sinf testlari sinf biologiya olimpiada savollari variant


-sinf biologiya olimpiada uchun test. III variant


Download 86.79 Kb.
bet9/10
Sana06.04.2023
Hajmi86.79 Kb.
#1277345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-синф тест олимпияда 22-23

9-sinf biologiya olimpiada uchun test. III variant

1. Gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish bu:


А) ikkita spermiyning bitta tuxum hujayra bilan qo‘shilishi
В) ikkita diploid hujayralarning qo‘shilishi
С) bir spermiyning tuxum va ikkinchi spermiyning markaziy hujayra bilan qo‘shilishi
D) bitta spermiyning tuxum va ikkita spermiyning markaziy hujayra bilan qo‘shilishi
2. Dengiz karami dengiz likopchasidan farq qilib…
а) tayyor organik birikmalar bilan oziqlanadi
b) yorug‘lik ta’sirida anorganik birikmalardan organik birikmalarni hosil qiladi
v) xlorofillga ega
g) asosiy – assimliatsion to‘qimaga ega
d) hosil qiluvchi to‘qimaga ega
А) b, g, d В) а, v, g С) b, v, g D) g, d, a
3. Biopolimerlarga mansub organik birikmalarni aniqlang.
1) oqsil 2) lipid 3) polisaxarid 4) ATF 5) nuklein kislota 6) yog‘ kislota
А) 1, 3, 5 В) 2, 4, 6 С) 1, 2, 5 D) 3, 4, 5
4. Ildizga xos xususiyatlarni aniqlang.
а) barg hosil qilmaydi
b) karbonat angidridning yutilishini va kislorodning ajralishini ta`minlaydi
v) fotosintezni amalga oshiradi
g) o‘simlikni tuproqqa biriktrib turadi
d) suv va mineral moddalarni shimadi
е) nafas olishda ishtirok etadi
А) а, g, d В) а, v, d С) v, g, d D) v, d, е
5. Qo‘ng‘irboshning ildiz tizimini tashkil etuvchi ildiz turlarini aniqlang:
А) qo‘shimcha B) faqat yon ildizlar С) asosiy D) ildizpoya
6. Olma qanday kurtakda hosil bo‘ladi?
А) vegetativ В) generativ С) qo‘shimcha D) vegetativ va generativ
7. Qaysi jarayon o‘simlikning suv bug‘latishiga bog‘liq emas:
А) o‘simlikning qizb ketishdan himoyalanishi
В) o‘simlikda suv harakati
С) o‘simlikda mineral tuzlar harakati
D) o‘simlikda organik moddalar harakati
8. Piyozbosh - bu?
А) ildizpoya B) ildizmeva С) ho‘l meva D) novda
9. To‘garak chuvalchanglardan farq qilib halqasimon chuvalchanglarda… rivojlangan:
А) hazm sistemasi; В) ayirish sistemasi; С) qon aylanish; D) nerv sistemasi.
10. Hashorotlarning qanotlari tananing qaysi bo‘limida joylashgan?
А) ko‘krak va qorin В) ko‘krak С) bosh ko‘krak va qorin D) bosh ko‘krak.
11. To‘rt kamerali yurakka ega hayvonni aniqlang.
А) salamandra В) alligator С) dengiz toshbaqasi D) gekkon
12. Qon aylanish sistemasining murakkablashib borishi bo‘yicha ketma – ket joylashtirilgan hayvonlar qatorini aniqlang.
А) baqa – tovushqon – gavial – dengiz tulkisi;
В) skat – triton – alligator – tovushqon;
С) akula – gavial– baqa– tovushqon;
D) alligator– akula– baqa– ko‘rshapalak.
13. Prokariot organizmni aniqlang.
А) yashil evglena. В) nitella С) laminariya D) ossilatoriya.
14. Halqasimon DNKga ega organizmni aniqlang.
А) qo‘zidumba; В) gommoz qo‘zg‘atuvchisi;
С) leyshmaniya qo‘zg‘atuvchisi; D) parpi.
15. Mitoxondriyaning funksiyasini aniqlang.
А) organik moddalarni oksidlash В) uglevodlarni sintezlash
С) organik moddalarni zahiralash D) kraxmal va glikogenni parchalash.
16. Fotosintez jarayonida kislorod qaysi moddadan ajraladi?
А) ATF В) glyukoza С) suv D) karbonat angidrid.
17. Hazm qilish jarayonida oqsillar qaysi moddalarga parchalanadi?
А) glitserin; В) yog‘ kislota; С) monosaxarid; D) aminokislota.
18. O‘simliklarni ularga xos meva turlari bilan juftlang.
А. Rezavor 1) Kartoshka
B. Yong‘oq 2) Loviya
C. Qo‘zoq 3) Pomidor
D. Dukkak 4) Bodom
5) Akatsiya
6) Qurttana
19. O‘simliklarni ularga xos barg turlari bilan juftlang.
А. Oddiy barg. 1) no‘xat
B. Murakkab barg. 2) g‘o‘za
3) sebarga
4) qoqio‘t
5) yantoq
20. O‘simliklarni ularga xos to‘pgul turlari bilan juftlang.
А. Soyabon. 1) Nastarin
B. Shingil. 2) Kungaboqar
C. Savatcha. 3) Qashqarbeda
4) Ukrop
5) Kartoshkagul
21. Ko‘zning qismlari orqali yorug‘lik qanday ketma – ketlikda o‘tadi?
1) to‘rparda
2) gavhar
3) shoxparda
4) shishasimon tana
5) ko‘z ichi suyuqligi
6) qorachiq
22. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang.
1. Odamda epiteliy to‘qimasi himoya, hazm qilish va gumoral boshqarishda ishtirok etadi.
2. IV qon guruhli odamlar qonida agglyutinigen A va agglyutinin beta bo‘ladi.
3. Tobulg‘i, olma, xolmon, olgining gullari murakkab gulqo‘rg‘onli.
4. Shartli refleksni yuzaga chiqaradigan shartli signal haddan tashqari kuchli bo‘lsa shartli so‘nish tormozlanishi sodir bo‘ladi.
5. Zamburug‘larning hujayra qobig‘I polisaxariddan iborat.
23. O‘simlik bo‘limlari va ularga xos xususiyatlarni juftlang.
Xususiyatlar O‘simlik bo‘limlari
А) to‘qima va organlar rivojlanmagan 1. Yo‘sinlar
В) gametofiti mustaqil organizm 2. Qirqquloqlar
С) sporofiti gametofitda hosil bo‘ladi 3. Suvo‘tlar
D) tugunchadan meva hosil qiladi 4. Ochiq urug‘lilar
Е) urug‘lanishi suv bilan bog‘liq bo‘lmagan gullamaydigan o‘simlik 5. Yopiq urug‘lilar

24. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang va tegishli raqamlarni ketma – ket yozing. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning quruqlikda yashashga moslanishi …. mavjudligi bilan bo‘g‘liq?


1) oldingi va orqa oyoqlar
2) tashqi urug‘lanish
3) doimiy tana harorati
4) o‘pkalar
5) nog‘ora parda
6) aralash qon
25. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang va tegishli raqamlarni ketma – ket yozing.
1) Bakteriyalar bir hujayrali eukariot organizmlardir.
2) Bakteriyalar shakliga ko‘ra kokklar, batsillalar, spirillalar, vibrionlarga bo‘linadi.
3) Barcha bakteriyalar parazit hayot kechiradi.
4) Bakteriyalar jinssiz ikkiga bo‘linib ko‘payadi.
5) Bakteriyalar odamlarda sil, qoqshol, quturish kabi kasalliklarni qo‘zg‘atadi.
1. Yuksak o`simliklarning eng tubani (a) va eng yuksagi (b) sanalgan bo`lim vakillarini ko`rsating? 1.funariya; 2.zuhrasoch; 3.virgin; 4.matur; 5.sershox qirqbo`g`im; 6.ulotriks; 7.suv qirqqulog`i; 8.saur; 9.olabo`ta; 10.xolmon
A.a-2,7; b-3,4,8,9,10 B.a-2,5,7; b-4,9,10 C.a-1; b-4,9,10 D.a-1; b-3,8
2. Qalampir(a) no`xat(b) bug’doy(c) makkajo`xori(d) ning bitta mikrosporasidagi xromosomalar sonini ko`rsating?
A.a-48; b-14; c-7; d-20 B.a-48; b-7; c-14; d-10 C.a-14; b-7; c-7; d-48 D.a-24; b-7; c-7; d-10
3. Qaysi qonunga ko`ra kelib chiqishi jihatdan yaqin turlar va avlodlar o`zlaridagi irsiy o`zgaruvchanligi bilan bir-biriga o`xshash bo`ladi?
A.birikkan holda irsiylanish B.mustaqil holda irsiylanish
C.irsiy o`zgaruvchanlikning gomologik qatorlar D.retsessiv genlarning markazdan chetga chiqish qonuni
4. .Eng kichik sistematik birliklarni ko`rsating?
1) oddiy qarag`ay; 2) oddiy xlorella; 3) yapon laminariyasi; 4) sershox qirqbo`g`im; 5) sharq sauri; 6) buxoro otostegiyasi; 7) drobov tangao`ti; 8) rafiya palmasi.
A.1,2,4,5 B.1,2,3,4,5 C.2,6,7,8 D.barchasi
5. .Quyidagi kloakali hayvonlar ichidan chap qorincha (a) o`ng bo`lmacha (b) ega bo`lganlarini juftlab ko`rsating?
1) triton; 2) gavial; 3) zog`cha; 4) yehidna; 5) kapcha; 6) salamandra; 7) qizilto`sh; 8) o`rdakburun; 9) qalqontumshuq.
A.a-2,6,4,5,7,8; b-1,6,9,5 B.a-3,4,7,6,9; b-2,3,5,9
C.a-2,3,4,7,8; b-1,2,7,4,8 D.a-3,4,8,5,1; b-1.6.2.9.5
6. .Sekvoyadendronda struktura, xolmonda energetik, qashqaldoqda quvvat, vertitsillda struktura vazifasini bajaradigan gomopolimerlar qaysi javobda to`g`ri tartibda berilgan?
A.klechatka, glikogen,glikogen, xitin B.sellyuloza, kraxmal, kraxmal, pectin
C.klechatka, kraxmal, glikogen, murein D.sellyuloza, kraxmal, glikogen, xitin
7. To`pguli shoxlangan gulpoyaga ega bo`lmagan o`simliklar qatorini tanglang?
1) nastarin; 2) qurttana; 3) bodiyon; 4) zubturum; 5) olcha; 6) oqqayin; 7) bo`tako`z; 8) qashqarbeda.
A.1,3,6,8 C.2,3,7,8 B.2,4,5,6,7,8 D.1,4,5,7,8
8. .Urug`chi tumshuqchasi patsimon shohlangan oila vakillarining zararkunandalarini ko`rsating?
1)zang zamburug`i; gommoz; 3) osiyo chigirtkasi; 4) tunlam; 5) xasva; 6) vertitsil; 7) bo`rtma nematoda; 8) qorakuya zamburug`i; 9) kolorodo qo`ng`izi.
A.2,4,6,7 B.1,3,5,8 C.3,4,5,7 D.1,5,6,8
9. Koala va kojan uchun umumiy ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan
javobni toping.
1) sutemizuvchilar sinfiga kiradi; 2) bolasini sut bilanboqadi; 3) qo‘lqanotlilar turkumi vakili; 4) oldingi oyog‘I kapalak qanotiga nisbatan analogik organ hisoblanadi;5) barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘ladi; 6) tanasi jun bilanqoplangan; 7) burni va og‘zidan ultratovush chiqaradi;8) primatlar turkumiga kiradi; 9) rangni yaxshi ajratadi;10) kloakasi bo‘lmaydi
A) 3, 5, 7, 9 B) 1, 2, 6, 10 C) 1, 5, 8, 9 D) 3, 4, 6, 7
10. Dengiz mushugi (a) va tulen (b) bolalari uchun xosxususiyatlar to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) qishda tug‘iladi; 2) terisi oq jun bilan qoplangan; 3) terisiqora jun bilan qoplangan; 4) yoz boshlarida tug‘iladi;5) momiq juni dag‘al jun bilan almashgandan so‘ng suzaboshlaydi; 6) suza boshlagandan so‘ng dag‘al juni momiq junbilan almashinadi
A) a-1, 2, 6; b-3, 4, 5 B) a-3, 4; b-1, 2, 5
C) a-3, 4, 5; b-2, 4, 6 D) a-1, 3, 5; b-1, 2, 6
11. Endokrin sistemaga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang.
1) ayrisimon bezning chaqaloqdagi massa 12 gr; 2) gipofiz o‘rta miya asosida turk egarchasi sohasida joylashgan; 3) epifiz bezidan intermidin gormoni ajralib chiqadi; 4) gipofiz faoliyati gipotalamusdagi neyrogormonlar ta’sirida boshqariladi; 5) gipotireoz kasalligida nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 6) Bazedov kasalligida uyquszlik, yurak o‘ynashi kabi holatlar kuzatiladi;
7)katexolamin to‘qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi;
8)gipofizning orqa bo‘lagidan ADG gormoni ajraladi; 9) buyrakusti bezining po‘stloq qavatidan yurak faoliyatiga ta’sir etadigan gormonlar ajraladi; 10) qalqon orqa bezining massasi 0,2 gr ni tashkil etadi.
A)1, 4, 6, 8, 9 B) 2, 3, 5, 9, 10 C)2, 4, 5, 8, 9 D) 1,4, 6, 7, 8
12. Odam qon aylanish sistemasining qaysi qismlari karbonat angidridga to‘yingan qon harakatini ta’minlaydi?.
1) ikki tavaqali klapin; 2) chap qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 3) uch tavaqali klapan; 4) o‘ng qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan;
5) pastki kovak vena; 6) o‘pka arteriyasi; 7) buyrak arteriyasi;
8) o‘pka venalari.
A)3, 4, 6 B) 5, 6, 7 C)3,4, 8 D) 1, 2, 8
13. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang.
A)128 B)256 C)512 D)64
14. Qora kalamushning zigotasi 4 marata meridianal bo`lingandan so`ng uning blastulasidagi blastamerlarida jami xromasomalr soni 2688 taga yetgan bo`lsa, uning tuxum hujayrasidagi xromasomalar sonini aniqlang.
A)19 B)20 D) 18 D)21
15. Mitoxondrada kechuvchi energiya almashinuviga xos bo`lmagan xususiyatni aniqlang
A)sut kislotani oksidlanishi B)kislorodni sarflanishi
C)karbanat angidiritni ajralishi D)kislorodni hosil bo`lishi
16. 3-bosqichda 144 malekula ATF hosil bo`lgan bo`lsa, 2-bosqicha ATF da to`plangan energiya(kj) miqdorini(a) va shu vaqtda xloraplastlarda sintezlanga ATF mol miqdorini(b) aniqlang.
A)a-7, b-5040 B)a-8, b-8640 C)a-5, b-2700 D)a-2, b-1080
17. Translatsiya va transkripsiya jarayoni sitoplazmada kechuvchi organizmlarni ko`rsating.
1.xrokok 2.usneya 3.nostok 4.temir bakteriyasi 5.klodoniya 6.amyoba 7.tripanasoma 8.ossilatoriya
A)2,3,4 B)1,4,8 C)4,7,6 D)6,7,2
18. Selluloza qobig`iga ega bo`lgan organizmga zarar keltiruvchi eukariot(a) va prokariot(b) organizmni ko`rsating.
1.gommoz bakteriyasi 2.vertitsil qo`zg`atuvchisi 3.qorakuya zamburug`i 4.bo`rtma nemotoda 5.agrobakterium 6.zang kasalligini qo`zg`atuvchisi 7.temir bakteriyasi
A)a-1,5 b-,2,6B)a-1,7 b-2,4 C)a-5,7 b-3,6 D)a-3,4 b-1,5
19._________________________ sitoplazmada murakkab bog’lamlarni hosil qiladi.
20.Maxsus ferment markazlarining funksiyasi mitozning qaysi bosqichidan boshlanadi_________________________________________________________________
21.Ko’rgalak qaysi tip______________ va sinfga____________ mansub
22.Yurakning o’ng bo’lmachasi diastola holatida yurakning qorinchalari va klapanlar holati qanday____________________________________________________________________
23.Odam uch soatda atmosfera havosidan qancha (ml) kislorod qabul qiladi_____________________________________________________________________
24. i-RNK da U-25% va A-15% bo`lsa teskari transkripsiya jarayonida hosil bo`lgan DNK qo`sh zanjiridagi A va T orasidagi vodorod bog`lar sonini aniqlang__________________________________________________________
25.Agar mitoxondriyada 72 ta ATF hosil bo’lgan bo’lsa, shu paytda xloroplastda hosil bo’lgan ATF necha molekula glyukoza sinteziga yetadi________________________________________________________________________
9-sinf 2-variant
1.Qaysi javobda hasharotlarga mansub bo‘lgan entomofaglar
to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) ninachi; 2) falanga; 3) zlatka; 4) tugmacha qo‘ng‘iz;5) tillako‘z; 6) chigirtka
A) 1, 4 B) 1, 2 C) 5, 6 D) 3, 4
2.Qaysi javobda kalxat (a) va tasqara (b) uchun xos belgilar
to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan?
1) dumi ayri; 2) o‘lkamizdagi qushlarning eng yirigi;3) boshidagi patlari siyrak; 4) qanotlari keng va uzun;5) Markaziy Afrikada qishlaydi; 6) daraxt shoxiga in quradi;7) oqish patlari panjasimon yoziladi; 8) havoda balanduchadi; 9) yerda beso‘naqay qadam tashlaydi; 10) o‘laksalarbilan oziqlanadi; 11) sayhonlikda o‘laksa izlaydi;12) tirnoqlari kuchsiz
A) a - 1, 5, 6, 10; b - 2, 4, 7, 9, 11
B) a - 1, 4, 7, 12; b - 2, 3, 5
C) a - 6, 7, 8, 12; b - 2, 4, 9
D) a - 3, 6, 8, 10; b - 1, 5, 10, 11
3.Faqat o‘ng yarim sharda (a), chap yarimsharda (b) va ikkala yarim sharda ham uchraydigan nerv markazlari juftlang.

  1. hid bilish; 2) siypalash (o‘ng qo‘l); 3) o‘qish; 4) eshitish;

5) moljal olish (o‘zi turgan joyni aniqlash); 6) hisoblash;
7) yozuv(o‘ng qo‘l); 8) ko‘rish; 9) siypalash (chap qoi);

  1. ohang, intonatsiya; 11) gapirish;

12) geometrik shakllarni aniqlash markazi.

  1. a-5, 9, 10, 12; b-2, 3, 6, 7, 11; c-1,4, 8

  2. a-5, 9, 10, 12; b-2, 3, 6, 7, 11; c-1, 2,4, 8, 9

  3. a-2, 3, 6, 7, 11; b-5, 9,10, 12; c-1,4, 8

  4. a-5, 9, 10, 12; b-1, 2, 3, 4, 6, 7, 8, 11; c-1,4, 8

4. Noto‘g‘ri fikrni aniqlang.
1) 1 gr yog‘ paj-chalanganda 9,3 kj energiya ajraldi; 2) shartli refleks hosil bo‘lishi uchun oldin shartli ta’sirlovchi bo‘lishi kerak; 3) oqimtir yadro targ‘il tana ishi boshqaradi; 4) gipogiz funksiyasi o‘rta miyadagi gipotalamusdan ajralgan neyrogormon-lar ta’sirida boshqariladi;
5) qo‘l kafti suyaklari 15-16 yoshda suyaklanib bo‘ladi; 6) vazopressin garmoni yurak ishi tezlatib qon bosimini tushiradi; 7) bir sutkada 1200-1500 ml limfa hosil bo‘ladi; 8) terining derma qavatida yog* bezlari bo'ladi; 9) hid bilish retseptorlari soni 30-40 mln. atrofida;

  1. langergans orolchalarida insulin fermenti sinezlanadi.

A) 1, 3,4, 6, 10 В) 1, 3,4, 6, 8
C)2,3,5,7,9 D) 2,4, 7, 8, 9
5. To‘g‘ri rivojlanuvchi germafrodit (a) va noto‘g‘ri (b) rivojlanuvchi ayrim jinsli organizmlarni aniqlang.
1) echkemar; 2) maxaon; 3) planariya; 4) qizil chuvalchang; 5) qutb meduzasi; 6) perlovitsiya; 7) triton; 8) rishta
A) a-3,4 ; b-7, 8 B) a-4, 7; b-1, 8
C) a-1, 4; b-2, 6 D) a-2, 6; b-3, 5
6. i-RNK da U-25% va A-15% bo`lsa teskari transkripsiya jarayonida hosil bo`lgan DNK qo`sh zanjiridagi fosfodiefir bog`lar sonini aniqlang.
A)198 B)188 C)178 D)168
7. Xirzutum g‘o‘zasida urug'lanish natijasida birnechta zigota hosil bo‘ldi. Zigotalardagixromosomalarning umumiy soni 6240 ta bo'lsa,tuxum hujayrani urug'lantirishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping.
A) 120B) 180 C) 240 D) 360
8.Hidni yaxshi ajrata olmaydigan,jish bolalaydigan yirtqichlarni ajrating
1) lochin; 2) korsak; 3) yaguar; 4) qarchig`ay; 5) latcha; 6) silovsin; 7) sarisor; 8) bo`rsiq.
A.2,3,6,8 B.1,4,7
C.3.7.4.1.6 D.1,2,5,4,7
9.Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang.
A)128 B)256 C)512 D)64
10. Olti ilmoqli lichinka qaysi organizmda rivojlanadi?

  1. chuchuk suv shillig‘ida

  2. qoramolda

  3. odam ichagida

  4. yirtqich hayvonlarning jigarida

11.Juft (a) va toq (b) ayirish organlariga ega bo‘lgan organizmlarni ko‘rsating.
1) letyaga; 2) kalmar; 3) ay-ay; 4) kanna; 5) bitiniya; 6) tridakna;
7) dafniya; 8) nereida; 9) dreysena; 10) perlovitsa; 11) semga.

  1. a-1, 3, 7, 8; b-2,4, 5, 6, 9, 10, 11

  2. a-1,4, 7, 8,11; b-2, 3, 5, 6, 9, 11

  3. a-1, 3, 4,7,8; b-2, 5, 6, 9,10, 11

  4. a-1, 3,4,7,8, 11; b-2, 5, 6,9, 10

12.Qushlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating.

  1. birinchi tartib patlari bilak suyaklariga birlashgan; 2) tishlari bo‘lmaydi; 3) to‘ti kabi qushlarda ikkinchi signal sistemasi shakllangani uchun, og‘zaki nutq mavjud; 4) arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan; 5) tuyaqushning erkagining patlari qora, dumi va qanotlarining uchidagi patlari kulrang;

  1. qushlarni xatti-harakati bosh miyasining oldingi yarimsharlari bilan bo‘ladi; 7) o‘ng bo‘lmacha sistolasi vaqtida arterial qon o‘ng qorinchaga o‘tadi; 8) gastruliyatsiya jarayoni qat-qat bo‘lib embrion varaqlari hosil boiadi; 9) bulbullar tropic Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi; 10) ichak epiteliysi embrionning endoderma qavatidan rivojlanadi. .

A) 1, 3, 5, 7, 9 B) 2,4, 6, 8, 10
С) 1,4, 6, 7, 9 D) 2, 3, 5, 8, 10
13.Baliqlarning jabralari... (1) qismlardan iborat bo‘lib, gaz almashinuvi... (2) qismida sodir bo‘ladi.
a) jabra ravoqlari; b) jabra varaqlari; c) jabra qilchalari; d) jabra qopqog‘i; e) jabra varaqlaridagi kapillarlar; f) jabra qilchalaridagi kapillarlar.
A) 1-a, b, c, d; 2-е B) 1-a, d, e; 2-e, f

  1. 1-a, b, c, d; 2-a, f D) 1-a, b, d; 2-c, f

14.Baliq (1), uy pashshasi (2) va yashil bronza qo‘ng‘izining (3) ta’m bilish hujayralari qayerda joylashgan?
a) oldingi oyoqlari panjasidagi tukchalarda; b) og‘iz bo‘shlig‘ida;

  1. paypaslagichlarda; d) halqumda; e) tana yuzasida; f) mo‘ylovida; j) yostiqchasimon xartumchada.

A) 1 —b, d, e; 2-a; 3-c B) 1-b, d, e; 2-a, c; 3-f

  1. 1-b, d; 2-e, f; 3-c D) 1-b, d, e; 2-c, j; 3-a, f

15.3-bosqichda 144 malekula ATF hosil bo`lgan bo`lsa, 2-bosqicha ATF da to`plangan energiya(kj) miqdorini(a) va shu vaqtda xloraplastlarda sintezlanga ATF mol miqdorini(b) aniqlang.
A)a-7, b-5040 B)a-8, b-8640 C)a-5, b-2700 D)a-2, b-1080
16.Tana massasi qancha (a) bo‘lgan odam bir kech-kunduzda asosiy moddalarni taminlash uchun 1920 kkal energiya sarflangan. Shu odam tana xarorati doimiyligini taminlash uchun bir sutkada 1400 kkal energiya sarflangan bo‘lsa, bu odam ozuqa moddalardan parchalangan energiyasi miqdori qancha (b) va to‘qim va organlarni hayotiy jarayonlarini taminlash uchun (c) qancha energiya sarflanadi?

  1. a-75 kg; b-3600 kkal; c-1200 kkal

  2. a-80 kg; b-4200 kkal; c-2800 kkal

  3. a-75 kg; b-3000 kkal; c-2000 kkal

  4. a-80 kg; b-4200 kkal; c-1400 kkal

17.Qirqquloqlarning gametofiti uchun xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmagan (b) javobni belgilang. 1) jinsiy bo‘g‘in hisoblanadi; 2) zigota hosil qiladi; 3) sporangiyga ega; 4) ildizpoyali o‘simlik; 5) fotosintez qiladi; 6) poya-bargli o'simlik; 7) ko‘p hujayrali anteridiyga ega.
A) a-2,7 b-3,4 B) a-3,6 b-1,2
C) a-5,7 b-1,4 D) a-1,2 b-5,6
18.Osiyo chigirtkasi (a) tunlam(b) kolorado(c) zarar keltiradigan oilalarning o’ziga xos xususiyatlari bilan juftlab ko`rsating? 1.ostgulkosachasining bo`lishi; 2.gajak to`pgulli; 3.ostki va ustki gul qipig`iga ega; 4.barg navi; 5.barg qini; 6.changchi iplari urug`chini o`rab turishi; 7.o`troq changchili bo`lishi; 8.urug`chi tumshuqchasi patsimon shoxlanganligi.
A.a-3,5,8; b.1,7; c-2,6 B.a-3,4,8; b-1,6; c-2,7
C.a-1,6; b-3,4,8; c-2,7 D.a-3,5,8; b-1,6; c-2,7
19.Hujayraning o’zidan o’zi ko’payadigan organoidi_______________________________
20.Embrional rivojlanish davri tugangandan keyin bo’linmaydigan hujayralar___________
21. Yurakning chap bo’lmachasi sistola holatida yurakning qorinchalari va klapanlar holati qanday______________________________________________________________
22. O’simliklarning tuxum hujayrasi _____________ bo’linish, hayvonlarning tuxum hujayrasi esa _______________bo’linish natijasi hisoblanadi.
23.Odam ikki soatda atmosfera havosidan qancha (ml) kislorod qabul qiladi__________
24. i-RNK da U-25% va A-15% bo`lsa teskari transkripsiya jarayonida hosil bo`lgan DNK qo`sh zanjiridagi A va T orasidagi vodorod bog`lar sonini aniqlang__________________________________________________________
25.Agar mitoxondriyada 36 ta ATF hosil bo’lgan bo’lsa, shu paytda xloroplastda hosil bo’lgan ATF necha molekula glyukoza sinteziga yetadi____________________________

Download 86.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling