1404-yil 27-noyabr Amir Temurni Samarqanddan Xitoyga safari.
1405-yil 18-fevral Amir Temur Xitoy tomon yurish chog’ida O’tror hokimi Berdibek saroyida vafot etdi.
1405-yil 18-mart Xalil Sulton Mirzo o’zboshimchalik bilan Samarqandni egalladi va o’zini Movarounnahrning oliy hukumdori deb e’lon qildi.
1406-yil mart Klavixo boshchiligidagi Ispan elchilari o’z yurtlariga qaytishdi.
1407-yil 22-fevral Pirmuhammad Pir Ali Toz boshliq fitnachilar tomonidan o’ldirildi.
1408-yil 22-aprel Qoraquyunli turkmanlarning rahbari Qora Yusuf bilan bo`lgan jangda Mironshoh halok bo`ldi. Natijada tez orada Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qo`lidan chiqib ketdi.
1409-yil bahori Amir Hudoydot O`ratepa va Shohruhiyani osongina egallab, Samarqandga askar tortdi.
1409-yil 25-aprel Shohrux Amudaryodan o’tib Samarqandga yurish qildi. Yurish 5 yil davom etdi.
1409-yil Shohrux Mirzo Ulug’bekni Movarounnahr va Turkiston hokimi qilib tayiladi.
1410-yil 20-aprel Shayx Nuriddin boshliq isyonchilar bilan Mirzo Ulug’bek o’rtasida Samarqand yaqinidagi Qizilravot mavzeyida jang bo’lib o’tdi.
1412-yil Movarounnahr va Turkistonni to’liq boshqarish 18 yoshli Mirzo Ulug’bek qo’liga o’tdi.
1413-yil Shoxrux tomonidan Xorazm Oltin O’rda xonlari tasarufidan qaytarib oldi.
1414-yil Ulug’bek Farg’ona va Qoshg’arni egalladi.
1417-yil Ulug’bek farmoni bilan Buxoroda madrasa qad ko’tardi.
1420-yil Ulug’bek farmoni bilan Samarqandda madrasa qad ko’tardi.
1424-1429-yillar Ulug’bek Obirahmat anhori bo’yida rasadxona qurdirdi.
1425-yil erta bahori Ulug’bek mo’g’ullar ustiga yurishi va Issiqko’l yaqinida mo’g’ullar ustidan g’alabasi. (Shu g’alabani Ulug’bek Ilono’tdi darasida “Zafarnoma”tarzida
yozib qoldirdi. Bu hijriy 828-yilga to’g’ri keldi)
1428-yil Ulug`bek tomonidan mayda mis chaqa tangalar-,,fuluslar” islohoti amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |