XIX asr ikkinchi yarmi - Butun qoraqalpoq urug’larini boshqarish soliqlarni undirish, harbiy xizmatni o’tash majburiyatlariga doir ishlarni tartibga solish maqsadida beklarbegi lavozimi tayin etilgan.
XIX asr ikkinchi yarmi - Qoraqalpoqlar o’troq hayot tarziga o’tib, dehqonchilik ular hayotida asosiy o’rinni egallay boshlaydi.
XIX asr ikkinchi yarmi - Qoraqalpoqlarda 40 bosh qoramol uchun 9 so’m, 40 bosh qo’y va echki uchun 2 so’m 50 tiyin pul miqdorida zakot olingan olingan.
XIX asr ikkinchi yarmi - Qoraqalpoqlarda tabaqalanish jarayoni kuchayadi.
XIX asr ikkinchi yarmi - Toshkent shahrining 12 ta darvozasi bo’lgan: Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag’bon, Chig’atoy, Ko’kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog’och, Qo’ymas, Qo’qon, Qoshg’ar;
XIX asr ikkinchi yarmi - Turkiston o’lkasida ma’rifatparvarlik harakati vujudga keldi.
XIX asr ikkinchi yarmi - Turkiston o’lkasida mustamlaka zulmi ostidagi ziyolilar o’z xalqlarini ma’rifatli qilish va ularning taraqqiyot darajasini ko’tarishga qaratilgan harakatlarni boshladilar.
XIX asr oxiri - Andijon jome masjidi qurildi.
XIX asr oxiri - Buxoro amirligi hududlari Rossiya imperiyasi tasarrufiga o’tgan hududlar hisobiga qisqargan edi.
XIX asr oxiri - Buxoro amirligi lashkari shoshilinch tarzda yig’iladigan, yomon harbiy ta’lim ko’rgan va soda qurollar bilan taminlangan dehqonlardan iborat bo’lgan.
XIX asr oxiri - Buxoro, Chorjo’y, Karki, Termiz, Kogon(Yangi Buxoro)da Rossiya firmalarining idora va omborxonalari mavjud edi.
XIX asr oxiri - Xiva shahrida 160 dan ortiq masjid va 60 dan ortiq avliyoning dahmasi mavjud bo’lgan.
XIX asr oxiri - Xiva xoni mamlakatni qo’ng’irot urug’i zodagonlari, saroy a’yonlari va oliy ruhoniylar guruhi madadiga tayanib boshqarardi.
XIX asr oxiri - Xiva xoni ustidan nazorat qilish maqsadida Rossiya imperiyasi tomonidan 7 kishidan iborat Kengash (Devon) tasis etilib, ularning to’rt nafari podsho hukumati vakillari edi
XIX asr oxiri - Xonning muntazam qo’shini yasovulboshi boshqaradigan, 1, 5 ming kishidan iborat edi.Harbiy harakatlar davrida shahar, qishloq va ovullarda xalq lashkari hamda harbiy harakatlarda turkman otliq sipohilari jamlanardi
Do'stlaringiz bilan baham: |