tartib- qoidalariga belgilangan tartibda yangi xodimlar qabul qilinishini rasmiylashtiradi; Ishga yangi qabul qilingan shaxslar bilan o’rnatilgan tartibda shartnomalarni imzolaydi, mehnat muhofazasi, texnik xavfsizligi bo’yicha dastlabki ko’rsatma berish, ta'lim muassasasi xodimlari bilan ish joyida ko’rsatma berish tadbirlarini o’tkazadi, ko’rsatma berish tadbiri o’tkazilganini daftarda rasmiylashtiradi. Xodimlar va o’quvchilarning jarohatlanishi hollarini oldini olish va ular o’rtasida kasallanish darajasini kamaytirish bo’yicha profilaktik ishlarni tashkil etadi va olib boradi; Tibbiy xodimlar bilan hamkorlikda tibbiy xizmat ko’rsatilishini va sog’lomlashtirishi ishini yaxshilash choralarini ko’radi; Kasaba uyushmasi, ota-onalar qo’mitasi va Vasiylik kengashi bilan hamkorlikda ovqatlanish tashkil etilishini yaxshilash, maktab oshxonasida sifatli ovqat tayyorlanishi uchun sharoit yaratish choralarini ko’radi; Ishlayotganlar va o’quvchilarning o’quv-mehnat yuklamasini, ularning ruhiy-jismoniy imkoniyatlarini e'tiborga olgan holda, ta'minlaydi, oqilona mehnat va dam olish tartibini tashkil etadi. O’quvchilar va ishlayotganlarning salomatligi uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelganida ta'lim jarayoni o’tkazilishini ta'qiqlashga haqli
Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari:
Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari maktab direktorining tavsiyasiga ko’ra shahar xalq ta'limi bo’limining mudiri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo’shatiladi.
6.6.2. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari maktab direktori bilan hamkorlikda maktabdagi o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi, maktab pedagoglari jamoasiga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi, o’quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me'yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta'minlaydi, o’quv ishi bo’yicha hisobotlarni yuritadi va umumiy majburiy ta'lim bo’yicha ishni tashkillashtiradi.
6.6.3. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari bevosita maktab direktoriga bo’ysunadi.
6.6.4. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosariga bevosita
1) o’qituvchilar; 2) o’quvchilar; 3) laboratoriya xodimlari bo’ysunadi. 6.6.5. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari o’z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi;
Pedagoglar jamoasining faoliyati kundalik va istiqbol rejalashtirilishini tashkil etadi. O’qituvchilar va boshqa pedagog xodimlarning o’quv rejalarini va dasturlarini bajarish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.Zaruriy o’quv-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.Ta'lim jarayonining sifatini va o’quvchilarning ta'limiy tayyorgarlik natijalari ob'ektiv ravishda baholanishini, to’garaklar va fakultativlar ishini muntazam nazorat qiladi; maktab pedagog xodimlari tomonidan o’tkazilayotgan darslar va o’quv mashg’ulotlarining boshqa turlariga tashrif buyuradi (o’quv yili davomida kamida 180 soat), ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalarini pedagoglarga ma'lum qiladi..Imtixonlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish ishlarini tashkil etadi. Ota-onalar uchun ma'rifat ishlarini tashkil etadi, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalarni (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi. Pedagog xodimlarga yangi (innovatsion) dasturlar va pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi; o’quv mashg’ulotlari va ta'lim faoliyati boshqa turlarining jadvallarini tuzadi, vaqtinchalik yo’q bo’lgan o’qituvchilarning darslari sifatli va o’z vaqtida almashtirilishini ta'minlaydi, qoldirilgan va boshqa o’qituvchi o’rniga o’tilgan darslarni qayd qilish jurnalini yuritadi.Belgilangan hisobot hujjatlari o’z vaqtida tuzilishini ta'minlaydi, pedagoglar tomonidan sinf jurnallari va boshqa hujjatlar to’g’ri va o’z vaqtida yuritilishini nazorat qiladi.Pedagog kadrlarni saralash va joy-joyiga qo’yishda ishtirok etadi, ularning malakasini va kasbiy mahoratini oshirish ishlarini tashkil etadi; Uslubiy birlashmalar ishiga rahbarlik qiladi, o’z malakasini oshiradi.Maktab pedagog va boshqa xodimlarini attestatsiyadan o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishda ishtirok etadi; pedagoglar va o’quv-tarbiya xodimlar tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritadi, imzolaydi va maktab direktoriga topshiradi. Direktorning ma'muriy-xo’jalik ishlar bo’yicha o’rinbosari ishtirokida o’quv xonalari, ustaxonalar, sport zali hamda yordamchi xonalarni pasportlashtirishni o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishini tashkil etadi.Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha Yo’riqnomalar hamda amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarda xavfsizlik texnikasi bo’yicha bo’limlar ishlab chiqilishini va vaqti-vaqti bilan kamida 5 yilda 1 marta qayta ko’rib chiqilishini tashkil etadi.Direktorning tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari bilan hamkorlikda yo’l harakati, suvda va ko’cha-ko’yda o’zini tutish, yongin xavfsizligi qoidalarini o’rgatish uslubiyati va tartibini belgilaydi, o’quvchilar bilimlarini tekshiruvdan o’tkazishni amalga oshiradi.Kasaba qo’mitasi bilan hamkorlikda o’quv asboblari va jihozlari, kimyoviy reaktivlar, ko’rgazmali qurollar, maktab mebelidan foydalanish va saqlash xavfsizligining ma'muriy-jamoa nazoratini amalga oshiradi. Namunaviy ro’yxatlarda nazarda tutilmagan, shu jumladan tegishli ruxsatnoma-dalolatnomasiz ustaxonalarda, o’quv xonalari va boshqa xonalarda o’rnatilgan yasama kimyoviy reaktivlar, o’quv jihozlari va asboblarni olib qo’yish choralarini o’z vaqtida ko’radi, ta'lim muassasasi xonalarida xodimlar va o’quvchilarning sog’ligi uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelganida ta'lim jarayonini to’xtatib turadi. Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagoglarning jamiyatdagi o’rniga munosib bo’lgan axloqiy me'yorlarga amal qiladi.
6.7. Maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari:
6.7.1. Maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari direktorining taqdimotiga ko’ra shahar xalq ta'limi bo’limining mudiri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan olinadi.
6.7.2. Maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari o’quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishni tashkil qiladi, tarbiyaviy jarayon yuzasidan umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, aniq bir tadbirlar o’tkazilganida o’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlashda xavfsizlik texnikasi me'yorlariga va qoidalariga rioya qilinishini ta'minlaydi, mahalla qo’mitasi va boshqa maktabdan tashqari tashkilotlar bilan hamkorlikda rahbarlik qiladi.
6.7.3. Maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari bevosita maktab direktoriga bo’ysunadi.
6.7.4. Maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosariga bevosita: 1) sinf rahbarlari; 2) o’quvchilar; 3) sardorlar; 4) qo’shimcha ta'lim pedagoglari bo’ysunadi.
6.7.5. Maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari o’z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi: o’quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ish bo’yicha joriy va istiqbol rejalar tuzilishini va uning o’tkazilishini tashkil etadi.Maktabdan tashqari tashkilotlar: mahalla qo’mitasi va shu kabi boshqa tashkilotlar bilan olib boriladigan ishlar rejasi tuzilishini tashkil etadi.Tarbiyachilar, sinf rahbarlari, katta sardor va bevosita ushbu direktor o’rinbosariga bo’ysunuvchi boshqa xodimlarning ishini muvofiq lashtiradi.
Muntazam ravishda tarbiyaviy jarayon sifatini, to’garaklar ishini va maktabdan tashqari tadbirlar o’tkazilishini nazorat qiladi; sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tadbirlarga, to’garaklar mashg’ulotlariga (o’quv yili davomida kamida 180 soat) qatnaydi, ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalaridan pedagoglarni xabardor qiladi. Tarbiyaviy jarayonni tashkil etish masalalari bo’yicha ota-onalarni (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi.
Download 25.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling