Sinf: Sana: Fan: O’quvchi soni: Qatnashdi: Dars mavzusi


Jihoz: Slaydlar, mavzuga oid ko’rgazmalar, tarqatma materiallar. Nazorat


Download 33.25 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2023
Hajmi33.25 Kb.
#1636584
1   2
Bog'liq
Asqad Muxtorning hayoti va ijodi.”Chinor” ro

Jihoz:Slaydlar, mavzuga oid ko’rgazmalar, tarqatma materiallar.
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’zini-o’zi nazorat qilish.
Baholash: O’quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.

Kutiladigan natijalar

Adib hayoti, romanlari haqida bilim va ko`nikmalari rivojlanadi, ularda buyuk siymolarimiz haqidagi ma`lumotlar kengayadi.

Kelgusida rejalar (tahlil o`zgarishlar)

O`qituvchi o`z faoliyatining tahlil asosida yoki hamkasblarining tahlil va takliflari asosida keyingi darslarga o`zgartirishlar kiritadi.

Dars rejasi va vaqt taqsimoti



1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Reja asosida yangi darsning borishi
a) Yangi mavzuga tayyorgarlik
b) Yangi mavzuni bayoni
d) Mustahkamlash

8 daqiqa
10 daqiqa
15 daqiqa

3

Darsga yakun yasash va baholash

5 daqiqa

4

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
-Salomlashiladi.
-Davomat aniqlanadi.
-O’quvchilar darsga hozirlandi.
Shundan so’ng darsda rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar e’lon qilinadi.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar darsni boshlashdan oldin darsimizning oltin qoidalarini eslatib o’tsam. Bular
1. Intizom 4. Aniqlik
2.Ahillik 5. O’ng qo’l qoidasi
3.Faollik 6. Boshqalar fikrini hurmat qilish (Slayd orqali ham namoyish etiladi)
Endi bugungi darsimiz shiorini e’lon qilsam.
Dars shiori e’lon qilinadi.
Bizning shior: Doim hushyor.
Biz kim: Sog’lom avlod.
Maqsadimiz: Beshikdan to qabrgacha ilm izla.
O`zingizni tanishtiring: Biz buyuk yurt osmonida
Go`zal kapalak!
Sog’lom avlod bo`lmoq
Eng ezgu niyat.
Uyga vazifani so’raladi.
O’qituvchi: o’quvchilar uyga qanday vazifa berilgan edi?
O’quvchi: Usmon Nosir hayoti va ijodi “Nil va Rim” asari haqida so’zlash.
1.”Umr tepasida musht tuygan…” misrasini izohlashga harakat qiling.
2. Shoir o’z zimmasiga qanday kata ish olganki, uni tamom qilmasdan umrini tugashi mumkinligini aytyapti?
3. She’rda qo’llanilgan badiiy o’xshatishlarga misollar toping?
O’tgan mavzuni mustahkamlash yuzasidan qolgan o’quvchilarga tarqatma materiallar yordamida savollar tarqatiladi. Javoblar olinganidan so’ng o’qituvchi tomonidan o’quvchilar baholanadi. O’tgan mavzu o’quvchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilganligi xulosalanadi.
Yangi mavzu bayoni:
XX asr o’zbek she’riyati, nasri, tarjimachilik san’ati va dramaturgiyasi rivojida Asqad Muxtorning alohida xizmatlari bor.
Asqad Muxtor 1920-yilning 23-dekabrida Farg’ona shahrida temiryo’lchi oilasida dunyoga keldi. Asqad Muxtor balog’at yoshiga yetguncha bolalar uyida tarbiya topadi, o’qiydi.1936-yil u Toshkentga kelib, jurnalistlar tayyorlaydigan kurslarga o’qishga kiradi, gazeta tahririyatida ishlaydi. Asqad Muxtor1938-yilda Samarqanddagi dorulfununga o’qishga kiradi. Asqad Muxtor Universitetni muvaffaqiyatli tamomlagach, uni Andijonga ishga yuboradilar.
1960-1965-yillar oralig’ida Asqad Muxtor Respublikaning eng yirik adabiy nashri- “Sharq yulduzi” jurnaliga muharrirlik qiladi. Respublikada “Asqad Muxtor tahrir maktabi” degan haqli ibora bejiz paydo bo’lmagandi. Asqad Muxtor badiiy ijodga juda yoshligidan qiziqdi.
Ayniqsa, uning “99 miniatura”, “Karvon qo’ng’irog’i” to’plamlaridan joy olgan lirik asarlari o’z davri adabiyoti piligining sezilarli darajada ko’tarilishiga sababchi bo’lgan edi.
Bundan tashqari, Asqad Muxtorning bolalarga bag’ishlangan “Chin yurakdan”, (1956) nomli she’riy, “ Hayotga chaqiriq”(1956), “Dunyo bolalari” (1962) nomli hikoyalar to’plamlari ham nashr qilindi.
Taniqli adib uzoq davom etgan og’ir xastalikdan so’ng 1996-yil 17-aprelda Toshkent shahrida vafot etdi.
O’quvchilar bilimini savol-javoblar orqali sinash.
Chinor” romani bo’yicha bilim ko’nikma hosil qilish.
Asqad Muxtor romanlari ichida, ayniqsa, “Chinor” asar muallifga
katta shuhrat keltirgan. Bu asar o’ziga qadar yaratilgan o’zbek romanlaridan bir nechta jihatlari bilan ajralib turadi.
Aytishimiz kerakki, bu “g’alatilik” faqat tashqi tomondan yuzaki qaragandagina shundaydir. Aslida, romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog’lanadi. Mana shu ota qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutunamiz. Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni «to‘g‘ri yo‘lga solib yuborish»dan o‘zini tiyadi. Ortiqcha hayajon, chuchmal emotsionallik Asqad Muxtor uslubiga mutlaqo yot ekani «Chinor» romanida yaqqol o‘zini ko‘rsatgandi. Bu jihatdan, yozuvchi yoshligidan o‘qib-o‘rgangani rus va g‘arb adabiyoti tamoyillarini milliy adabiyotimiz maydonida ham dadil qo‘llashdan cho‘chimaganiga guvoh bo‘lamiz. Hozirgi paytda o‘zbek adabiyotshunosligida ko‘p tilga olinayotgan «shafqatsiz realizm» ko‘rinishlarim Asqad Muxtor o‘tgan asming 60-yillaridayoq romanchiligimizga olib kirgani ham uning ijodiy tashabbuskorligi (novatorligi)dan yana bir nishonadir...
Endi, Ochil bobo — Chinor shajarasida unib qolgan ana shunday «mo‘rt bir barg» — Akbarali ismli konchi yigit taqdiridan hikoya qiluvchi mungli qissani birgalikda o‘qiylik-da, keyin suhbatimizni davom ettiraylik. “Chinor” romanidan parcha: Mehmonxona tez topildi: chiroqlar ko‘proq tomonga yurishgan edi, katta chorrahadan chiqishdi, undan sal narida ikki qavatli jo‘ngina mehmonxonaning viveskasi ko‘rinib turardi. Navbatchi, xushmuomalagina, uyqusiragan bir kampir, ularni yo‘lakning narigi boshidagi katta xonaga joylashtirib, choy damlash uchun objo‘shni qayerdan olishni ham ko‘rsatib qo‘ydi. Yaxshi uyqubop joy ekan. Bir qavatli derazadan uzoqdagi tog‘ daryosi Shodasoyning bir me’yorda shovullashi eshitilib turibdi.— Mana, — dedi o‘z ko‘nglini o‘zi ko‘tarib Ochil buva, — shukur, yetib keldik. Bemalol dam olaylik. Akbaralini bo‘lsa ertaga topib olamiz, hech qayoqqa ketmaydi. — U etigini yechib, odaticha karavotga chiqib chordana qurdi. Shunday bir o‘tirib soqolini tutamlab chapga buramasa nafas rostlaganday bo‘lmas edi. — Lekin muzey eshigini qoqqanimiz qiziq bo‘ldi, — dedi u yana, — shahar juda ham o‘zgarib ketibdi-da?. Charchagan Azimjon yelkasini qisdi. U qo‘l yuvgach, qiyig‘ini stolga yozib, non sindirdi, xuqunni yoniga tortib kovlashtira boshladi. Ochil buva nafas rostlagach, tunuka choynakni olib, choy damlagani chiqdi. «Kubovaya» deb yozilgan xonani ochsa, hammomdagic' 'k issiq hovur gup etib yuziga urdi, burchakda katta bak sharaqlab qaynab yotar edi. Ochil buva choyni achchiqqina qilib damlab, orqasiga qarasa, bir odam qaynoq suv olmoqchi bo‘lib piyola tutib turibdi.
Mustahkamlash.
1.Asqad Muxtor hayoti va ijodi haqida so’zlab bering?
2.Asqad Muxtorning qanday she’riy to’plamlarini bilasiz?
3.Adibning romanlari va qissalarining nomlarini ayting?
4.”Asqad Muxtor-tarjimon” deganda qaysi asarlar nazarda tutiladi?
5. Shoirning bolalarga bag’ishlangan asarlarini aytib bering?
6. “Hafta” she’ridagi asosiy fikr nimada?
O’quvchilar bilmaganlarini kuzatib tekshirish va rag’batlantirish,xulosalash.
Ha aziz o’quvchilarim buyuk siymolar haqida qancha gapirsak ham oz. Bugungi mavzumizda shoirimiz aytganidek oq yuvib, oq taragan,kiyintirgan,yedirgan ota-onalarimiz ishonchini oqlaylik. E. Vohidov aytganidek har bir daqiqadan unumli foydalanib,davlatimizga elimizga kerakli insonlar bo’lib yetishaylik.
Darsni yakunlash:
Guruh g`oliblarini aniqlash.
Darsga faol qatnashgan o`quvchilar bilimini rag`batlantirish;
Uyga vazifa : Asqad Muxtorning hayoti va ijodi.”Chinoz” romani so’zlashga tayyorlanish.
Download 33.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling