1429-yil Hirotda Boysung`ur tomonidan Abulqosim Firdavsiyning ,,Shohnoma” si ko`chirildi va 20 ta turli mazmundagi miniaturalar bilan bezaldi.
1432-1520-yillar Xattot Sultonali Mahshadiy yashagan yillar.
1433-yil Ulug’bek farmoni bilan G’ijduvonda madrasa qad ko’tardi.
1438–1498-yillarda Mirxond yashagan.
1441-1501-yillar Alisher Navoiy yashagan yillar.
1447-yil 12-mart Sulton Muhammad isyonini bostirishga qarshi kurash arafasida Shohruh Ray viloyatida olamdan o`tdi.
1447-yil bahor Boysung`urning o`g`li Alouddavla Ulug`bekning o`g`li Abdullatifning qo`shinini tor-mor etdi.
1448-yil bahor Ulug`bek va Abdullatifning birlashgan 90 ming kishilik qo`shini Alouddavla qo`shinini Tarnob yaqinida tor-mor etdi.
1449-yil oktabr Abdullatif Termiz, Shahrisabz va Xuzorni egalladi, Damashq qishlog`i yaqinida Abdullatif va Ulug`bek qo`shinlari o`rtasida hal qiluvchi jang bo`lib o`tdi.
1449-yil oktabrda Mirzo Ulug`bek Abdullatif boshchiligidagi isyonchilar tomonidan 55 yoshida qatl etildi.
1451-yil Abulxayrxon Abu Said yordami bilan Toshkent, Chinoz va Jizzax orqali Mirzo Abdulloga qarshi yurish qildi.
1454-yil Hirot hokimi Abulqosim Bobur Movarounnahrga bostirib kirdi.
1455–1536-yillarda Kamoliddin Behzod yashagan.
1457-yil Shohruhning nabirasi-Abulqosim Bobur vafot etdi.
1457-yil Abu Said Hirot taxtini egalladi.
1469-yil bahor-Abu Said Ozarbayjon, G`arbiy Eron va Iroqqacha bo`lgan viloyatlarni egallab olgan turkmanlarga qarshi kurashda halok bo`ldi.
1469-yil 24-mart-Umarshayx Mirzoning avlodi Husayn Bayqaro Xuroson hukmdori sifatida Hirotga tantanavor kirib keldi.
1469-1494 yillar Movarounnahrda Abu Saidning o`g`li Sulton Ahmad davri.
1475–1535-yillarda Xondamir yashagan.
1494-1495 yillar Movarounnahrda Abu Saidning o`g`li Sulton Mahmud davri.
1498-1500-yillar Sulton Mahmud o’g’li Sulton Ali davri.
Do'stlaringiz bilan baham: |