Umurbekov 2017 yil 1 yanvar kuni taxminan soat 09: 00 larda Qorasaroy
Download 237.38 Kb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI 2-kurs oraliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- GIYOHVANDLIK VOSITALARI, ULARNING ANALOGLARI VA PSIXOTROP MODDALAR BILAN QONUNGA XILOF RAVISHDA MUOMALA QILISHGA OID JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA SUD
1-kazus Umurbekov 2017 yil 1 yanvar kuni taxminan soat 09:00 larda Qorasaroy koʻchasida joylashgan “Gʻoyib ota” qabristoni oldida fuqaro Isayevning boshqaruvida boʻlgan “Yashnobod” MCHJ 1-avtokorxonasiga tegishli “Kobalt” rusumli avtomashinasiga yoʻlovchi sifatida oʻtirib, u bilan Toshkent viloyati, Gʻazalkent tumaniga borib kelishga kelishadi. Toshkent viloyati, Gʻazalkent tumaniga borib kelgandan soʻng Isayev Umurbekovdan yoʻl kira haqqini berishini soʻraydi. Umurbekov esa yoʻlkira haqini bermaslik maqsadida Isayevga hujum qilib, sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatib, qoʻli bilan urib tan jarohati yetkazib voqea joyidan yashirinadi. Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga koʻra, Isayev bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap qoshi tikilgan yarasi, chap pastki qovogʻi qontalashi, burun suyagi siljib sinishi kabi oʻrtacha ogʻir darajadagi tan jarohati olgan. Vaziyatga huquqiy baho bering, jinoyat tarkibini tahlil qiling
Javobi:
Vaziyatni huquqiy jihatdan muhokama qilishdan avval, vaziyatdagi holatlarni aniqlashtirib olsak: 1. Umurbekov G’azalkent tumaniga Isayev boshqaruvida bo’lgan Kobalt rusumli avtomashinada borib keladi. 2. Umurbekov Isayevga kira haqini bermaydi. 3. Isayev kira haqini so’raganda Umurbekov Isayevni urib, unga o’rtacha og’ir darajadagi tan jarohatini yetkazadi. Vaziyatni huquqiy tahlil qilishda quyidagi qonunga asoslandik: 1. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi Bu vaziyatni jinoyat deb belgilashdan avval, jinoyat huquqida sodir etilgan aniq bir ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholash uchun zarur bo`lgan obyektiv va
subyektiv belgilarning minimal yig`indisi hisoblanmish jinoyat tarkibini aniqlab olish muhimdir. Shu o`rinda jinoyat tarkibining zaruriy hamda fakultativ belgilari mavjud. Zaruriy belgi deganda jinoyat tarkibining ma’lum bir elementida so`zsiz ishtirok etadigan belgilardir. Fakultativ belgisi esa, jinoyat tarkibining ma’lum bir elementida hamma vaqt ham ishtirok etmaydigan belgilardir. Endi esa jinoyat tarkibi tushunchasiga kelsak: Jinoyat tarkibi quyidagilardan iborat: 1. Obyekt – qonun bilan himoya qilingan ijtimoiy munosabat ya’ni Isayevni sog’lig’i; 2. Obyektiv tomon – jinoyatning tashqi ko`rinishi ya’ni Umurbekov tomonidan Isayevga hujum qilib, sog'liq uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatib, qo'li bilan urib tan jarohati yetkazishida namoyon bo’ladi; ya`ni uni urishi va Isayevning tan jarohati olishi, jinoyat sodir etilgan vaqt, joy kabilar jinoyatning obyektiv tomonlariga kiradi. 3. Subyekt – jinoyat sodir etgan aqli raso shaxs ya’ni Umurbekov; 4. Subyektiv tomon – ayb shakli Umerbekovning motiv va maqsadi ya`ni tan jarohati yetkazish maqsadi ushbu jinoyatning subyektiv tomoni hisoblanadi. U bu ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan sodir etgan, ya’ni o`z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan. Jinoyatning zaruriy belgilari ushbu jinoyatda aqli rasolik va ayb ish (qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida). Umerbekov aqli raso kishi va aybning qasddan turiga mansub chunki u bu jinoyatni ehtiyotsizlik oqibatida emas atay qilgan. Bu jinoyatatning fakultativ belgisi sifatida 2017 yil 1 yanvar kuni taxminan soat 09:00 larda Qorasaroy koʻchasida joylashgan “Gʻoyib ota” qabristonini olsak bo’ladi. Chunki jinoyat sodir bo’lgan joy,vaqt va hudud kabilar jinoyatning fakultativ belgisiga kiradi. Ushbu jinoyat Jinoyat kodeksining maxsus qismidagi 105-modda bilan kvalifikatsiya qilinadi. Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli boʻlmagan va ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sogʻliqning uzoq vaqt, yaʼni kamida yigirma bir kun, ammo toʻrt oydan koʻp boʻlmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining oʻn foizdan oʻttiz uch foizgacha yoʻqolishiga sabab boʻlgan qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish jinoyati uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi kodeksda keltirib o’tilgan. Ushbu jinoyatga qo’shimcha ravishda Oliy Sud Plenumi qarorini ham bazi joylarini kletirib o’tishni afzal deb bildik. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING QARORI BADANGA QASDDAN SHIKAST YETKAZISHGA OID ISHLAR BO‘YICHA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA
Qasddan badanga turli darajada shikast yetkazish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini muhokama qilib, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyat qonuni normalari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-
moddasiga asoslanib, Oliy sud Plenumi qaror qiladi: 3. Jinoyat kodeksi 104—110-moddalari bo‘yicha javobgarlik aybdorda mazkur moddalar dispozitsiyasida ko‘rsatilgan shikastni boshqa bir odamga huquqqa xilof ravishda yetkazishga nisbatan qasd (to‘g‘ri yoki egri) mavjud bo‘lgandagina kelib chiqadi. Agar aybdor o‘z harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli ekanligini anglasa, jabrlanuvchi badaniga muayyan darajada shikast yetkazishi mumkinligiga ko‘zi yetsa va shuni xohlasa yoinki xohlamasada, bunga ongli ravishda yo‘l qo‘ysa yoki o‘z qilmishidan kelib chiqadigan oqibatlarga befarq qarasa, barcha qilmish aslida kelib chiqqan oqibatlar bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. 4. Badanga har qanday og‘irlik darajasida qasddan yetkazilgan shikast uchun javobgarlik aybdorning qilmishi bilan kelib chiqqan, JK 104—110-
moddalarida ko‘rsatilgan oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Agar mazkur oqibatlar, garchi ular aybdorning huquqqa xilof harakatlari bilan bog‘liq bo‘lsada, biroq organizmning individual xususiyatlari yoki ko‘rsatilgan tibbiy yordam tegishlicha bo‘lmaganligi, jabrlanuvchining unga yetkazilgan ziyon og‘irlashishiga sabab bo‘lgan o‘z harakatlari, aybdorning qasdi bilan qamrab olinmagan boshqa holatlar tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, qilmishni
Jinoyat kodeksining ko‘rsatilgan moddalari bilan kvalifikatsiya qilish uchun asoslar bo‘lmaydi.
Malikov giyohvandlik vositasi 0,31 gramm gashishni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay, qonunga xilof ravishda yonida saqlab yurganida, 2017-yil 11-oktyabr kuni soat 08:30 larda “Keles” blok postida “Matiz” rusumli avtoulovini boshqarib kelayotganida, ichki ishlar xodimlari tomonidan toʻxtatilib koʻzdan kechirilgan vaqtda, egnidagi qora charm nimchasining oʻng yon tashqi choʻntagidan shu giyohvandlik vositasi topilib olingan. Sud-kimyoviy eskpertizasining 2017-yil 11-oktyabrdagi 2/872-sonli xulosasiga koʻra, Malikovdan olingan modda tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannobinol mavjud boʻlib, bu modda “gashish” deb atalishi, uning ogʻirligi 0,31 grammga tengligi aniqlangan. Malikov aybiga toʻliq iqror boʻlib, u 2017-yil 10-oktyabr kuni soat taxminan 20:00 larda qarindoshi Malikovga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinasini ishonchnoma asosida boshqarib kelayotganida, Keles koʻprigining yonidagi bozor oldida ikki nafar erkak yoʻlovchi uni toʻxtatib, “Abu-saxiy” bozoriga olib borib qoʻyishni soʻrashganligini, u yoʻl kira haqini kelishib, ularni manziliga olib ketayotganida bir necha bor yoʻtalib, aksa urganida yoʻlovchilardan biri unga “aka shamollab qolibsizku” deganligini, shunda u yoʻlovchiga “ha shamollab qoldim, shunga dori ichib yuribman” deb aytganligini, ular soat taxminan 20:30 larda “Abu-saxiy” bozoriga yetib borishganligini, yulovchilar mashinadan tushib, ulardan biri unga 12.000 soʻm yoʻl kira xaqini berib, “aka mana bu narsani oling, sizga davo boʻladi, sutga qoʻshib ichsangiz shamollashingiz tezda oʻtib ketadi, bu narsa kasalingizga davo boʻladi” deb unga qogʻozda oʻralgan narsani berganligini, u ushbu qogʻozga oʻralgan narsani olib, ochib koʻrganida “gashish” ekanini bilganligini va egnidagi
qora charm nimchasining oʻng tashqi choʻntagiga solib qoʻyganligini, shundan soʻng u koʻchada yana biroz vaqt kira qilib uyiga ketganligini, ertasiga, yaʼni 2017-yil 11-oktyabr kuni u nonushta qilganidan soʻng kira qilish maqsadida avtoulovini boshqarib koʻchaga chiqqanligini va kira qilib yurib Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga harakatlanib kelayotganida, “Keles” YPX maskanida uni IIB xodimlari toʻxtatishganligini va unga “yoningizdagi barcha narsalarni chiqaring” deb aytishganligini, shunda u egnidagi qora charm nimchasining oʻng tashqi yon choʻntagidan qogʻozga oʻralgan “gashish” giyohvand moddasini olib, ushbu moddani oʻzining isteʼmoli uchun yonida saqlab yurganini aytganligini, IIB xodimlari ikki nafar xolislarni ishtirokida undan qogʻozga oʻralgan “gashish” giyohvand moddasini olib, hujjatlar rasmiylashtirishganligini, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini bildirgan. Vaziyatga huquqiy baho bering, jinoyat tarkibini tushuntiring
Javob: Bu vaziyatni jinoyat deb belgilashdan avval, jinoyat huquqida sodir etilgan aniq bir ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholash uchun zarur bo`lgan obyektiv va subyektiv belgilarning minimal yig`indisi hisoblanmish jinoyat tarkibini aniqlab olish muhimdir. Shu o`rinda jinoyat tarkibining zaruriy hamda fakultativ belgilari mavjud. Zaruriy belgi deganda jinoyat tarkibining ma’lum bir elementida so`zsiz ishtirok etadigan belgilardir. Fakultativ belgisi esa, jinoyat tarkibining ma’lum bir elementida hamma vaqt ham ishtirok etmaydigan belgilardir. Ushbu jinoyatda jinoyatning zaruriy belgilari bular asosan aqli rasolik va ayb (qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida) kabilardir. Jinoyatning fakultativ belgilari esa jinoyatning sodir bo’lish vaqti ya`ni
Jinoyat tarkibi quyidagilardan iborat: 1. Obyekt – giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalar bilan muomala qillsh sohasidagi munosabatlar; 2. Obyektiv tomon – jinoyatning tashqi ko`rinishi ya’ni Malikov tomonidan giyohvandlik vositalari va psixatrop moddalarni egallash, uni ya`ni gashish deb nomlanadigan giyohvand moddani yonida saqlab yurish kabilar; 3. Subyekt – jinoyat sodir etgan aqli raso shaxs ya’ni Malikov; 4.Subyektiv tomon – ayb shakli. bu ijtimoiy xavfli qilmish qasddan sodir etiladi ya`ni Malikov bu ishi jinoyat ekanligini bila turib giyohvand moddani yonida saqlab yurishi bu ehtiyotsizlik emas qasddan qilingan ayb shakliga kiradi. Bu jinoyatda giyohvand modda miqdori 0.31 gramm bo’lgani bois jinoiy javobgarlikka tortib bo’lmaydi bunda ma`muriy javobgarlikka tortiladi. Ma`muriy kodeksimiz 56-moddasi asosida bu jinoyatni kvalifikatsiya qilamiz. Ushbu moddani ham keltirib o’tamiz. 56-modda. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay oz miqdorda g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish — giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni musodara qilib, o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq jazosiga sabab bo‘ladi. Ushbu jinoyatga qo’shimcha izoh tarzda 56-moddaga Oliy Sud Plenumi qarorini ham kletirib o’tishni afzal deb topdik. O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING QARORI GIYOHVANDLIK VOSITALARI, ULARNING ANALOGLARI VA PSIXOTROP MODDALAR BILAN QONUNGA XILOF RAVISHDA MUOMALA QILISHGA OID JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA . Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlarini ko‘rishda qonunlar to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash, mazkur toifa ishlar bo‘yicha odil sudlov sifatini oshirish maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: . 1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyatlar aholi sog‘lig‘iga, jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy negiziga jiddiy tahdid soladi, oilaviy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, boshqa ijtimoiy muammolar keltirib chiqaradi. . 2. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyat ishlarni ko‘rishda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (keyingi matnda — JK) 270 — 276-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi 1999-yil 19- avgustdagi Qonuni ,
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzda o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli Qarori
, Psixotrop moddalar to‘g‘risidagi Konvensiya (1971-yil 21-fevral, Vena), Giyohvandlik vositalari to‘g‘risidagi Yagona konvensiya (1961-yil, Vena), Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotik vositalar va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Konvensiyasi (1988-yil 20-dekabr, Vena), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining mazkur sohaga oid xalqaro kelishuvlariga rioya etilishi lozim.
3. Tushuntirilsinki, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish deganda, ularni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan shart va tartibni buzgan holda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (olib chiqish), tranzit tarzida o‘tkazish, saqlash, berish, realizatsiya qilish, taqsimlash, olish, tashish, jo‘natish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, ulardan foydalanish va ularni yo‘q qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish tushuniladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. JINOYAT HUQUQI M.H. RUSTAMBOYEV 2. BADANGA QASDDAN SHIKAST YETKAZISHGA OID ISHLAR BO‘YICHA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUD PLENUM QARORI 3. GIYOHVANDLIK VOSITALARI, ULARNING ANALOGLARI VA PSIXOTROP MODDALAR BILAN QONUNGA XILOF RAVISHDA MUOMALA QILISHGA OID JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING QARORI 4.
O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSI 5. JINOYAT HUQUQI MAXSUS QISM M.H.RUSTAMBOYEV
Download 237.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling